{"id":3242,"date":"2022-08-30T15:34:47","date_gmt":"2022-08-30T10:34:47","guid":{"rendered":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/"},"modified":"2023-03-10T18:35:56","modified_gmt":"2023-03-10T13:35:56","slug":"otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/","title":{"rendered":"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti"},"content":{"rendered":"<p><strong>Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning imkoniyatlari tufayli bugun yurtimizda jahon standartlariga mos ravishda rivojlanmagan sohaning o\u2018zi qolmadi. Shu qatorida bugun temir yo\u2018l tizimida ham katta o\u2018zgarishlar sodir bo\u2018lmoqda. Zero, hech bir soha taraqqiyotini temir yo\u2018l tizimi faoliyatisiz tasavvur etib bo\u2018lmaydi. Albatta, mamlakatimizning har bir jabhasi rivojlanishida temiryo\u2018l va temiryo\u2018lchilarning munosib mehnati borligini e\u2019tirof etish o\u2018rinlidir.<\/strong><\/p>\n<p>Vatanimiz mustaqilligi keng nishonlanayotgan shukuhli kunlarda ezgu bayramni temiryo\u2018lchilar ham poytaxtimiz va mamlakatimizning turli hududlaridagi tarixiy ahamiyatga ega, xalqimiz farovonligi, davlatimiz iqtisodiy yuksalishiga, qolaversa, yurtimizning, yurtdosh\u00adlarimizning kelajak hayoti uchun katta naf keltiradigan loyihalarni amalga oshirish bilan munosib kutib olmoqda. Xususan, poytaxtimizda bunyod etilayotgan yer usti halqa metro yo\u2018nalishining qariyb 8,5 kilometrlik \u201cQo\u2018yliq \u2013 Quruvchilar\u201d yo\u2018nalishining 2-bosqichida qurilish ishlari davom etayotgan 5 ta bekatni o\u2018z ichiga olgan mazkur loyiha joriy yil yakuniga qadar bitkazilishi kutilmoqda.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3227 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1179\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4-768x511.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4-1536x1022.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4-696x463.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-4-1068x711.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining 2020 yil 28 dekabrdagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo\u2018ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori ijrosini ta\u2019minlash maqsadida 2021 yilning mart oyida temiryo\u2018lchilar tomonidan Buxoro \u2013 Urganch \u2013 Xiva yo\u2018nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovini tashkil etish uchun elektrlashtirish ishlari boshlangan edi. Ayni damda uchastka yo\u2018llari bo\u2018ylab poydevor hamda temir-beton ustunlar o\u2018rnatilmoqda. Zamonaviy texnikalar yordamida ustunlarga elektr simlarini ushlab turish uchun konsollar montaj qilinyapti. Elektr\u00adlashtirish ikki yo\u2018nalishda \u2013 Buxoro hamda Xorazm viloyatlari hududida olib borilmoqda. Umumiy uzunligi 465,5 kilometrlik ushbu yo\u2018nalishdagi ishlarning to\u2018liq tugallanishi natijasida tarmoq tasarrufidagi po\u2018lat izlarning elektrlashtirilgan hududi qariyb 50 foizga yetadi. Qolaversa, Toshkent \u2013 Samarqand \u2013 Navoiy \u2013 Buxoro \u2013 Urganch \u2013 Xiva yo\u2018nalishida \u00adtezyurar hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik xavfsiz elektropoyezdlar qatnovini yo\u2018lga qo\u2018yishda muhim ahamiyatga ega bo\u2018ladi. Tabiiyki, bu yo\u2018l uchun ketadigan vaqt, yonilg\u2018i va boshqa xarajatlarning ham tejalishiga zamin yaratadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Navoiy \u2013 Buxoro uchastkasida elektrlashtirilgan ikkinchi yuqori tezlikdagi temir yo\u2018l qurilishi loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Toshkent \u2013 Samarqand, Toshkent \u2013 Qarshi hamda Toshkent \u2013 Buxoro yo\u2018nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan \u201cAfrosiyob\u201d poyezdlarining muntazam qatnovi amalga oshirilmoqda. Toshkent \u2013 Samarqand \u2013 Maroqand uchastkasi ikki yo\u2018nalish\u00adli po\u2018lat izlardan tashkil topgan bo\u2018lsa, Navoiy \u2013 Buxoro yo\u2018nalishi bir izli temir yo\u2018l uchastkasidan iborat. Shu bois, Navoiy \u2013 Buxoro uchastkasida elektrlashtirilgan ikkinchi yuqori tezlikdagi temir yo\u2018l bunyod etib, poyezdlar qatnovini yanada qulay, xavfsiz hamda ishonchli bo\u2018lishiga, eng muhimi, ularning qatnov vaqtini yanada qisqartirishga erishiladi. Navoiy \u2013 Buxoro uchastkasining ikkinchi yo\u2018li uzunligi 92,1 kilometrdan iborat bo\u2018lib, \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d aksiyadorlik jamiyatining o\u2018z mab\u00adlag\u2018lari hisobiga barpo etilmoqda.