|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

Navoiylik elektromontyor ayol

Muhim xabarlar

Shuhrat Normurodov
Shuhrat Normurodov
Hozirda “O‘zbekiston-24” radiokanali va “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida viloyat muxbiri bo‘lib ishlab kelmoqda.

Jamiyatimizning har bir sohasida, qaysi kasb egasi boʼlmasin, fidoyilik bilan kasbini ardoqlab, oʼzi ham oʼsha kasbdan eʼzoz topayotgan va koʼpchilikning eʼtirofiga sazovor boʼlayotganlar bisyor. Xususan, biz
xotin-qizlarni koʼproq ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritishiga oʼrganib qolganmiz. Аmmo qanchalik noodatiy tuyulmasin, bugun erkaklar ishlaydigan
masʼuliyatli, kerak boʼlsa, xavfli sohada 35 yillik tajribasi bilan koʼpchilikka oʼrnak boʼlib kelayotgan navoiylik elektromontyor ayol, Yelena Sabilovaning sharafli faoliyati yuksak eʼtirofga loyiq.

Elektr energetika sohasi koʼpchilik tasavvurida erkaklar ishlaydigan zalvorli kasb hisoblanadi. Аmmo, “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”da buning aksini koʼrish mumkin. Ushbu korxona xodimi – 35 yillik kasb tajribasiga ega Yelena Sabilova hozirgi kunda “Navoiy HETK” АJ beshinchi podstantsiyasida texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha elektromontyor boʼlib ishlab kelmoqda. Qahramonimiz mehnat faoliyati davomida erkak hamkasblaridan qolishmagan holda, ular bilan bir qatorda favqulodda elektr toki oʼchgan joylarni bartaraf etish va sohadagi tegishli ishlarda faol qatnashib, isteʼmolchilar “chirogʼ”ini yoqib kelmoqda.
– Rossiyaning Konakovo shahridagi energetika texnikumini bitirganman, – dedi Yelena Sabilova.
– Bizning ishda masʼuliyat, eʼtibor va kasbini sevish juda muhim. Ishimizda favqulodda vaziyatlar unchalik koʼp boʼlmasada, biroq ob-havo tufayli baʼzi holatlar yuz berganda tezkorlik bilan harakat qilish taqozo etiladi. Kasbimni sevaman, hech qachon bu sohani tanlaganimga afsuslanmaganman. Podstantsiya yoki elektr uskunalar yonida oʼzimni erkin his qilaman. Korxonamizda barcha hamkasblarim doim meni qoʼllab-quvvatlashadi. Oila aʼzolarim ham bu faoliyatimga hech qachon qarshi boʼlmagan, kasbimni xurmat qilishadi.
Аlbatta, qahramonimizning sharafli faoliyatidan ham maʼlumki, qiziqish, intilish boʼlsa, har qanday xavfli kasb ham jins tanlamas ekan. Biz qahramonlarni doim olislardan, olamshumul voqeliklar ortidan izlashga oʼrganib qolganmiz. Аmmo oramizda halol mehnati bilan yurt taraqqiyotiga oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan Yelena Sabilova kabi fidoyilar ham borki, ularning kamtarona faoliyati, hayoti barchamizga ibratdir

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img