{"id":3152,"date":"2022-09-01T20:14:00","date_gmt":"2022-09-01T15:14:00","guid":{"rendered":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/"},"modified":"2023-03-10T18:03:00","modified_gmt":"2023-03-10T13:03:00","slug":"buyuk-va-betimsol-mening-vatanim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/","title":{"rendered":"Buyuk va betimsol mening Vatanim"},"content":{"rendered":"<p style=\"padding-left: 40px;\"><strong><em>Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek,<br \/>\nBir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim.<br \/>\nBir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek<br \/>\nBuyuk va betimsol mening Vatanim.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Ulug\u2018 shoirimiz lutf etganidek, ne-ne ellar gul yaprog\u2018idek to\u2018zg\u2018ib yotgan bu ko\u2018hna zaminda buyuk va betimsol Vatanimiz o\u2018z mustaqilligining o\u2018ttiz birinchi dovonida yana bir yangi davrga qadam qo\u2018yayotir. Istiqlol va ozodlik tushunchalari barcha uchun qimmatli tuyg\u2018uga ega xilqat.<\/p>\n<p>Mustaqillik 130 yildan ko\u2018proq davr mobaynida avval chorizm, so\u2018ngra qizil imperiya oyog\u2018i ostida toptalgan O\u2018zbekistonni nafaqat siyosiy va huquqiy jihatdan hurriyatga olib chiqdi, ayni chog\u2018da, buyuk ajdodlardan meros ma\u2019naviy qadriyatlarni tiklashga, ularni asrlar chang-g\u2018uboridan poklashga, milliy til va madaniyatni, adabiyot va san\u2019atni ravnaq toptirishga, millatning soxtalashtirilgan tarixini asl holida tiklab berdi.<\/p>\n<p>Asriy orzu-armonlari ushalgan xalqning baxti va shodligi farzandlar qalbidagi buyuk shijoat, milliy g\u2018urur va iftixorda namoyon bo\u2018lmog\u2018i tayin. Bundan 31 yil muqaddam Hurriyat va ozodlik havosidan bahramand bo\u2018lgan xalqimiz ilk kunlardan boshlab Vatanni, ona yurtning shahar va qishloqlarini obod qilishga bel bog\u2018lab, bunyodkorlikni beqiyos jarayonga aylantirdi. Shu davrda asrlarga mengzagulik amalga oshgan ishlar ko\u2018z o\u2018ngimizda sodir bo\u2018ldi. Va bu jarayonni butun jahon e\u2019tirof etib kelayotir.<\/p>\n<p>Mustaqilligimizning 31 yilligi katta zafarlar, ulug\u2018vor rejalar bilan kutib olinmoqda. Shubhasiz, o\u2018tayotgan har bir yil O\u2018zbekis\u00adtonning yangi taraqqiyot bosqichiga mustahkam tamal toshi qo\u2018yilgan va shu yo\u2018lda misli ko\u2018rilmagan yutuqlarga erishilgan davr sifatida shonli tariximizdan o\u2018ziga xos o\u2018rin egallamoqda.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3144 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1061\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6-300x180.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6-1024x613.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6-768x460.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6-1536x920.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6-150x90.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6-696x417.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-6-1068x639.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Qurilish va bunyodkorlik ishlari avvallari ham g\u2018oyat sekin va yuzaki tarzda bo\u2018lgan. Biroq bugungi qurilishlar bilan o\u2018sha jarayon orasida yer bilan osmoncha farq bor. Masalan, o\u2018tgan asrning 66-yili ikkinchi yarmidan boshlab, Toshkentda yuz bergan zilzila tufayli shaharning yer silkinishida tutday to\u2018kilib, vayron bo\u2018lgan mahallalari o\u2018rnida yangi uy-joylar qurildi. Yangi mavzelar tiklana boshlandi. Ammo bu uylarga ko\u2018chib o\u2018tganlar qishda loy, yozda esa chang ko\u2018chalardan ozor chekardi. Bolalar maydonchalari jihozlanmagani katta noqulaylik tug\u2018dirardi.<\/p>\n<p>O\u2018sha davrda qurilgan uylarda hozir ham odamlar istiqomat qilayotir. Tashqi va ichki qiyofasi ko\u2018rimsiz, tor, shifti past bu uylarda tiqilib yashayotganlar endilikda poytaxtning turli tumanlarida qurilgan zamonaviy loyihadagi uylarga ko\u2018chib o\u2018tishayotir. Avvalo, o\u2018sha turar joylarning ichini hali kirib ko\u2018rmasdan hovlidagi bolalar maydonchasi, mavzelarga katta ko\u2018chadan o\u2018tib boriladigan yo\u2018llar manzarasiga, yaratilgan obodlik va go\u2018zallikka boqib, \u201cNahotki, shunday uylarda yashashga muvaffaq bo\u2018ldik?!\u201d deb hayratdan yoqa ushlayotganlar ko\u2018plab topiladi.