{"id":3473,"date":"2022-08-14T16:36:40","date_gmt":"2022-08-14T11:36:40","guid":{"rendered":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/"},"modified":"2023-03-10T20:25:26","modified_gmt":"2023-03-10T15:25:26","slug":"texnopark-bunyodkorlarga-madadkor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/","title":{"rendered":"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor"},"content":{"rendered":"<div class=\"intro-text\">\n<p><strong>Bugun<\/strong><strong> o\u2018zbek<\/strong><strong> brendlari<\/strong><strong> ostida<\/strong><strong> jahon<\/strong><strong> bozorida<\/strong><strong> o\u2018z<\/strong><strong> o\u2018rniga<\/strong><strong> ega<\/strong><strong> bo\u2018lib<\/strong><strong> borayotgan<\/strong><strong> milliy<\/strong><strong> mahsulotlar<\/strong><strong> bilan<\/strong><strong> har<\/strong><strong> qancha<\/strong><strong> faxrlansak<\/strong><strong>, arziydi<\/strong><strong>. Ana<\/strong><strong> shunday<\/strong><strong> mahsulotlarni<\/strong><strong> yaratishda<\/strong><strong> sifat<\/strong><strong> va<\/strong><strong> son<\/strong><strong> jihatdan<\/strong><strong> ham<\/strong><strong> yurtimizda yetakchi<\/strong><strong> o\u2018rinda<\/strong><strong> turuvchi<\/strong><strong> korxonalardan<\/strong><strong> biri<\/strong><strong> bu<\/strong><strong> \u2013 \u201cTEXNOPARK\u201d MChJdir<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n<p>TEXNOPARK \u2013 2019 yildan buyon tarkibidagi mavjud yirik korxona va zavodlarda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish orqali O\u2018zbekiston nomini dunyoga tanitishga katta hissa qo\u2018shib kelmoqda. O\u2018zbekiston Res\u00adpublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda yuqori texnologiyalar, raqobatbardosh, eksportga yo\u2018naltirilgan va import o\u2018rnini bosuvchi sanoat, elektrotexnika va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish bo\u2018yicha topshirig\u2018ining amaliy ifodasi hisoblangan TEXNOPARK 105 gektar maydonda qurilgan. Rejaga ko\u2018ra, 17 ta loyiha amalga oshirilishi ko\u2018zda tutilgan. Bor-yug\u2018i 3 yil mobaynida 13 ta katta zavod faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilib, ayni paytda yirik hajmdagi mahsulotlar ishlab chiqarish avjida.<\/p>\n<p>Eng asosiysi, yaratilayotgan har bir mahsulot xalq\u00adaro va mahalliy sertifikatlarga ega. Shu bois, barcha mahsulotlar raqobatbardosh bo\u2018lib, ayni paytda dunyoning bir qator davlatlariga ham eksport qilinyapti. Xususan, bir necha turdagi liftlar, sanoat sovutish tizimlari, aqlli gaz hisoblagichlar, isitish tizimi radia\u00adtorlari shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>Shuningdek, TEXNOPARKda servis markazi faoliyati ham yo\u2018lga qo\u2018yilgan bo\u2018lib, har bir mahsulotga tegishli kafolat muddati belgilangan. TEXNOGARANT markazi doimiy ravishda yuqori sifatli servis xizmat ko\u2018rsatishga shay.<\/p>\n<p><strong>TEXNOPARK<\/strong><strong>da<\/strong> <strong>ayni<\/strong> <strong>paytda<\/strong> <strong>quyidagi<\/strong> <strong>mahsulotlar<\/strong> <strong>bir<\/strong> <strong>qator<\/strong> <strong>brendlar<\/strong> <strong>ostida<\/strong> <strong>ishlab<\/strong> <strong>chiqarilmoqda<\/strong><strong>:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>metall konstruksiyalar (\u201cAVANT\u201d brendi);<\/li>\n<li>PIR qatlamli sendvich panellar (\u201cAVANT\u201d brendi);<\/li>\n<li>liftlar va eskalatorlar (\u201cOSTEN\u201d brendi);<\/li>\n<li>sanoat sovutish tizimlari va konditsionerlar (\u201cSHIVAKI\u201d brendi);<\/li>\n<li>suv nasoslari (\u201cLEO\u201d brendi);<\/li>\n<li>panel radiatorlar (\u201cLIDER\u201d brendi);<\/li>\n<li>elektron gaz hisoblagichlar (\u201cOSTEN\u201d brendi);<\/li>\n<li>eshik va deraza romlari uchun furnitura va aksessuarlar;<\/li>\n<li>shtamplar va press-formalar (\u201cTEXNOMOLD\u201d brendi);<\/li>\n<li>maishiy sovutgichlar (\u201cSAMSUNG\u201d brendi);<\/li>\n<li>sanoat muzlatgichlar va savdo sovutgichlari (\u201cSHIVAKI FRIGO COOL\u201d brendi);<\/li>\n<li>kir yuvish mashinalari (\u201cSHIVAKI\u201d, \u201cSAMSUNG\u201d, \u201cARTEL\u201d brendlari);<\/li>\n<li>mis quvurlar va mis mahsulotlari ishlab chiqarish (\u201cUZCOPPER\u201d brendi).