|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

“Sharq qurilish servis” MChJ Navoiy viloyatidagi eng faol qurilish tashkiloti

Muhim xabarlar

Islom Ibodulla
Islom Ibodulla
"2015-2020 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida tahsil olgan. 2020 yilda Turkiya respublikasining Bandırma Ön yedi eylül üniversitesi tarkibidagi kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan o‘quv kursi tinglovchisi. 2021 yildan e’tiboran “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi muxbiri."

Bugun yurtimizning biror go‘shasi yo‘qki, qurilish havosi kirib bormagan bo‘lsa. Bu jarayonlar so‘nggi yillardagi milliy islohotlarning ochiq ko‘rinishi bo‘lmoqda. Ko‘pdan-ko‘p turar joy binolari, ijtimoiy ob’ektlar va ravon yo‘llar mamlakatning iqtisodiy o‘sib borayotganidan dalolat. Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan “Sharq qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zining yirik qurilishlariyu, ishlab chiqarish tarmog‘i bilan viloyatdagi eng ilg‘or jamiyatlardan biri hisoblanadi.

Mazkur korxona tomonidan bajarilgan ishlarni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Jumladan, korxona Navoiy shahrida ixtisoslashgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatiga 300 o‘rinli yotoqxona va Navoiy viloyati xalqaro aeroporti hududida yopiq majlislar zalini qurish, Karmana gidrouzelini, Qiziltepa tumani O‘rtacho‘l massividagi “Yulduz” meliorativ nasos stansiyasini, Zarafshon shahri sanoat hududida joylashgan 7551-harbiy qism binolarini rekonstruksiya qilish, Qiziltepa tumani Gulbog‘ mahallasiga yangidan ichimlik suv tarmog‘ini tortish kabi qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Korxona tarkibidagi tarmoq va sexlar bugun to‘liq qurilish-montaj ishlarini bajarish, bo‘yoq va temir-beton mahsulotlari, akfa va yog‘ochdan ishlangan eshik, deraza romlari, uy va ofis jihozlarini (mebel) ishlab chiqarish, turli fraksiyadagi sheben, metall konstruksiyalar, beton g‘isht mahsulotlarini tayyorlamoqda. Shuningdek, tayyor beton mahsulotlari hamda jamiyat tasarrufidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qurilishda va chinni mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan qum, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish hamda issiqxona faoliyatlari yo‘lga ­qo‘yilgan.

Hozirgi kunda “Sharq qurilish servis” MChJ korxonasida 522 kishi faoliyat yuritmoqda. Korxona shu kunga qadar tajribali rahbar boshchiligida ko‘plab qurilish-ta’mirlash ishlarini ham bajardi.

– 2022 yilda Navoiy EIZ hududida qishlok xo‘jaligi yerlarini tomchilab sug‘orish tizimi loyihasi hamda jamiyatga tegishli hududda sement, granit plitalari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan, – dedi korxona rahbari Shuhrat Sharipov. – Shuningdek, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida bir qancha qurilish ishlarini bajardik. Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki loyihasi bo‘yicha Konimex tumani aholisi uchun ichimlik suv ta’minoti ob’ekti, Islom taraqqiyot banki loyihasi bo‘yicha Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 30-sonli 216 o‘rinli umumta’lim maktabi, Jahon banki loyihasi bo‘yicha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Suvoqova” unitar korxonasi uchun ma’muriy, laboratoriya va xo‘jalik binolari sifatli qurilib, foydalanishga topshirildi.

Jamiyat tomonidan so‘ngi uch yilda Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini mukammal ta’mirlash ob’ektida 35 731,3 mln so‘mlik, “Navoiy” kanalini mukammal ta’mirlash ob’ektida 1 721,9 mln so‘mlik, Karmana tumanidagi “Malik­rabot” QFY va “Sardoba” MFY aholisi uchun ichimlik suvi ta’minoti va suv inshootini mukammal ta’mirlash ob’ektida 1 874,9 mln so‘mlik, Navoiy viloyati Markaziy bank boshqarmasi binosini kapital ta’mirlash ob’ektida 730,5 mln so‘mlik, viloyat Jinoyat ishlari sudi ma’muriy binosi qurilishi ob’ektida 5 417,1 mln so‘mlik qurilish ishlari muvaffaqiyatli bajarildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 2 000 gektar maydondagi bog‘dorchilik xo‘jaliklarida tomchilab sug‘orish tizimini tashkil qilish uchun otstoynik va quvurlar tarmog‘ini qurish, Xatirchi tumanidagi Oqoltin kanalini rekonstruksiya qilish, Karmana tumanidagi “Kamolot” uylari tashqi kommunikatsiyalari, ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilishi, Xatirchi tumanidagi Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi ma’muriy binosi qurilishi kabi ishlar ham jamiyat a’zolari tomonidan bajarildi.

Karmana tumanidagi “Talqoq” MFY hududida tarmoqlashtirilgan prokuratura va maxsus prokuratura binosi qurilishi, gidrouzelni rekonstruksiya qilish, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasida uylarni mukammal ta’mirlash, Xatirchi va Karmana tumanlarida tik quduqlar qurish, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Nurota tumanlaridagi chorvachilik xo‘jaliklarida quduqlar qurish, Navoiy shahrining Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB Navoiy viloyati mintaqaviy filialining ma’muriy binosida olib borilgan ishlar korxonaning salohiyatidan darak berib turgandek.

Korxonaning bunyodkorlik yo‘lida amalga oshirgan ishlari, rekonstruksiya va qurib bitkazilgan inshootlarni yana ko‘plab misol qilish mumkin. Zero, bajarilgan ishlarning barchasi avvalo, mana shu yurt, uning mehnatsevar xalqi uchun xizmat qilishi birinchi galdagi masala ekanini “Sharq qurilish servis” MChJ jamoasi juda yaxshi biladi. Shu sababli ham jamoaning har bir vakili o‘ziga berilgan vazifani sidqidildan bajarishga harakat qiladi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img