<\/p>\n<p>Bunday chiroyli uylarni sobiq mustabid tu\u00adzum xalqimizga ravo ko\u2018rmagan edi. \u201cBularga bo\u2018laveradi\u201d degan g\u2018ayri qarash mavjud edi. Bu ham endigi yosh avlodning mustaqillik ne\u2019matining qadriga yetib yashashi, o\u2018z yurtiga egalik naqadar katta imkoniyat yaratishini anglab olishi uchun muhim saboq. Barcha yangi qurilishlarimiz \u2013 u turar joy mavzelari yoxud zamonaviy qishloqlarmi, Toshkentning yer usti metro halqa yo\u2018li yoki to\u2018yxonalar, istirohat bog\u2018lari, islomiy maj\u00admualar, sport va madaniyat inshootlari, yo\u2018l va ko\u2018priklar yoxud \u201cshahar ichidagi shahar\u201d uslubidagi zamonaviy \u201csiti qo\u2018rg\u2018onlar\u201d bo\u2018ladimi \u2013 hammasida o\u2018z Vatanining egasi bo\u2018lish baxti ufurib turibdi.<\/p>\n<p>Yana bir qiyos ko\u2018z oldimizda namoyon bo\u2018lyapti. Sobiq tuzum \u2013 qadim Turkiston xalqlarini bir-biridan ayirib tashlash uchun ming bir hiyla ishlatgan edi. Ularning bittasi 1924 yilgi davlat chegaralarini o\u2018tkazishda amalga oshgan bo\u2018lib, besh mustaqil hududga bo\u2018lingan xalqlarning bir-birlari orasiga \u201cxitoy devori\u201d yaratib, ular boshini qovushtirmaslik ko\u2018zda tutilgan edi. Temir yo\u2018llar ham shuni nazarda tutib qurilgan ediki, mustaqillikning dastlabki yillarida bir respublikaning fuqarosi ikkinchi respublikadagi qarindoshinikiga, nafaqat qarindoshi, hatto olamdan o\u2018tgan yaqinlari ta\u2019ziyasiga ham borolmaydigan bo\u2018lib qoldi. Chunki chegara va temir yo\u2018l siyosati shunday qitmirlik bilan amalga oshirilgan ediki, oqibatda mustaqillikka erishgan mamlakatlar o\u2018zining biror viloyatiga bormoqchi bo\u2018lsa, qo\u2018shnining yeridan o\u2018tishga majbur edi. \u201cEndi biz ham suveren davlatmiz, xalq\u00adaro bahoda pul to\u2018laysiz\u201d, deyish rusumga aylandi. Sobiq tuzum peshvolari shunday qilsak, Turkiston xalqlari yo bir-birlari bilan jiqqamusht bo\u2018ladi yoki \u201cbizga mustaqillik bo\u2018lmas ekan\u201d deb eski bo\u2018yinturuqni bo\u2018yinga ilishga majbur bo\u2018ladi, deb o\u2018ylashgandi.<\/p>\n<p>Ha, dastlabki yillarda juda qiyin bo\u2018ldi: ular o\u2018ylaganidek, borish-kelishlarning yo\u2018li to\u2018silib qoldi. O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston va Turkmaniston singari davlatlar juda katta mablag\u2018 sarflab, chorak asr mobaynida o\u2018zlarining yagona temir yo\u2018l tizimini yaratishga muvaffaq bo\u2018ldi. Biroq Qirg\u2018iziston va Tojikiston yaqin-yaqinga qadar ham bu masalada juda qiynalgan edi. Lekin hech kim o\u2018z mustaqilligidan voz kechmadi, \u201chassa bir marta yo\u2018qotiladi\u201d, degan aqida ustuvor bo\u2018ldi. Yaqin yaqingacha ham ana shu aqida bilan boriga, qiyinchiliklarga ko\u2018nib yashaldi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyeyov tashabbusi bilan chegaralardagi darvozalarni ochishning yo\u2018li topildi. Mashinalar ham, poyezdlar ham, samolyotlar ham endi biror to\u2018siqsiz, xalqaro mezonlarga amal qilgan holda harakatlanmoqda. Xalqlarimizning o\u2018zaro bordi-keldilari ko\u2018paydi. Endilikda savdo-sotiq, qo\u2018shma korxonalar qurish, yirik energetika va transport kommunikatsiyalarini hamkorlikda barpo etish va ulardan birgalikda foydalanish, qit\u2019alararo xalqaro transport yo\u2018laklari ochish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat O\u2018zbekiston, balki butun qadim Turkiston davlatlari mustaqil taraqqiyotiga kafolat sifatida qaralmoqda. Yaxshi qo\u2018shni holidan xabar olishga imkon topildi. \u201cQo\u2018shning tinch \u2013 o\u2018zing tinch\u201d, degan naql bejiz aytilmagan. Yurt ravnaqida bu eng asosiy omil hisoblanadi.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3147 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1.jpg 1280w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1-768x511.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1-696x463.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-1-1068x711.