<\/li>\n<\/ul>\n<p>Shuningdek, TEXNOPARKda quyma cho\u2018yan va alyumin mahsulotlari, bo\u2018yash liniyalari va polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo\u2018limlari faoliyati ham yo\u2018lga qo\u2018\u00adyilgan. Shu yilning sentabr oyida yana uchta yangi lo\u00adyiha ishga tushirilishi rejalashtirilyapti. Bular \u2013 gaz qozonlari (\u201cFYeRROLI\u201d brendi, Italiya), bazalt toshidan issiqlik o\u2018tkazmaydigan materiallar hamda HPL panellari. Qolaversa, to\u2018liq avtomatlashtirilgan logistika markazi ham tashkil etilishi ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Korxonaning yana bir muhim xususiyati shuki, bu yerda Markaziy Osiyoda yagona bo\u2018lgan liftlarni maxsus test\u00addan o\u2018tkazuvchi 60 metrli sinov minorasi mavjud. Ushbu minorada masalan, yuk tashuvchi liftlar ma\u2019lum miqdordagi yuklarni ortish orqali xalqaro standartlarga muvofiq sinovdan o\u2018tkazilib, maxsus sertifikat beriladi. Shuningdek, eskalatorlar ham Markaziy Osiyo\u00adda faqatgina shu yerda \u2013 OSTEN brendi ostida ishlab chiqariladi.<\/p>\n<p>Yuqorida TEXNOPARK universal mahsulotlar makoni, deya bejiz ta\u2019riflamadik. Boisi, undan yengil konstruksiyali binolar uchun loyiha ishlab chiqarishga ruxsat beruvchi litsenziyadan tortib, to bino ishga tushgunicha bo\u2018lgan barcha mahsulotlarni topish imkoni mavjud. Masalan, bir mijoz zavod qurish niyatida murojaat qildi. TEXNOPARK unga loyihani ishlab chiqib, metall konstruksiyalar yordamida bino karkasini ko\u2018tarib, energiya tejamkor mahsulot sifatida sendvich panellar bilan devorini qoplab beradi. So\u2018ngra, suv uchun nasos, isitish qozonlari va radiatorlari, sovutish va isitish tizimlari, lift bilan ta\u2019minlash imkoniga ham ega.<\/p>\n<p>Demak, TEXNOPARK yordamida har qanday murojaatga kompleks yechim topish mumkin.<\/p>\n<p>\u2013 Fursatdan foydalanib, Yangi O\u2018zbekistonning barcha quruvchilarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz. TEXNOPARK mahsulotlari ayni paytda yurtimiz va xorijdagi turli yirik ob\u2019ektlarda o\u2018rnatilgani va yirik qurilish maydonlarida ishlatilishi bizga faxr bag\u2018ishlaydi, \u2013 dedi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo\u2018yicha direktor o\u2018rinbosari Nargiz Shoislamova. \u2013 Xususan, \u201cOSTEN\u201d brendi ostida ishlab chiqarilayotgan liftlarimiz \u201cIT-PARK\u201d, \u201cMAGIC CITY\u201d, \u201cOLMAZOR CITY\u201d, Texnopark, \u201cEko bozor\u201d, Farg\u2018ona viloyatidagi \u201cGREAT SILK ROAD\u201d mehmonxonasi, turar joy komplekslari, Mudofaa vazirligi gospitali, Namangan viloyatidagi kutubxonada o\u2018rnatilgan. Bundan tashqari, \u201cAVANT\u201d brendi ostida yaratilayotgan metall konstruksiyalar, \u201cLEO\u201d suv nasoslari, \u201cOSTEN\u201d gaz hisoblagich ham yurtimizdagi ko\u2018plab yirik ob\u2019ektlarda ishlatilmoqda. \u201cSHIVAKI\u201d brendi bilan yaratilayotgan sanoat va yarim sanoat sovutish tizimlari Temiryo\u2018lchilar san\u2019at saroyi, kafe va restoranlar, Milliy bankning Namangan filiali va monomarkazda, Andijondagi ko\u2018ngilochar savdo markazida, \u201cAkfa\u201d universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi qurilgan binolarida ishlab turibdi.<\/p>\n<p>Hozirda TEXNOPARKda faoliyat yuritayotgan besh yarim ming nafar ishchining 70 foizi yoshlardir. Ular orasida xorij davlatlarining yirik kompaniyalaridan, jumladan, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Italiya va Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar ham bor. Ular TEXNOPARK xodimlariga ish o\u2018rgatib, mahsulotni yaratish texnologiyasi bilan batafsil tanishtirmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>Metall konstruksiyalar zavodi<\/h2>\n<\/div>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3448 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1329\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-300x225.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-768x576.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-1536x1152.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-150x113.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-696x522.