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3230 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1-696x464.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-1-1068x712.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yurtimizda ko\u2018priklar qadimdan uzoqni yaqin, mushkulni oson qiluvchi vosita sifatida qadrlanib kelinadi. \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d aksiyadorlik jamiyatining \u201cKo\u2018prikqurilish\u201d tresti\u201d unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyatini Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi bilan bog\u2018lovchi, Amudaryo ustidan o\u2018tadigan yangi temir yo\u2018l va avtomobil yo\u2018li qo\u2018shma inshooti ham ana shu maqsadda bunyod etil\u00adyapti. Prezidentimizning 2020 yil dekabr oyida Xorazm viloyatiga tashrifi chog\u2018ida eski ko\u2018prik o\u2018rniga nafaqat avtomobil, balki temir yo\u2018l transporti uchun ham mo\u2018ljallangan zamonaviy ko\u2018prik qurish bo\u2018yicha bergan topshirig\u2018i mazkur hududda yashovchi aholining ko\u2018p yillik orzularini ro\u2018yobga chiqaryapti.<\/p>\n<p>Loyihaga ko\u2018ra, dastlab Qorao\u2018zak tumanidan Amudaryo va Gurlan tumanlari orqali Shovot tumanigacha umumiy uzunligi 80,2 kilometr bo\u2018lgan temir yo\u2018l liniyasini hamda ushbu oraliqdagi 27 ta temir yo\u2018l kesishmasini qurish belgilandi. Shuningdek, 4 ta avtoyo\u2018l o\u2018tkazgich, 9 ta ko\u2018prik hamda 25 kishiga mo\u2018ljallangan 1 dona, 50 kishiga mo\u2018ljallangan 2 ta temir yo\u2018l vokzalini bunyod etish, asosiy temir yo\u2018l va avtomobil yo\u2018li qo\u2018shma ko\u2018prigi hamda boshqa texnik xizmat ko\u2018rsatish bino-inshootlarini qurish ko\u2018zda tutilgan. Ayni paytda daryoning ikki sohilida ham qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Yangi qurilayotgan ko\u2018prik va unga qadar bo\u2018lgan 10 kilometrga yaqin hamda inshootdan keyingi hududda 70 kilometrdan ortiqroq temir yo\u2018lning barpo etilishi natijasida Rossiya Federatsiyasi va Qozog\u2018iston Respublikasidan yuklarni tashish masofasi 240 kilometrga, ularni manzilga yetkazish vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Bundan tashqari, ushbu ko\u2018prik orqali o\u2018tayotgan yuklarning yillik samarasi 150 milliard so\u2018mga yaqin bo\u2018ladi. Shuningdek, bugungi kunda Xorazm viloya\u00adti va Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi o\u2018rtasidagi temir yo\u2018l orqali tashilayotgan yuklarning o\u2018rtacha hajmi 12 million tonnani tashkil qilayotgan bo\u2018lsa, yangi ko\u2018prik hamda temir yo\u2018l qurilganidan so\u2018ng yuklar hajmi loyihaning o\u2018zini oqlash muddatiga yetib borgunga qadar 20-25 million tonna atrofida bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3233 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3-696x464.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-3-1068x712.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, mamlakatimiz poytaxtidan uncha uzoq bo\u2018lmagan, ya\u2019ni, bor-yo\u2018g\u2018i 40 kilometr shimolda joylashgan Chirchiq shahri ham yil sayin rivojlanib bormoqda. Ishlab chiqarish korxonalari ko\u2018payib, ko\u2018p qavatli aholi turar joylari qurilmoqda. Bu esa ushbu shaharda aholi sonining ham ortishiga sabab bo\u2018lmoqda. Qolaversa, Chirchiq shahridan 20-30 kilometr shimoliy hududda bo\u2018lgan Bo\u2018stonliq tumanidagi Xo\u2018jakent va tog\u2018li hududlar yoz hamda qish fasllarida nafaqat Toshkent aholisi, balki, respublikamizning barcha hududlaridan keladigan fuqarolar uchun ajoyib dam olish maskaniga aylanadi. Shu bois, poytaxtimiz bilan Chirchiq shahri hamda Xo\u2018jakent dam olish maskanlarini bog\u2018lab turadigan transport yo\u2018nalishlariga bo\u2018lgan talab yil sayin ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari 2021 yilning 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga qilgan tashrifi davomida Toshkent \u2013 Chirchiq oralig\u2018ida transport tizimini yanada rivojlantirish va aholiga qulaylik yaratish masadida temir yo\u2018l bo\u2018ylab tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo\u2018lga qo\u2018yish yuzasidan ko\u2018rsatma bergan edi. Shundan so\u2018ng, jamiyat tomonidan \u201cSalar \u2013 Chirchiq \u2013 Xo\u2018jakent\u201d temir yo\u2018l uchastkasini tezyurar poyezdlarga moslashtirish uchun belgilangan loyiha bo\u2018yicha ikki bosqichdagi ta\u2019mirlash ishlari boshlab yuborildi. O\u2018tgan vaqt davomida \u201cToshkent mintaqaviy temir yo\u2018l uzeli\u201d unitar korxonasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan Toshkent \u2013 Chirchiq \u2013 Xo\u2018jakent yo\u2018nalishida elektropoyezdlar tezligini yanada oshirish uchun po\u2018lat izlarni tubdan ta\u2019mirlash ishlari amalga oshirildi va bu jarayon hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3235 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"997\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5-300x169.