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Albatta, bugungi qutlug\u2018 shodiyona kunda bularni yana bir bor yodga olmaslik mumkin emas. Zotan, qo\u2018shnilar bilan aloqalarning o\u2018z izmiga tushganligi, so\u2018nggi besh yillikda qo\u2018lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. Tan olish kerak, so\u2018nggi besh yillik qardoshlik aloqalarini tiklash bilan bir qatorda, mamlakatimizning rivojida o\u2018ziga xos tub burilish yillari bo\u2018ldi. Nega deganda, so\u2018nggi 5-6 yilda qanchalik qi\u00adyin bo\u2018lmasin, barcha jabhada yillar davomida yig\u2018ilib qolgan muammo va kamchiliklar yuzaga chiqarildi, ularni hal etish bo\u2018yicha juda keng ko\u2018lamda islohotlar boshlab yuborildi. Davlatimiz rahbarining odilona siyosati, xalqimizning bunyodkorligi evaziga tarix uchun qisqa bir davr\u00adda barcha sohalarda, eng muhimi, odamlar hayo\u00adtida mana shu islohotlarning amaliy natijalari namoyon bo\u2018la boshladi. Kishilik jamiyatida nimaiki qilinar ekan, avvalo, inson manfaatlari uchun qilinishi, \u201cXalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qilishi kerak\u201d, degan tamoyil to\u2018laqonli ravishda davlat va jamiyat hayotiga chuqur singib ketdi, oltin qoidaga aylandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining, avvalo, xalqimiz manfaatlarini o\u2018ylab yuritayotgan adolatli, xalqchil siyosati, yurtdoshlarimizning birgalikdagi sharafli mehnati orqali ana shu yutuqlarga erishilmoqda. So\u2018nggi yillarda xalqimiz Yangi O\u2018zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulkan marralar sari dadil odimlamoqda. Turli hududlarda qurilayotgan yirik inshootlar, qad rostlayotgan muazzam imoratlar O\u2018zbekistonning naqadar yuksaklikka intilayotganini, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati buyukligini namoyon etmoqda.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda yurtimizning ko\u2018rkamligiga hissa qo\u2018shayotgan qurilish sohasi xodimlariga qaratilgan e\u2019tibor xususida alohida to\u2018xtalish o\u2018rinlidir. Davlatimiz rahbari Prezidentlik vazifasini bajarishga kirishgan ilk yildanoq qurilish sohasiga katta e\u2019tibor qaratib kelmoqda. Yurtboshimizning 2017 yil 7 avgustdagi farmoni bilan 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni\u201d sifatida keng nishonlanib, yutuqlarga erishgan soha xodimlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishmoqda. O\u2018tgan besh yilda sohada faoliyat yuritayotgan qurilish-pud\u00adrat tashkilotlari 23,8 mingtadan 43 mingtagacha oshganini, loyiha tashkilotlari soni 1 000 tadan salkam 2 000 taga yetganini, bajarilgan qurilish hajmi esa 3 barobarga ortganini, qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar salkam 10 mingtaga yetib, ular eksport uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmi 2022 yil yakunigacha 690 mln AQSh dollariga yetganini ko\u2018rish mumkin. Bularning barchasi ana shu e\u2019tiborning samarasi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Bunday e\u2019tibor tufayli, so\u2018nggi besh yilda qurilish sohasi iqtisodiyo\u00adtimizning \u201cdrayver\u201d, ya\u2019ni, yetakchi yo\u2018nalishiga aylangani barchaga ayon haqiqatdir.<\/p>\n<p>Sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida aholi punktlarini qurishga kompleks yondashuv, uy-joy, turli bino va inshootlar bilan birga ijtimoiy infratuzilma ob\u2019ektlari, savdo va xizmat ko\u2018rsatish shoxobchalari, ta\u2019lim, tibbiyot hamda madaniyat muassasalari, istirohat bog\u2018lari, xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonchalari va sport maskanlari bunyod etishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Buning amaliy tasdig\u2018i sifatida 2022 yilgi Investitsiya dasturi bo\u2018yicha 1 ming 868 ta ijtimoiy ob\u2019ektda keng ko\u2018lamli qurilish, rekonstruksiya va kapital ta\u2019mirlash ishlari olib borilayotganini ta\u2019kidlash o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Bu haqda so\u2018z yuritganda, loyihalari joylardagi aholi bilan bamaslahat ishlab chiqilgan \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d massivlari haqida alohida to\u2018xtalish lozim. Ushbu nomdagi 29 ta massivda 21 ming 312 xonadonga mo\u2018ljallangan 619 ta zamonaviy uy-joy, shuningdek, o\u2018nlab yangi maktabgacha ta\u2019lim tashkilotlari hamda umumta\u2019lim maktablari, tibbiyot muassasalari barpo etilayotganini ta\u2019kidlash o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Bu borada ko\u2018p qavatli uylar hamda muhandislik-transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob\u2019ektlari kompleks tarzda qurilayotgani, kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod oila zamonaviy qulayliklarga ega bo\u2018lgan uy-joylar bilan ta\u2019minlanishi albatta barchamizni xursand qiladi. Ayniqsa, aholini arzon va sifatli turar joy bilan ta\u2019minlash dasturlari doirasida namunali ko\u2018p qavatli uylar atrofida madaniyat va san\u2019at markazlari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari va boshqa maskanlar barpo etilayotgani, \u201cObod qishloq\u201d dasturi bo\u2018yicha 413 ta mahallaning bosh rejasi ishlab chiqilayotgani inson haqidagi e\u2019tibor va g\u2018amxo\u2018rlikning amaliy namunasidir.