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-1068x801.jpg 1068w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/metal-konstruksiyalar1-265x198.jpg 265w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Loyiha 2021 yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 12 ming tonna. Ishlab chiqarish maydoni 24 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Ish o\u2018rinlari 250 ta. Korxonada konstruksiyalarning LSTK, PSPK, QMK turlari ishlab chiqariladi.<\/p>\n<p>LSTK \u2013 yengil po\u2018latdan ishlangan yupqa devor tuzilmasi. Bu mahsulot 1,5 dan 3,5 mm gacha qalinlikdagi rux bilan qoplangan po\u2018lat profillardan tashkil topgan kompleks tizimdan iborat bo\u2018lgan bino tuzilmalarining bir turidir. Ular o\u2018ziga xos yengil vaznga ega, logistikada transport tashish-etkazish ishlarida qulay, profillarning geometrik o\u2018lchamlari barqaror va aniq, oson montaj qilinadi.<\/p>\n<p>PSPK \u2013 devorlar orasidagi bo\u2018shliqni to\u2018ldirish uchun ishlatiladi. Bu tizim har qanday hajm va muammoni hal qilishga imkon beruvchi keng shakllanuvchi qobiliyatga egaligi bilan ahamiyatlidir. Marxi tizimlari (PSPK) aholi va sanoat ishlab chiqarishida keng qo\u2018llaniladi. Xususan, ulardan angarlar va boshqa murakkab loyihalar qurishda foydalaniladi.<\/p>\n<p>QMK \u2013 qora metall konstruksiyalar payvandlangan elementlar va prokat profillar asosidan iborat. Bu mahsulot yuqori mustahkamlik xususiyatiga ega. Ushbu xususiyati po\u2018latning sifat darajasiga bog\u2018liq bo\u2018lib, og\u2018ir yuklarga bardoshlilik, mexanik shikastlanish va boshqa tashqi ta\u2019sirlarga chidash xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, mavsumiy o\u2018zgarishlarga barqaror, oson o\u2018rnatish mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>PIR qatlamli sendvich panellar zavodi<\/h2>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3450 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1049\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1-300x178.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1-1024x606.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1-768x455.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1-1536x909.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1-150x89.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1-696x412.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel1-1068x632.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Loyiha 2022 yil aprel oyida ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 000 000 kvadrat metr. Ayni paytda loyiha doirasida 3 xil (qalinligi 50, 75 va 100 mm) sendvich-panellar ishlab chiqarilmoqda. Bular \u2013 tom yopish, devor va sovitish kameralari uchun mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p>PIR sendvich panellaridan qurilgan ob\u2019ektlar yuqori darajadagi issiqlik va shovqin izolyatsiyasi, namlikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Panellarning laboratoriya va texnik sinovlari materialning 150 darajagacha bo\u2018lgan haroratda yong\u2018inga chidamliligini ko\u2018rsatadi. Shuningdek, PIR sendvich panellari yuqori issiqlik izolyatsiyasi ko\u2018rsatkichi, mexanik bardoshlilikning yuqori darajasi, 50 yildan ortiq bo\u2018lgan xizmat muddati, o\u2018rnatish osonligi kabi qo\u2018shimcha qulayliklarga ega.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3452 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2.jpg\" alt=\"\" width=\"1181\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2.jpg 1181w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2-300x300.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2-1024x1024.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2-150x150.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2-768x768.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2-696x696.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/pir-sendvech-panel2-1068x1068.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1181px) 100vw, 1181px\" \/><\/a><\/p>\n<p>TEXNOPARKda ishlab chiqarilayotgan PIR panellari qishloq xo\u2018jaligi ob\u2019ektlari, ishlab chiqarish va omborxonalar, savdo maydonchalari, stansiya majmualari, farmatsevtika sanoati uchun binolar, sport inshootlari va muzlatgichlar ishlab chiqarishda keng qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>Korxona Italiyaning \u201cEkosystem\u201d kompaniyasining zamonaviy va to\u2018liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyasi bilan jihozlangan. TEXNOPARK ob\u2019ektlarni loyihalashtirish bo\u2018yicha ham sertifikatga ega bo\u2018lib, \u201cAVANT\u201d metall konstruksiyalarini ishlab chiqarish bilan birga har qanday murakkablikdagi ob\u2019ektni qurish uchun o\u2018z hissasini qo\u2018shishga tayyor.