|

|

2026-уіӏ 17-May, Yakshanba
spot_img

Loyihalash – o‘ziga xos nazoratni talab etadi

Muhim xabarlar

Islom Ibodulla
Islom Ibodulla
"2015-2020 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida tahsil olgan. 2020 yilda Turkiya respublikasining Bandırma Ön yedi eylül üniversitesi tarkibidagi kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan o‘quv kursi tinglovchisi. 2021 yildan e’tiboran “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi muxbiri."

Buxoro haqida gap ketganda, shaharning ulug‘vor o‘tmishidan qolgan osori-atiqalaru, ko‘rkam obidalar aqlga keladi. Mazkur ulug‘vor me’morlik qadriyatlarini yanada boyitib borayotgan Buxoroda kam emas. “EVRO-VOSTOK STROY PROEKT” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihachilarini bunga misol qilish mumkin.

2014 yili tashkil topgan “EVRO-VOSTOK STROY PROEKT” mas’uliyati cheklangan jamiyati bugunga qadar Buxorodagi ko‘plab ijtimoiy soha, sanoat va rasmiy tashrif hamda uchrashuvlar uchun turli ob’ektlar loyihalarini ishlab chiqqan. Korxona xodimlari betakror loyihalari bilan hududning ko‘rinishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

– Asosiy faoliyatimiz loyihalashdir, – dedi korxona rahbari Olimjon Baqoyev. – Shuningdek, mazkur faoliyat turidan tashqari bevosita loyiha-qidiruv, texnik nazorat ishlarini olib boramiz. Bugungi kunda Buxoro viloyatida avvalgi davrlarga nisbatan qurilish darajasining o‘sganligi yaqqol seziladi. Albatta, bu holat qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun buyurtmalarning ortishiga va o‘zaro raqobat muhitining rivoj topishiga xizmat qiladi. Jumladan, korxonamiz ham shunday vaziyatda bir qancha ob’ekt­lar va oliy darajadagi tashriflar uchun tasdiqlangan loyihalarni ishlab chiqmoqda. Korxonamizda faoliyat olib borayotgan xodimlar yuqori ish tajribasi, kasbiy ko‘nikma va iqtidorlari bilan mazkur jarayonlarda asosiy o‘rinni egallamoqda.

“EVRO-VOSTOK STROY PROEKT” mas’­uliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK ob’ekt­lari loyihalarini shakllantirib kelmoqda. Korxona shu kunga qadar Buxoro viloyatidagi ko‘plab ijtimoiy ob’ektlarning, sanoat zonalari binolari, shuningdek, davlat doirasidagi uchrashuv va tashriflarning tasdiqlangan lo­yihalarini ishlab chiqdi. Jumladan, o‘tgan davrda viloyatning Olot tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti loyihasi, “Parvoz Humo Ravnaq Trans” korxonasi buyurtmasiga binoan G’ijduvon tumanidagi yirik tekstil binosi loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Qurilish-arxitektura sohasida amal­ga oshirilayotgan islohotlar o‘z navbatida, respublikada chuqur tarkibiy o‘z­garish­larni amalga oshirishni ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish, iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab berish uchun asosiy omil hisoblanadi.

“EVRO-VOSTOK STROY PROEKT” mas’­uliyati cheklangan jamiyati ham bu borada ko‘plab tadbirlarga qo‘l urib, yangidan-yangi ob’ektlarning qurilishida asosiy ishlardan birini bajarib kelmoqda. Jumladan, 2021 yilda Buxoro viloyati prokuraturasi homiyligida 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti loyihasi ishlab chiqildi. Shuningdek, Transport vazirligi homiyligida Olot tumaniga qarashli “Burjoq” MFY hududida, qolaversa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi homiylik mablag‘lari hisobidan “Qirton” MFY hududida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyi­halari tayyorlandi.

Loyihani shakllantirish qurilishning eng nozik sohalaridan biridir. Hozirda qurilish-arxitektura sohasining ayni shu yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ko‘plab korxonalar mavjud. Ular o‘zlarining turli tipdagi loyihalari bilan qurilish jarayonlarida ishtirok etmoqda. Mazkur korxonada ham hozirgi kunda 16 nafar ishchi-xodim sevimli sohalari bilan shug‘ullanish barobarida o‘lkamizning qurilish sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

– Har bir loyihalash ishlari o‘ziga xos nazoratni talab etadi, – dedi Olimjon Baqoyev. – Jumladan, biz ham ishlab chiqqan loyihamizga mualliflik nazoratini amalga oshiramiz. O‘z navbatida, agar loyiha qurilishida biror kamchilik ko‘zga tashlansa, bu ishni bevosita texnik nazorat bilan birga amalga oshiramiz. Jarayon to qurilish bekamu-ko‘st bitgunga qadar shu taxlit davom etadi.

Aytish kerakki, “EVRO-VOSTOK STROY PROEKT” loyiha tashkiloti faoliyati faqatgina Buxoro viloyati bilan cheklanib qolmay, hozirda Toshkent va Navoiy viloyatlarida ham xizmat ko‘rsatmoqda. Ayni damda, viloyatning Peshku va G’ijduvon tumanlarida qurilishi rejalashtirilgan Prezident maktablarining loyihalari ustida qizg‘in amaliy harakatlar olib borilmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img