<\/p>\n<p>Bunyodkorlik haqida so\u2018z borganda, qad rostlayotgan, shahar-qishloqlarning ko\u2018rkiga ko\u2018rk qo\u2018shayotgan, xalqimiz koriga xizmat ko\u2018rsatuvchi imoratlar bilan bir qatorda yurtdoshlarimizning, ayniqsa, kelajak avlodning ma\u2019naviy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ko\u2018zda tutilgan inshootlar haqida ham to\u2018xtalib o\u2018tishimiz o\u2018rinlidir. Bundan 1 yil avval, Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Toshkent shahrida \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d bog\u2018i va \u00adMustaqillik monumenti tantanali ravishda ochilgandi.<\/p>\n<p>Yurtimizning barcha go\u2018shalari kabi poytaxtda ham \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d bog\u2018ini yaratish borasidagi tashabbus albatta, kelajak avlodni yurtni ardoqlash, uni sevish tuyg\u2018ularini ko\u2018ngilga joy etishga undashi shubhasiz. Poytaxtimizdagi \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d bog\u2018ini yaratish tarixiga nazar soladigan bo\u2018lsak, unga 2021 yil 1 may kuni ilk ko\u2018chatlar ekilgan edi. Tarixchi olimlar, ijodkor ziyolilar, nuroniylar va yoshlar bilan maslahatlashib, \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d majmuasining g\u2018oyaviy va me\u2019moriy yechimlariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Agar yuqoridan nazar tashlansa, bog\u2018ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o\u2018xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo\u2018nalishini ramziy ma\u2019noda ifoda etadi. Bu go\u2018zal bog\u2018da poytaxtimiz aholisi, barcha hududlarimiz va xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Sun\u2019iy ko\u2018l, sport maydonchalari, bolalar o\u2018yingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob\u2019ektlari, hunarmandchilik do\u2018konlari tashkil etildi. Bog\u2018ning markaziy qismida muhtasham badiiy obida \u2013 Mustaqillik monumenti barpo etildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, el-yurtimiz o\u2018z o\u2018tmishi davomida shonli voqealarni, turli sinov va qiyinchilik\u00adlarni, zafarli davrlar bilan birga, fojiali kunlarni ham boshidan kechirgan. Mustaqillik monumentida bular badiiy aks ettirilgan. Maj\u00admuada buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma hamda mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o\u2018lmas siymolari aks ettirilgan. O\u2018zbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi og\u2018ir va mashaqqatli hayoti, qatag\u2018on siyosati, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko\u2018rsatgan jasorat va matonati ta\u2019sirchan lavhalarda ifodalangan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo\u2018lini aks ettirishga alohida e\u2019tibor qaratilgan. Yodgorlik yurtimizda yangi O\u2018zbekistonni \u2013 uchinchi Renessans poydevorini yaratish g\u2018oyasi bilan uyg\u2018un holda barpo qilingani ayniqsa ahamiyatlidir. Unda milliy davlatchiligimizning ramzi bo\u2018lgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulug\u2018bek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo\u2018shgan ulug\u2018 mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari o\u2018zining bor mahobati va shukuhi bilan ko\u2018z oldimizda namoyon bo\u2018lib turibdi. Tinch\u00adlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo\u2018lgan, ko\u2018kda mag\u2018rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviri monumentning eng yuqori qismida \u2013 bamisoli uning gultoji bo\u2018lib o\u2018rin egallagan.<\/p>\n<p>\u201cMustaqillik monumenti ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida sifatida qad rostladi. Monument poyiga bitilgan: \u201cXalqimiz tarixida ezgu iz qoldirgan barcha ajdodlarimiz doimo qalbimizda\u201d, degan chuqur ma\u2019noli so\u2018zlar ota-bobolarimiz xotirasiga bugungi avlodlarning yuksak hurmat va ehtiromini anglatadi\u201d, degandi yurt yetakchisi Shavkat Mirziyoyev \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d bog\u2018i va Mustaqillik monumentining ochilish marosimida.<\/p>\n<p>Bugungi kunda ushbu maskan xalqimiz ardog\u2018idagi qadamjolardan biriga aylanib ulgurdi. Yurtimizga kelayotgan yuqori martabali mehmonlar o\u2018z tashriflarini aynan Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo\u2018yishdan boshlashlarining ham ramziy ma\u2019nosi bor.