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>\u201cOSTEN\u201d lift va eskalatorlar zavodi<\/h2>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3454 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1191\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2-300x202.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2-1024x688.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2-768x516.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2-1536x1032.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2-150x101.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2-696x468.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/lift-2-1068x718.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Loyiha 2021 yilning sentabr oyida ishga tushirilgan. Zavodning quvvati \u201cOSTEN\u201d brendi ostida yiliga 2 000 ta lift va 500 ta eskalator ishlab chiqarishga mo\u2018ljallangan. Zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Yevropa standartlariga to\u2018liq javob beradi hamda energiya tejamkor hisoblanadi. O\u2018zbekistonda ilk bor avtomatlashtirilgan va robotlashtirilgan liniyalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar Qozog\u2018iston, Tojik\u00adiston, Qirg\u2018iziston, va boshqa Markaziy Osiyo va MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.<\/p>\n<p>Dunyoning yetakchi lift va eskalator ishlab chiqaruvchi \u201cShanghai Mitsubishi\u201d kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu zavodda eng ilg\u2018or, zamonaviy texnologiya va uskunalar o\u2018rnatilgan. Lift eshiklari robotlashtirilgan tarzda \u201cAuto door line\u201d avtomatik ravishda ishlab chiqarish liniyasida tayyorlanadi. Zavodda liftlarning yo\u2018lovchi tashuvchi, kasalxona uchun, yuk tashuvchi hamda panoramik turlari ishlab chiqariladi.<\/p>\n<p>Qolaversa, zavod hududida zamonaviy sinov markazi ham tashkil etilgan. Bu mahsulotni sinovdan o\u2018tkazish va sertifikatlashga mo\u2018ljallangan. Sinovlarni lift uskunalari bilan shug\u2018ullanadigan va natijalarning ob\u2019ektivligi uchun mas\u2019ul bo\u2018lgan texnik jihatdan malakali laboratoriya xodimlari amalga oshiradilar. Tekshirish tugagandan so\u2018ng, liftning texnik holati va uning Tashkilot Standarti (TS), Davlat Standartlari (GOST) va Yevropa EN standartlarining talablariga muvofiqligi to\u2018g\u2018risida bayonnoma tuziladi.<\/p>\n<p>\u201cOSTEN\u201d liftlarga masofadan boshqarish imkoniyatlariga ega bo\u2018lgan zamonaviy dispetcherlik xizmatini ham ko\u2018rsatadi. Bu xizmatning afzalligi, lift kabinasi ichki boshqaruv panelidagi maxsus tugmani bosish orqali dispetcherlik markaziga 24\/7 real rejim formatida bog\u2018lanish mumkin. Lift kabinalarida o\u2018rnatilgan videokameralar yo\u2018lovchiga qo\u2018shimcha qulaylik yaratadi. Bu real rejimdagi video yozuv bir oy mobaynida maxsus serverlarda saqlanadi. Dispetcherlar liftlarni masofadan boshqarishni ham amalga oshiradilar. Masalan, ular liftni yoqishlari yoki o\u2018chirishlari, eshiklarini ochishlari yoki yopishlari hamda boshqa qavatga yo\u2018naltirishlari mumkin. Yo\u2018lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 22 tilda ovozli xabar berish tizimi mavjud.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>\u201cSHIVAKI\u201d sanoat sovutish tizimlari va konditsionerlar zavodi<\/h2>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3456 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1107\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2-300x187.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2-1024x640.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2-768x480.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2-1536x960.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2-150x94.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2-696x435.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/sovitish-tizimlari2-1068x667.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>SHIVAKI brendi eng zamonaviy texnologiyalarni taqdim qiladi. Loyiha 2020 yilning noyabr oyida ishga tushirilgan. Sanoat havo konditsionerlari va sovutish tizimlarini ishlab chiqarish bo\u2018yicha rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvati bir yilda 80 000 donani tashkil etadi.