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5-768x432.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5-1536x864.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5-150x84.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5-696x392.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-5-1068x601.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Sohada isloh qilinishi lozim bo\u2018lgan asosiy yo\u2018nalishlardan biri yuk va yo\u2018lovchi vagonlarini yangilash, lokomotiv parkini tubdan rivojlantirish masalasi edi. Bu yo\u2018nalishda ham ko\u2018rilgan samarali choralar tufayli zamonaviy teplovoz va elektrovozlar sotib olindi. Yo\u2018lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida xalqaro talablarga mos yangi vokzallar qurilib, mavjudlari qayta ta\u2019mirlandi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida yagona bo\u2018lgan yuqori tezlikda harakatlanadigan \u201cAfrosiyob\u201d elektropoyezdining qatnov harakati kengayib boryapti. Bugungi kunda poytaxtdan tarixiy shaharlarimizga 6 ta ana shunday zamonaviy poyezd qatnovi yo\u2018lga qo\u2018yilgan bo\u2018lib, mahalliy va xorijlik yo\u2018lovchilarga sifatli xizmat ko\u2018rsatilmoqda.<\/p>\n<p>Mustaqillik yillarida yuk va yo\u2018lovchi vagonlarini o\u2018zimizda mahalliylashtirish dasturi asosida qurishga katta e\u2019tibor qaratildi. 2001 yilda tashkil etilgan \u201cToshkent yo\u2018lovchi vagonlarni qurish va ta\u2019mirlash zavodi\u201d aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo\u2018lovchi vagonlarini ta\u2019mirlash va yangilarini qurish yo\u2018lga qo\u2018yilgani fikrimizning dalilidir. \u201cQuyuv-mexanika zavodi\u201d hamda \u201cAndijon-mexanika zavodi\u201d sho\u2018\u2018ba korxonalarida bir necha turdagi yuk vagonlari ta\u2019mirlanib, yangilari ishlab chiqarilmoqda. Bu bilan temir yo\u2018llarda o\u2018zimizda ishlab chiqarilgan yuk va yo\u2018lovchi vagonlari harakatlanishiga asos solindi. Import o\u2018rnini bosgan ushbu vagonlar sabab yiliga millionlab dollarlik valyutalarni tejashga erishilyapti.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d aksiyadorlik jamiyati tizimida yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritib, ular uchun barcha zamonaviy og\u2018ir texnikalar mavjud. O\u2018tgan yillar davomida og\u2018ir sanoatda qurilish ishlari uchun zarur qo\u2018shimcha zamonaviy texnikalar sotib olindi. Bu esa ularga nafaqat soha taraqqiyoti uchun, balki respublikamizning boshqa yo\u2018nalishlarida ham samarali bunyodkorliklarni ishonchli va sifatli amalga oshirish imkonini beradi. Shu bois, so\u2018nggi yillarda hukumatimiz tomonidan og\u2018ir sanoatda mas\u2019uliyatli qurilish ishlari, shaharsozlik bo\u2018yicha bunyod etilayotgan katta loyihalar jamiyatga ishonib topshirilmoqda. Tarmoq tasarrufidagi \u201cKo\u2018prikqurilish\u201d tresti\u201d unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xalqimiz e\u2019tirofiga sazovor bo\u2018lmoqda. Poytaxt va hududlarda barpo etilayotgan zamonaviy va mahobatli ko\u2018priklar, yo\u2018l o\u2018tkazgichlar, Toshkent shahrida qurilayotgan yer usti halqa metro yo\u2018nalishlari nafaqat aholiga qulaylik, balki yurtimiz chiroyiga chiroy, ko\u2018rkiga ko\u2018rk qo\u2018shmoqda.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3237 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7-696x464.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-7-1068x712.