<\/p>\n<p>Yaqinda Samarqand shahrida bunyod etilgan \u201cBuyuk ipak yo\u2018li\u201d xalqaro turizm markazining ochilishi millionlab yurtdoshlarimiz qalbida faxr-iftixor tuyg\u2018ularini yanada yuksaltirdi.<\/p>\n<p>\u201cBuyuk ipak yo\u2018li\u201d majmuasi O\u2018zbekistonning dunyoga keng ochilayotgan yana bir darvozasi, desak, ayni haqiqat bo\u2018ladi\u201d, dedi majmuaning ochilish marosimidagi nutqida Prezidentimiz.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3149 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1200\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7-300x203.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7-1024x693.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7-768x520.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7-1536x1040.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7-150x102.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7-696x471.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol-7-1068x723.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>2019 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan katta ambitsiyali loyiha bosh\u00adlandi \u2013 Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo\u2018yida, 212 gektar maydonda ulkan maj\u00admua qurishga kirishildi. Avvalo, tajribali me\u2019mor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa jalb etilib, puxta loyiha ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari bu yerga bir necha marta kelib, qurilishni milliy me\u2019morchilik an\u2019\u00adanalarimiz va odamlarga qulaylik jihatidan takomillashtirish bo\u2018yicha tavsiyalar berdi. Bunyodkorlik ishlarida malakali quruvchilarimiz bilan birga Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yetuk mutaxassislari ishtirok etishdi.<\/p>\n<p>Ushbu yangi ko\u2018rkam majmuaga \u201cBuyuk ipak yo\u2018li\u201d deb nom berilgani zamirida chuqur ma\u2019no bor: asrlar davomida Xitoyning qadimiy Sian shahridan boshlanib, dunyoning ko\u2018plab mamlakatlari hududidan o\u2018tgan va ko\u2018hna Rimga qadar yetib borgan bu ulkan savdo yo\u2018li jahon xalqlari o\u2018rtasidagi iqtisodiy, madaniy-ma\u2019rifiy muloqot vositasi bo\u2018lib kelgan. Azim Samarqand esa, Buyuk ipak yo\u2018lining asosiy manzillaridan biri bo\u2018lganini hammamiz yaxshi bilamiz.<\/p>\n<p>\u201cBoqiy shahar\u201d majmuasi, uning tevaragidagi katta maydonni egallagan, eng zamonaviy talablarga javob beradigan ko\u2018rkam binolar, Ulug\u2018bek astronomiya maktabi vakillarining tadqiqotlari natijasi bo\u2018lgan buyuk meros \u2013 \u201cZiji jadidi Ko\u2018ragoniy\u201d timsolidagi ko\u2018rkam amfiteatr, qadimiy Samarqandning betakror qiyofasini gavdalantirgan obidalar, muazzam turizm markazi, Sohibqiron Amir Temur bobomiz nomidagi mehmonxona, yangi \u201cSamarqand city\u201d manzaralari har qanday kishini hayratlantiradi, hayajonga soladi. Shubhasiz, bularning bari yana o\u2018z mavqeiga qaytayotgan, xalqimizning buyuk tarixi hamda bugungi farovon zamonni o\u2018zida uyg\u2018unlashtirgan Samarqand dunyodagi eng qadimiy, eng go\u2018zal va obod shahar, \u201cYer yuzining sayqali\u201d sifatida o\u2018z o\u2018rnini yanada mustahkamlashiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Bu ko\u2018p tarmoqli markaz tarkibida 8 ta zamonaviy mehmonxona, Kongress xoll, \u201cBoqiy shahar\u201d majmuasi, amfiteatr va ko\u2018plab boshqa inshootlar bor. U yiliga 2 million turistga xizmat ko\u2018rsatishi mumkin. Bu yerda qadimiy bozor, mamlakatimizning barcha hududlariga xos 40 ta hunarmandchilik ustaxonasi tashkil etilgan. Unda ustalar yog\u2018och o\u2018ymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilam to\u2018qish kabi jarayonlarini sayyohlarga namoyish etadi.<\/p>\n<p>Shuni hisobga olib, yangi markazdagi binolarda Buyuk ipak yo\u2018li davriga oid tarixiy manzaralar ham aks ettirildi. Masalan, \u201cBoqiy shahar\u201d majmuasi bezaklarida qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So\u2018g\u2018d davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanildi. Shu sababli ana shu davlatlarning elchilari va xorijiy sayyohlar ham ushbu tasvirlar bilan tanishib, o\u2018z yurtlari tarixini shu yerda ko\u2018rgandek bo\u2018lishadi.