<\/p>\n<p>Zavodda issiqlik almashinuvchilarni ishlab chiqarish uchastkasi, modulli chillerlarni yig\u2018ish liniyasi, metall qismlarni bo\u2018yash liniyasi, konditsionerlarni ichki blokini yig\u2018ish liniyasi, konditsionerlarni tashqi blokini yig\u2018ish liniyasi, split tizimli sovutgichlar yig\u2018ish liniyasi, AHU (Air Handling Unit) yig\u2018ish liniyasi, metallga ishlov berish uchastkasi, penopoliuretan quyish uchastkasi hamda iqlim (klimatik) laboratoriya mavjud.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda korxonada 8 xil turdagi mahsulotlar, jumladan chiller, fankoyl, markazlashgan havo konditsionerlari, sovutish agregatlari, multi-split konditsionerlari, kanal va ustunbop turdagi hamda kassetali konditsionerlar ishlab chiqarilmoqda.<\/p>\n<p>Masalan, ustunli konditsionerlar unumdorligi 24~100 BTU (British Thermal Unit) oralig\u2018ida. Ushbu turdagi konditsioner zamonaviy dizayn va yuqori funksio\u00adnallikka ega. Kanal turidagi konditsionerlar unumdorligi 18~100 BTU oralig\u2018ida. Ularning afzalligi uy, ishxona yoki ofisni bir maromda sovutish yoki isitib berish quvvati mavjudligidir. Kassetali konditsionerlar unumdorligi 24~60 BTU oralig\u2018ida. Ular kam shovqinda ishlashi, yuqori unumdorligi va havo oqimini hamma yo\u2018nalishlarda bir xil miqdorda taqsimlay olishi bilan farqlanadi. Multi-split konditsionerlarning tashqi blok unumdorligi 18~42 BTU oraliqda. Bu turdagi konditsionerlarning afzalligi turli xil ichki bloklar bilan mutanosib ishlay olish qobiliyatidir. Chillerlarning unumdorligi 65~440 kVt bo\u2018lib, asosiy afzalliklari issiqlikni to\u2018liq qayta tiklashi, xizmat ko\u2018rsatishga qulayligi, atrof-muhitga zararsizligidir. Fankoyllar unumdorligi 1,3~15 kVt oralig\u2018ida. Chiller-fankoyl tizimidagi elementlar orasidagi masofa ancha uzunligi ushbu qurilmalarni istalgan joyga o\u2018rnatish imkonini beradi. AHU (Air Handling Unit) unumdorligi 1500~15000 m3\/s oralig\u2018ida bo\u2018lib, bu qurilmalar tibbiyot, farmatsevtika ishlab chiqarishida, nisbatan katta maydonlarni toza havo bilan ta\u2019minlashda keng qo\u2018llaniladi. Sovutish agregatlari unumdorligi 1,7-39.6 kVt oralig\u2018ida. Ushbu qurilmalar yordamida meva va sabzavotlarni uzoq muddatga saqlash imkoni mavjud.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>\u201cLEO\u201d suv nasoslari zavodi<\/h2>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3458 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2-696x464.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/nasos-2-1068x712.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Loyiha 2020 yilning noyabr oyida ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 550 000 dona. Suv nasoslari toza suv yoki shunga o\u2018xshash fizik va kimyoviy xususiyatlarga ega bo\u2018lgan boshqa suyuqliklarni o\u2018tkazish uchun mo\u2018ljallangan. Ular sanoat va shahar suv ta\u2019minotida, yuqori qavatli binolar va yong\u2018indan himoya qilish tizimlari uchun mo\u2018ljalangan suv bosimini oshiruvchi qurilmalarda, bog\u2018larni sug\u2018orishda, uzoq masofali suv o\u2018tkazmalarida qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ushbu nasoslardan bog\u2018dorchilikda suvni qiyaliklarga yetkazib berish uchun ham foydalaniladi. Quduqdan suvni ko\u2018tarishda, sug\u2018orishda, suv ta\u2019minoti tizimlarida, turli xil yordamchi inshootlarda suv bosimini oshirishda ham bu nasoslar ancha qulayligi bilan ahamiyatlidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>\u201cLIDER\u201d panel radiatorlari zavodi<\/h2>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3460 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1-696x464.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/panelniy-radiator1-1068x712.