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>\u2013 Ma\u2019lumki, 2020 yilning mart oyidan bosh\u00adlab butun dunyoda, jumladan, O\u2018zbekiston Res\u00adpublikasida ham \u201cCovid-19\u201d koronavirusining tarqalishi natijasida nafaqat mahalliy qatnovlarda, balki xalqaro yo\u2018nalishlarda ham yo\u2018lovchi poyezdlar qatnovi vaqtincha to\u2018xtatilgan edi, \u2013 dedi, \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d aksiyadorlik jamiyatining Yo\u2018l xo\u2018jaligi boshqarmasi boshlig\u2018i, O\u2018zbekiston Qahramoni Erkin UMMATOV. \u2013 Oradan ikki yarim yil o\u2018tib, hukumatimiz va \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d aksiyadorlik jamiyati tomonidan temir yo\u2018l orqali xalqaro qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash maqsadida qo\u2018shni davlatlar bilan olib borilgan ishonchli va samarali hamkorlik tufayli yo\u2018lovchi poyezdlarning xalqaro qatnovi tiklanmoqda. Xususan, joriy yilning 15 may sanasidan \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d aksiyadorlik jamiyati \u201cQazaqstan temir jol\u044b\u201d MK\u201d aksiyadorlik jamiyati bilan kelishgan holda 647\/648-sonli Nukus \u2013 Beyneu \u2013 Nukus yo\u2018nalishidagi xalqaro yo\u2018lovchi poyezdining qatnovi boshlandi. 2022 yil 16 maydan boshlab, Olma-ota-2 \u2013 Toshkent \u2013 Olma-ota-2 yo\u2018nalishida 1\/2-sonli \u201cTulpor-Talgo\u201d poyezdining qatnovi ham qayta tiklandi. 2 yarim yillik tanaffusdan so\u2018ng ilk bor O\u2018zbekistonga qarab yo\u2018l olgan ushbu poyezd 17 may kuni soat 11.05da \u201cToshkent-Markaziy\u201d temir yo\u2018l vokzaliga kirib keldi. Tarkibi 24 ta yo\u2018lovchi vagondan iborat bo\u2018lgan mazkur poyezd bir tomonga harakatlanganda 425 nafar yo\u2018lovchini o\u2018z manziliga yetkazib qo\u2018yish imkoniyatiga ega. Joriy yilning 21 iyun kuni esa Dushanbe \u2013 Toshkent \u2013 Dushanbe yo\u2018nalishidagi xalqaro yo\u2018lovchi poyezdi qatnovi yo\u2018lga qo\u2018yildi. Ta\u2019kid\u00adlash lozimki, Dushanbe \u2013 Toshkent \u2013 Dushanbe yo\u2018nalishidagi xalqaro yo\u2018lovchi poyezdi 30 yil ichida birinchi bor mamlakatimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan o\u2018tib, poytaxtimizdagi \u201cToshkent-Markaziy\u201d temir yo\u2018l vokzaliga keldi.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3239 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9-696x464.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-9-1068x712.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Bundan tashqari, joriy yilning 23 iyunidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Samara shahriga ham yo\u2018lovchi poyezdi qatnay boshladi. Unga ko\u2018ra, 5\/6-sonli poyezdning Toshkent \u2013 Samara \u2013 Toshkent hamda Toshkent \u2013 Volgograd \u2013 Toshkent yo\u2018nalishidagi xalqaro qatnovlar ham yo\u2018lga qo\u2018yildi. Yuk tashish sohasida ham mijozlar va tadbirkorlar uchun stansiyalarda qulay sharoitlar yaratildi. Stansiyalarning aksariyati yangidan qurilib, yuk tashish va mijozlarga xizmat ko\u2018rsatishda elektron tizim vujudga keldi. Bu esa xizmat ko\u2018rsatayotgan mutaxassislar uchun ham, mijozlar uchun ham har tomonlama qulay muhitni yaratdi. Logistika yo\u2018nalishi ham kundan-kunga rivojlanib, yuklarni konteynerlar orqali tashishda xalqaro multimodal yo\u2018nalishlari vujudga kelmoqda. Bu esa mamlakatimizning mahalliy va xalqaro yo\u2018nalishlardagi tranzit yuklarni yanada ko\u2018payishiga sabab bo\u2018lyapti.<\/p>\n<p>Albatta, erishilayotgan yutuqlar shu soha xodimlarining zalvorli mehnati mahsulidir. Biroq bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda qo\u2018lga kiritilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolib bo\u2018lmaydi. Yanada katta marralar, vazifalar, yirik va zamonaviy loyihalar ustida ishlash davr talabi, taraqqiyot kafolati, xalqimiz hayotining yanada farovon bo\u2018lishi garovidir. Shunday ekan, bugungi zamon nafasini his qilgan temiryo\u2018lchilar rivojlanish sari ildam qadamlar bilan oldinga intilmoqda. Temir yo\u2018llarda yuk va yo\u2018lovchi qatnovlarini xavfsiz ta\u2019minlagan holda tizimda yangi bunyodkorliklarni bajarish ustida izlanmoqda. Shu bois, soha xodimlari uchun o\u2018tayotgan har bir yil tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti, desak adashmagan bo\u2018lamiz. Bunda shu sohada faoliyat ko\u2018rsatayotgan har bir temiryo\u2018lchining munosib o\u2018rni va mehnati mujassam.