|

|

2026-уіӏ 20-May, Chorshanba
spot_img

Istiqboli porloq korxona

Muhim xabarlar

Abdusami Haqberdiyev
Abdusami Haqberdiyev
Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1984 yildan respublika miqyosidagi matbuot nashrlarida turli lavozimlarda ishlagan. “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida 2020 yilning sentabr oyidan e’tiboran bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kasblar orasida quruvchidek sharafli, ko‘pchilikning duosini oladigan, izillagan sovug‘u, jazirama kunlarda ham o‘z vazifasiga bir xilda kirishadigani topilmasa kerak. Bunday bag‘rikeng, shijoatli kishilarning bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari ayniqsa, barchamizni hayratga solmoqda. Rosti ham, biroz avval tashlandiq holga kelib qolgan joy o‘rnida osmono‘par ko‘p qavatli binolar yoki hech kimning xayoliga ham kelmagan zavod-fabrikalar, ma’muriy bino-yu, maktab va bolalar bog‘chalari, sport maydonlari, qing‘ir-qiyshiq ko‘chalar zamon talabiga moslashtirilyapti.

Bunday evrilishlarning mazmun-mohiyati so‘nggi yillarda respublikamizda o‘tayotgan islohotlar bilan bog‘liq. Zero, uning sharofati bilan fuqarolarimiz ishchanlik va tadbirkorlik qilib, farovonligimizni yanada oshirish hamda ulg‘ayib kelayotgan barkamol avlod bizdanda yaxshi yashashi uchun harakat qilishga o‘rgandi. Qalbida ana shunday maqsadni joylab bunyodkorlik ishlariga kirishganlardan biri, Xorazm viloyatida yashovchi Umidbek ­Quryazovdir.

Urganch davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini tugatgach, hech ikkilanmasdan qurilish tashkilotida ish bosh­ladi. Iqtisod bilan quruvchilik sohasini birga olib borishining sababi bor. Ko‘p yillar bunyodkorlik ishlarida katta tajriba to‘plagan otasidan kasb sirlarini mukammal o‘zlashtirgandi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarida asqatdi va bilmaganlarini tajribali quruvchilardan o‘rganib bordi. Bo‘sh vaqtlarida qurilishdagi ayrim og‘ir mehnatni qanday qilib yengillatish va yengil konstruksiyali materiallar ustida izlandi, loyihalar chizib, otasining fikriga quloq tutdi. Keyinchalik padaribuzrukvorining tavsiyasi bilan “Xonqa taraqqiyot qurilish” xususiy korxonasini tashkil qildi.

Tenderlarda faol qatnashib, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida tumanlarda qurilishi rejalashtirilgan namunali uylardan bir nechtasini qurishni qo‘lga kiritib, ularni bunyod etishda sifat hamda tejamkorlikka e’tibor qaratdi. Qurilish jarayonida loyihachilarga ayrim takliflarini aytib, o‘zgartirishlar kiritishga erishdi. Iqtidorli yosh mutaxassisning ishlari bir necha bor viloyat rahbariyati tomonidan e’tirof etildi. Natijada buyurtmachilardan ko‘plab takliflar tushadigan bo‘ldi.

Xonqa va boshqa tuman hamda shaharlardagi ichimlik suv tarmoqlarini zamon talabi darajasida rekonstruksiyalash ishlarini puxta bajargani korxona jamoasini shu soha bo‘yicha katta tajribaga egaligini ko‘rsatdi. Ishchi-xizmatchilarning Xonqa tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti, bitta 650 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabini to‘liq rekonstruksiyalash va 330 o‘rinli qo‘shimcha sinfxonalar qurishdagi harakatlari ham bu yerda istiqomat qilayotgan fuqarolarni xushnud etdi.

Shu kunlarda korxona jamoa­si zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan. Ular tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida 5 qavatli, 2 pod’ezdli 2 ta turar joy binosini bunyod etishlari kerak. Ahil va tajribali jamoaning harakati tufayli mazkur binolar kundan-kunga ko‘kka bo‘y cho‘zmoqda. Inshootlarni tiklash jarayoni turdosh korxonalarnikidan katta farq qiladi. Ya’ni, jamoa qurilish sohasida yaponiyaliklarning tajribasini qo‘llamoqda. Unga ko‘ra, tiklanayotgan har bir qavatdagi ishlar birato‘la to‘liq bajariladi. Masalan, birinchi qavatdan uy olgan kishi boshqa qavatlar bitishini kutib turmasdan, o‘z uyiga kirib yashayverish imkoni yaratilmoqda. Bunday usul xonadon egalariga qulayliklar yaratish barobarida, quruvchilarning mas’uliyatini yanada oshiryapti. Chunki birinchi navbatda uni sifatli va tezroq bitirish bo‘lsa, ishlarni bajarish payti turli holatlar kelib chiqishi ham mumkin. Ko‘ngilsizliklar bo‘lmasligi uchun kunni tunga ulab ishlayotgan 70 nafardan ortiq bunyodkorlar bu borada ham zarur choralarni ko‘rishmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img