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Loyiha 2021 yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 640 000 dona. Loyiha doirasida 5 ta modifikatsiyadagi radiatorlar ishlab chiqariladi. Panel radiatorining afzalliklari yuqori issiqlik chiqishi (issiqlik tarqalishi), o\u2018rnatish qulayligi, turli xil konfiguratsiya, chiroyli tashqi ko\u2018rinishi, keng assortiment va ranglar palitrasiga egaligi bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Panel radiatorlarning rangi o\u2018rnatilishi mo\u2018ljallangan bino ichki qismiga mos tushishi bilan ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, radiatorni ichki interer detali sifatida ham ishlatish mumkin. Barcha panellar temir po\u2018latdan ishlab chiqariladi va texnologik jarayon bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bu esa mahsulot sifatini ta\u2019minlaydi. Bugungi kunda panel radia\u00adtorlar Sharqiy Yevropaga, xususan Ruminiyaga, eksport qilinmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>\u201cOSTEN\u201d elektron gaz hisoblagichlar zavodi<\/h2>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3462 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1181\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3-696x464.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/gaz-hisoblagich-3-1068x712.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Loyiha 2020 yilning fevral oyida ishga tushirilgan. Quvvati yiliga 3 000 000 donani tashkil qiladigan zavodda Italiyaning \u201cPietro Fiorentini\u201d, \u201cEuro Impiantini\u201d, \u201cMotan\u201d va \u201cInotech\u201d (Germaniya) korxonalari tomonidan texnologik jihozlarning muvofiqlashtirilishi natijasida metrologik va qiyosiy ishlar olib borilgan. Zavodda \u201cTerranova\u201d (Italiya) kompaniyasining dasturiy ta\u2019minotidan foydalaniladi. \u201cAqlli\u201d gaz hisoblagichlarni ishlab chiqarish buyrug\u2018ini 4 million donagacha qabul qilish va qayta ishlash imkoniyati mavjud.<\/p>\n<p>\u201cOSTEN\u201d elektron gaz hisoblagichlari Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon davlat metrologiya xizmatlarining tegishli ekspertizasidan muvaffaqiyatli o\u2018tgan. Ushbu ekspertiza natijalari asosida \u201cOSTEN\u201d elektron gaz hisoblagichlari davlat reyestri tarkibiga kiritildi. Bugungi kunda ushbu gaz hisoblagichlarni Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi o\u2018lchov vositalarining davlat reyestri ixtiyoriga kiritish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Demak, TEXNOPARK \u2013 16 ta ishlab chiqarish ob\u2019ekti hamda logistika markazini birlashtirib, mahalliy va xorijiy ishlab chiqarishga yo\u2018naltirilgan keng turdagi sanoat, texnik, elektron, qurilish va maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo\u2018yicha Markaziy Osiyodagi eng ilg\u2018or va istiqbolli korxona degan nomga har jihatdan munosibdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun o\u2018zbek brendlari ostida jahon bozorida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan milliy mahsulotlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Ana shunday mahsulotlarni yaratishda sifat va son jihatdan ham yurtimizda yetakchi o\u2018rinda turuvchi korxonalardan biri bu \u2013 \u201cTEXNOPARK\u201d MChJdir. TEXNOPARK \u2013 2019 yildan buyon tarkibidagi mavjud yirik korxona va zavodlarda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish orqali O\u2018zbekiston nomini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":3466,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[317,318],"class_list":{"0":"post-3473","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-zamonaviy-texnologiyalar-uz","8":"tag-texnopark-mchj-uz","9":"tag-texnika-vositalari-uz"},"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v20.11 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor | uzbunyodkor.uz<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Bugun o\u2018zbek brendlari ostida jahon bozorida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan milliy mahsulotlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Ana shunday\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor | uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bugun o\u2018zbek brendlari ostida jahon bozorida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan milliy mahsulotlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Ana shunday\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\" \/>\n<meta property=\"article:author\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-14T11:36:40+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-03-10T15:25:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/texnopark.