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning imkoniyatlari tufayli bugun yurtimizda jahon standartlariga mos ravishda rivojlanmagan sohaning o\u2018zi qolmadi. Shu qatorida bugun temir yo\u2018l tizimida ham katta o\u2018zgarishlar sodir bo\u2018lmoqda. Zero, hech bir soha taraqqiyotini temir yo\u2018l tizimi faoliyatisiz tasavvur etib bo\u2018lmaydi. Albatta, mamlakatimizning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":3226,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[89],"tags":[288],"class_list":{"0":"post-3242","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-bunyodkorlik-uz","8":"tag-ozbekiston-temir-yollari-aj"},"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v20.11 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti | uzbunyodkor.uz<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti | uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\" \/>\n<meta property=\"article:author\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-30T10:34:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-03-10T13:35:56+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-8.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1772\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1181\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Rayhona Xo\u2018jayeva\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/\"},\"author\":{\"name\":\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51\"},\"headline\":\"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti\",\"datePublished\":\"2022-08-30T10:34:47+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T13:35:56+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/\"},\"wordCount\":1769,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"keywords\":[\"\u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d AJ\"],\"articleSection\":[\"Bunyodkorlik\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/\",\"name\":\"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti | uzbunyodkor.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2022-08-30T10:34:47+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T13:35:56+00:00\",\"description\":\"Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"name\":\"uzbunyodkor.uz\",\"description\":\"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"alternateName\":\"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\",\"name\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"contentUrl\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"width\":696,\"height\":696,\"caption\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\",\"https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/\",\"https:\/\/t.me\/uzbunyodkor\",\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51\",\"name\":\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\"},\"description\":\"2003-2007 \u0439\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0434\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438\u0434\u0430 \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0434\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0442\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438 \u0431\u0430\u043a\u0430\u043b\u0430\u0432\u0440, 2009 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430 \u043c\u0430\u0433\u0438\u0441\u0442\u0440\u0430\u0442\u0443\u0440\u0430 \u0431\u043e\u0441\u049b\u0438\u0447\u0438\u043d\u0438 \u0442\u0443\u0433\u0430\u0442\u0433\u0430\u043d. \u0423\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0442\u0430\u044a\u043b\u0438\u043c-\u0442\u0430\u0440\u0431\u0438\u044f, \u043c\u0430\u044a\u043d\u0430\u0432\u0438\u0439-\u043c\u0430\u044a\u0440\u0438\u0444\u0438\u0439, \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448-\u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a \u043c\u0430\u0432\u0437\u0443\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u043c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u043c\u0430\u0442\u0431\u0443\u043e\u0442 \u0441\u0430\u04b3\u0438\u0444\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430 \u0447\u043e\u043f \u044d\u0442\u0438\u043b\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u0438\u043d\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva\"],\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/rayhona-xojayeva\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti | uzbunyodkor.uz","description":"Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti | uzbunyodkor.uz","og_description":"Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning","og_url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/","og_site_name":"uzbunyodkor.