<\/p>\n<p>Majmuadagi zamonaviy mehmonxonalar va Kongress xoll yirik anjumanlar o\u2018tkazish uchun ham sharoit yaratadi. Yaqinda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, Turkiy davlatlar tashkilotiga a\u2019zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi kabi nufuzli xalqaro tadbirlar shu yerda bo\u2018lib o\u2018tadi. Kelgusi yilda esa qadimiy shahrimizda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruv Kengashining yillik yig\u2018ilishi va Jahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi ham o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bu kabi loyihalarni Buxoro shahrida, yurtimizning boshqa hududlarida ham amalga oshirish rejalashtirilayotganini alohida ta\u2019kidlab o\u2018tish lozim. Zotan, bunyod etilayotgan mana shunday ulug\u2018vor obidalar, osmono\u2018par binolar hamda aholi uchun barcha qulayliklarga ega \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d massivlari vatandoshlarimiz qalbida faxr-iftixor tuyg\u2018ularni yuksaltirish, inson qadrini ulug\u2018lash kabi ezgu g\u2018oyalarning hayotimizdagi amaliy ifodasidir.<\/p>\n<p>Tarixiy qadamjolarni tiklash, yangilarini barpo etish bilan bir qatorda, keyingi yillarda zamon talabiga javob beruvchi turli ko\u2018rinishdagi markazlarning qad rostlayotgani yurtimiz yoshlarining hech kimdan kam emasligini isbotlashiga zamin yaratmoqda. Qutlug\u2018 bayram arafasida ko\u2018plab ana shunday inshootlar qatori poytaxtimizda bunyod etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida qurilgan yangi binolar ham foydalanishga topshirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari mazkur majmua qurilishiga 2019 yil 20 noyabrda tamal toshi qo\u2018yib, o\u2018tgan yili dekabrda bunyodkorlik ishlarini ko\u2018zdan kechirgan edi. Bugungi kunda 20, 22, 25 qavatli binolar va konferensiya zali qurib bitkazildi.<\/p>\n<p>Poytaxtimizning Mirzo Ulug\u2018bek tumanida joylashgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki bu borada yetakchi. U birinchi bo\u2018lib ikki qavatli binoda ochilgan edi. Bugungi kunda osmono\u2018par, muhtasham majmuaga aylandi. Ushbu IT-parkning rezidentlari, xizmatlar turi ham ko\u2018payib bormoqda. Joriy yilning 6 oyida ular tomonidan 53 million dollarlik xizmatlar eksport qilingan. Yil yakunigacha bu ko\u2018rsatkich 100 million dollardan oshishi kutilmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur inshootlar mualliflik texnologiyasiga asoslangan yangi turdagi qurilish konstruksiyasi asosida qurilmoqda. Yuqori seysmik chidamlilikka ega. Har bir bino videokuzatuv tizimi hamda yuqori texnologiyali yong\u2018in xavfsizligi uskunalari bilan jihozlangan.<\/p>\n<p>Zamon shiddat bilan o\u2018zgarib bormoqda. Yangi avlod \u2013 yangi O\u2018zbekiston avlodi yetishib kelmoqda. U kechagi kunning zamondan ortda qolgan bilimlarini emas, bugunning eng yangi bilimlarini o\u2018zlashtirayotgan yoshlardir. Yangi o\u2018quv mas\u00adkanlari, tibbiy maskanlar, yo\u2018llar, xiyobonlar, transport yechimlari, so\u2018nggi yutuqlarga asoslangan qurilishlar \u2013 barchasi xalq farovonligiga yo\u2018naltirilgan bo\u2018lib, islohotlarning pirovard natijasi inson qadr-qimmatining ulug\u2018lanishiga qaratilgan. Bunday ezgu va xayrli ishlar yangi O\u2018zbekiston dunyoda o\u2018z an\u2019analari, mehnatsevar kishilari va yangilikka intiluvchi mutaxassislari bilan o\u2018z ulug\u2018vor maqsadlari sari azmu shijoat bilan ilgarilab borayotganining yorqin misollaridir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek, Bir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim. Bir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek Buyuk va betimsol mening Vatanim. Ulug\u2018 shoirimiz lutf etganidek, ne-ne ellar gul yaprog\u2018idek to\u2018zg\u2018ib yotgan bu ko\u2018hna zaminda buyuk va betimsol Vatanimiz o\u2018z mustaqilligining o\u2018ttiz birinchi dovonida yana bir yangi davrga qadam qo\u2018yayotir. Istiqlol va ozodlik tushunchalari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":8,"featured_media":3143,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[283,285],"class_list":{"0":"post-3152","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-istiqlol-uz","8":"tag-bayram-uz","9":"tag-mustaqillikning-31-yilligi-uz-2"},"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v20.11 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Buyuk va betimsol mening Vatanim | uzbunyodkor.uz<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek, Bir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim. Bir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek Buyuk va betimsol mening Vatanim. Ulug\u2018\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Buyuk