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1772\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1181\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Rayhona Xo\u2018jayeva\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/\"},\"author\":{\"name\":\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51\"},\"headline\":\"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor\",\"datePublished\":\"2022-08-14T11:36:40+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T15:25:26+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/\"},\"wordCount\":1992,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"keywords\":[\"\u201cTEXNOPARK\u201d MChJ\",\"texnika vositalari\"],\"articleSection\":[\"Zamonaviy texnologiyalar\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/\",\"name\":\"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor | uzbunyodkor.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2022-08-14T11:36:40+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T15:25:26+00:00\",\"description\":\"Bugun o\u2018zbek brendlari ostida jahon bozorida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan milliy mahsulotlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Ana shunday\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"name\":\"uzbunyodkor.uz\",\"description\":\"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"alternateName\":\"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\",\"name\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"contentUrl\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"width\":696,\"height\":696,\"caption\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\",\"https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/\",\"https:\/\/t.me\/uzbunyodkor\",\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51\",\"name\":\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430\"},\"description\":\"2003-2007 \u0439\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0434\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438\u0434\u0430 \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0434\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0442\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438 \u0431\u0430\u043a\u0430\u043b\u0430\u0432\u0440, 2009 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430 \u043c\u0430\u0433\u0438\u0441\u0442\u0440\u0430\u0442\u0443\u0440\u0430 \u0431\u043e\u0441\u049b\u0438\u0447\u0438\u043d\u0438 \u0442\u0443\u0433\u0430\u0442\u0433\u0430\u043d. \u0423\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0442\u0430\u044a\u043b\u0438\u043c-\u0442\u0430\u0440\u0431\u0438\u044f, \u043c\u0430\u044a\u043d\u0430\u0432\u0438\u0439-\u043c\u0430\u044a\u0440\u0438\u0444\u0438\u0439, \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448-\u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a \u043c\u0430\u0432\u0437\u0443\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u043c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u043c\u0430\u0442\u0431\u0443\u043e\u0442 \u0441\u0430\u04b3\u0438\u0444\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430 \u0447\u043e\u043f \u044d\u0442\u0438\u043b\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u0438\u043d\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva\"],\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/rayhona-xojayeva\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor | uzbunyodkor.uz","description":"Bugun o\u2018zbek brendlari ostida jahon bozorida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan milliy mahsulotlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Ana shunday","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor | uzbunyodkor.uz","og_description":"Bugun o\u2018zbek brendlari ostida jahon bozorida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan milliy mahsulotlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Ana shunday","og_url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/","og_site_name":"uzbunyodkor.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","article_author":"https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva","article_published_time":"2022-08-14T11:36:40+00:00","article_modified_time":"2023-03-10T15:25:26+00:00","og_image":[{"width":1772,"height":1181,"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/texnopark.