|

|

2026-уіӏ 15-May, Juma
spot_img

Nazorat qatiy bo‘lsa, qurilishda o‘zboshimchaliklar bo‘lmaydi

Muhim xabarlar

Zamonaviy korxonalar qurib, vaqtinchalik ishsiz maqomini olganlarning doimiy bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizasiyalash hisobiga yangi texnologiyalarni olib kirish, ayniqsa, uy-joyga muhtojlar talabini bosqichma-bosqich qondirish singari dolzarb masalalar bunyodkorlarning shu kundagi asosiy vazifasiga aylangan. Bu ulkan yumushlarni jahon andozalariga mos keladigan darajada uddalash har kimga ham xos ish emas. Bugungi kunda ana shu talablarga qat’iy rioya etilayotgani har bir quruvchining ish davri hamda qurilib, foydalanishga topshirilayotgan inshootlarda mukammal va bekamu ko‘st bajarilyaptimi?
Muxbirimiz Abdusami HAQBERDIEVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Bahrom MADAMINOV bilan suhbati ana shu masalalarga qaratildi.
– Har qanday inshootni qurish endilikda sohadagilar uchun muammo emas. Zero, uni loyihada ko‘rsatilgan tartib va sifatli qurish dolzarb masaladir. Hozir hisobot emas, haqiqatni aytadigan davr. Foydalanishga topshirilgan va ayni paytda qurilayotgan binolarda shu singari holatlar uchrayaptimi, mabodo, shunday ahvolga duch kelinayotgan bo‘lsa, ularga nisbatan qanday choralar qo‘llanilmoqda?
– Keyingi davrda Orolbo‘yi mintaqasida ham aholi ehtiyojidan kelib chiqib ko‘p qavatli uy-joylar, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ob’ektlar qurilishiga alohida e’tibor qaratilayotir. Jumladan, 2023 yilda maqsadli dasturlar doirasida 124 ta 4 700 xonadonli kvartiralar va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlarini bunyod etish belgilangan edi. Ularning 101 tasi hududiy inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, 38 tasi foydalanishga topshirildi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilishi mo‘ljallangan 29 ta ko‘p qavatli turar joyning 23 tasi yildan yilga o‘tuvchi, yangitdan boshlanadigan 6 ta ob’ektdan esa 1 tasi ro‘yxatdan o‘tgan, 5 tasida qurilish-montaj ishlari inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun qurilish ishlari hozircha to‘xtab turibdi.
Obektlarni bunyod etishda xususiy tadbirkorlar bajarayotgan ishlar, ayniqsa, alohida nazoratga olingan. Buning sababi keyingi davrda ob’ektlarni tiklash jarayonida sifatsiz materiallardan foydalanayotganlik darajasi ko‘proq ularning hissasiga to‘g‘ri kelayotganidir. Ular qurayotgan 95 ta binolarning 77 tasi ro‘yxatdan o‘tkazildi va ishlatilayotgan har bir material alohida nazoratga olingani tufayli 29 tasida barcha ishlar sifatli bajarildi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img