va betimsol mening Vatanim | uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek, Bir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim. Bir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek Buyuk va betimsol mening Vatanim. Ulug\u2018\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-09-01T15:14:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-03-10T13:03:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1772\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1181\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Dilshod Jalolov\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"14 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/\"},\"author\":{\"name\":\"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/d5cf6e1c9a74799586c8160aaa81b587\"},\"headline\":\"Buyuk va betimsol mening Vatanim\",\"datePublished\":\"2022-09-01T15:14:00+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T13:03:00+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/\"},\"wordCount\":2775,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"keywords\":[\"bayram\",\"\u041c\u0443\u0441\u0442\u0430\u049b\u0438\u043b\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 31 \u0439\u0438\u043b\u043b\u0438\u0433\u0438\"],\"articleSection\":[\"Istiqlol\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/\",\"name\":\"Buyuk va betimsol mening Vatanim | uzbunyodkor.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2022-09-01T15:14:00+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T13:03:00+00:00\",\"description\":\"Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek, Bir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim. Bir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek Buyuk va betimsol mening Vatanim. Ulug\u2018\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Buyuk va betimsol mening Vatanim\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"name\":\"uzbunyodkor.uz\",\"description\":\"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"alternateName\":\"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\",\"name\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"contentUrl\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"width\":696,\"height\":696,\"caption\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\",\"https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/\",\"https:\/\/t.me\/uzbunyodkor\",\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/d5cf6e1c9a74799586c8160aaa81b587\",\"name\":\"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/800c3a4e79d31d18dd0d4aad911ffd824d93a3d7a924789c854ae07ee93a2e81?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/800c3a4e79d31d18dd0d4aad911ffd824d93a3d7a924789c854ae07ee93a2e81?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432\"},\"description\":\"1991 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430 \u0422\u043e\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442 \u0414\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438 (\u04b3\u043e\u0437\u0438\u0440\u0433\u0438 \u040e\u0437\u041c\u0423)\u043d\u0438 \u0442\u0430\u043c\u043e\u043c\u043b\u0430\u0433\u0430\u043d. 2016 \u0438\u044e\u043b\u0434\u0430\u043d \u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416 \u0411\u043e\u0448 \u0434\u0438\u0440\u0435\u043a\u0442\u043e\u0440\u0438 \u2013 \u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0438\u0436\u0442\u0438\u043c\u043e\u0438\u0439-\u0438\u049b\u0442\u0438\u0441\u043e\u0434\u0438\u0439 \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438 \u0431\u043e\u0448 \u043c\u0443\u04b3\u0430\u0440\u0440\u0438\u0440\u0438 \u0441\u0438\u0444\u0430\u0442\u0438\u0434\u0430 \u0444\u0430\u043e\u043b\u0438\u044f\u0442 \u044e\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/dilshod-jalolov\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Buyuk va betimsol mening Vatanim | uzbunyodkor.uz","description":"Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek, Bir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim. Bir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek Buyuk va betimsol mening Vatanim. Ulug\u2018","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Buyuk va betimsol mening Vatanim | uzbunyodkor.uz","og_description":"Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek, Bir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim. Bir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek Buyuk va betimsol mening Vatanim. Ulug\u2018","og_url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/","og_site_name":"uzbunyodkor.