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","article_author":"https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva","article_published_time":"2022-08-30T10:34:47+00:00","article_modified_time":"2023-03-10T13:35:56+00:00","og_image":[{"width":1772,"height":1181,"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/utayotgan-har-bir-yil-8.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Rayhona Xo\u2018jayeva","Est. reading time":"9 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/"},"author":{"name":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51"},"headline":"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti","datePublished":"2022-08-30T10:34:47+00:00","dateModified":"2023-03-10T13:35:56+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/"},"wordCount":1769,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"keywords":["\u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d AJ"],"articleSection":["Bunyodkorlik"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/","name":"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti | uzbunyodkor.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website"},"datePublished":"2022-08-30T10:34:47+00:00","dateModified":"2023-03-10T13:35:56+00:00","description":"Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik to\u2018yi munosabati bilan har sohada o\u2018ziga xos yangiliklar, yangilanish va islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/otayotgan-har-bir-yil-temiryolchilar-uchun-ham-tarixiy-bunyodkorliklarga-boy-bolyapti\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018tayotgan har bir yil temiryo\u2018lchilar uchun ham tarixiy bunyodkorliklarga boy bo\u2018lyapti"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","name":"uzbunyodkor.uz","description":"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!","publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"alternateName":"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization","name":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","contentUrl":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","width":696,"height":696,"caption":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416"},"image":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/","https:\/\/t.me\/uzbunyodkor","https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51","name":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g","caption":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430"},"description":"2003-2007 \u0439\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0434\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438\u0434\u0430 \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0434\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0442\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438 \u0431\u0430\u043a\u0430\u043b\u0430\u0432\u0440, 2009 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430 \u043c\u0430\u0433\u0438\u0441\u0442\u0440\u0430\u0442\u0443\u0440\u0430 \u0431\u043e\u0441\u049b\u0438\u0447\u0438\u043d\u0438 \u0442\u0443\u0433\u0430\u0442\u0433\u0430\u043d. \u0423\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0442\u0430\u044a\u043b\u0438\u043c-\u0442\u0430\u0440\u0431\u0438\u044f, \u043c\u0430\u044a\u043d\u0430\u0432\u0438\u0439-\u043c\u0430\u044a\u0440\u0438\u0444\u0438\u0439, \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448-\u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a \u043c\u0430\u0432\u0437\u0443\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u043c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u043c\u0430\u0442\u0431\u0443\u043e\u0442 \u0441\u0430\u04b3\u0438\u0444\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430 \u0447\u043e\u043f \u044d\u0442\u0438\u043b\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u0438\u043d\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.","sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva"],"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/rayhona-xojayeva\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3242","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3242"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3244,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3242\/revisions\/3244"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3226"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3242"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3242"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}