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Rayhona Xo\u2018jayeva","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/"},"author":{"name":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51"},"headline":"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor","datePublished":"2022-08-14T11:36:40+00:00","dateModified":"2023-03-10T15:25:26+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/"},"wordCount":1992,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"keywords":["\u201cTEXNOPARK\u201d MChJ","texnika vositalari"],"articleSection":["Zamonaviy texnologiyalar"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/","name":"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor | uzbunyodkor.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website"},"datePublished":"2022-08-14T11:36:40+00:00","dateModified":"2023-03-10T15:25:26+00:00","description":"Bugun o\u2018zbek brendlari ostida jahon bozorida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan milliy mahsulotlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Ana shunday","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/texnopark-bunyodkorlarga-madadkor\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TEXNOPARK \u2013 bunyodkorlarga madadkor"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","name":"uzbunyodkor.uz","description":"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!","publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"alternateName":"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization","name":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","contentUrl":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","width":696,"height":696,"caption":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416"},"image":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/","https:\/\/t.me\/uzbunyodkor","https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/a5c8fe01a18c9443fcd59f0928026c51","name":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/a77b32085f9251a7724b917459330babe77d69f21b958b41a37135cadb5594dc?s=96&d=mm&r=g","caption":"\u0420\u0430\u0439\u04b3\u043e\u043d\u0430 \u0425\u045e\u0436\u0430\u0435\u0432\u0430"},"description":"2003-2007 \u0439\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440 \u0434\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438\u0434\u0430 \u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0434\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0442\u0438\u043b\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438 \u0431\u0430\u043a\u0430\u043b\u0430\u0432\u0440, 2009 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430 \u043c\u0430\u0433\u0438\u0441\u0442\u0440\u0430\u0442\u0443\u0440\u0430 \u0431\u043e\u0441\u049b\u0438\u0447\u0438\u043d\u0438 \u0442\u0443\u0433\u0430\u0442\u0433\u0430\u043d. \u0423\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0442\u0430\u044a\u043b\u0438\u043c-\u0442\u0430\u0440\u0431\u0438\u044f, \u043c\u0430\u044a\u043d\u0430\u0432\u0438\u0439-\u043c\u0430\u044a\u0440\u0438\u0444\u0438\u0439, \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448-\u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a \u043c\u0430\u0432\u0437\u0443\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u043c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u043c\u0430\u0442\u0431\u0443\u043e\u0442 \u0441\u0430\u04b3\u0438\u0444\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430 \u0447\u043e\u043f \u044d\u0442\u0438\u043b\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u0438\u043d\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.","sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/rayhona.xojayeva"],"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/rayhona-xojayeva\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3473","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3473"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3475,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3473\/revisions\/3475"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3466"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3473"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3473"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}