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","article_published_time":"2022-09-01T15:14:00+00:00","article_modified_time":"2023-03-10T13:03:00+00:00","og_image":[{"width":1772,"height":1181,"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/09\/buyuk-va-betimsol.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Dilshod Jalolov","Est. reading time":"14 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/"},"author":{"name":"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/d5cf6e1c9a74799586c8160aaa81b587"},"headline":"Buyuk va betimsol mening Vatanim","datePublished":"2022-09-01T15:14:00+00:00","dateModified":"2023-03-10T13:03:00+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/"},"wordCount":2775,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"keywords":["bayram","\u041c\u0443\u0441\u0442\u0430\u049b\u0438\u043b\u043b\u0438\u043a\u043d\u0438\u043d\u0433 31 \u0439\u0438\u043b\u043b\u0438\u0433\u0438"],"articleSection":["Istiqlol"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/","name":"Buyuk va betimsol mening Vatanim | uzbunyodkor.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website"},"datePublished":"2022-09-01T15:14:00+00:00","dateModified":"2023-03-10T13:03:00+00:00","description":"Ellar to\u2018zg\u2018ib yotar gul yaprog\u2018idek, Bir yon shohu gado, bir yon do\u2018st, g\u2018anim. Bir yonda xayoliy Eram bog\u2018idek Buyuk va betimsol mening Vatanim. Ulug\u2018","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/buyuk-va-betimsol-mening-vatanim\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Buyuk va betimsol mening Vatanim"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","name":"uzbunyodkor.uz","description":"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!","publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"alternateName":"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization","name":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","contentUrl":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","width":696,"height":696,"caption":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416"},"image":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/","https:\/\/t.me\/uzbunyodkor","https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/d5cf6e1c9a74799586c8160aaa81b587","name":"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/800c3a4e79d31d18dd0d4aad911ffd824d93a3d7a924789c854ae07ee93a2e81?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/800c3a4e79d31d18dd0d4aad911ffd824d93a3d7a924789c854ae07ee93a2e81?s=96&d=mm&r=g","caption":"\u0414\u0438\u043b\u0448\u043e\u0434 \u0416\u0430\u043b\u043e\u043b\u043e\u0432"},"description":"1991 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430 \u0422\u043e\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442 \u0414\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438 (\u04b3\u043e\u0437\u0438\u0440\u0433\u0438 \u040e\u0437\u041c\u0423)\u043d\u0438 \u0442\u0430\u043c\u043e\u043c\u043b\u0430\u0433\u0430\u043d. 2016 \u0438\u044e\u043b\u0434\u0430\u043d \u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416 \u0411\u043e\u0448 \u0434\u0438\u0440\u0435\u043a\u0442\u043e\u0440\u0438 \u2013 \u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0438\u0436\u0442\u0438\u043c\u043e\u0438\u0439-\u0438\u049b\u0442\u0438\u0441\u043e\u0434\u0438\u0439 \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438 \u0431\u043e\u0448 \u043c\u0443\u04b3\u0430\u0440\u0440\u0438\u0440\u0438 \u0441\u0438\u0444\u0430\u0442\u0438\u0434\u0430 \u0444\u0430\u043e\u043b\u0438\u044f\u0442 \u044e\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/dilshod-jalolov\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3152","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/8"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3152"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3152\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3157,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3152\/revisions\/3157"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3143"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3152"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3152"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3152"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}