{"id":3863,"date":"2022-08-14T11:52:45","date_gmt":"2022-08-14T06:52:45","guid":{"rendered":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/"},"modified":"2023-03-10T23:11:11","modified_gmt":"2023-03-10T18:11:11","slug":"perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/","title":{"rendered":"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p"},"content":{"rendered":"<p><strong>Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha yangidan yangi qirralarni kashf etishni taqozo qiladi. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida ham ayni paytda 70 dan ortiq loyiha tashkilotlari faoliyat ko\u2018rsatayotgan bo\u2018lsa-da, ular orasida Perdabay Djaksimbayev rahbarlik qilayotgan \u201cQQ GORSEL PROEKT\u201d mas\u2019uliyati cheklangan jamiyati jamoasining tuman va shaharlarni obodonlashtirish hamda bunyodkorlik ishlarini qaror toptirishda qo\u2018shayotgan beminnat hissasi alohida o\u2018rin tutmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>Erkin faoliyat yuritib, el-yurtga naf keltirishni Perdabay ko\u2018p yillar orzu qilib yashadi. Sohaga daxldor mutaxassislikni egallab, Nukus shahridagi bir qancha tashkilotlarda vijdonan ishladi. Biroq u davrlarda inson mehnati va qadr-qimmati e\u2019tibordan chetda qolgani sababli, vaqti kelganda, maoshini ham vaqtida ololmasdan ro\u2018zg\u2018or tebratishi ancha qiyinlashib qolgan kezlari Qozog\u2018iston Respublikasida ishlab yurgan hamkasblaridan biri uni ishga taklif qildi. Shu tufayli u qo\u2018shni davlatda bir necha yil faoliyat ko\u2018rsatishga majbur bo\u2018ldi. Mehnat ta\u2019tillarida Nukusga kelganida vaqti yetib, o\u2018zi kamol topgan mana shu joylar ham obod va ko\u2018rkam bo\u2018lishini orzu qilardi. Yaxshi niyat qilgan kishi hamisha maqsadiga erishishi mumkinligini oradan yillar o\u2018tib u dildan his qildi.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3855 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1179\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2-768x511.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2-1536x1022.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2-696x463.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-2-1068x711.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Xalqimizning orzu-istaklarini ro\u2018yobga chiqarishga yo\u2018l ochib, imkon yaratib bergan istiqloldan ruhlangan Perdabay ham boshqalar singari shu Vatanning porloq kelajagini qurishda o\u2018z hissasini qo\u2018shish maqsadida Nukus shahridagi tashkilotlarda ishlab, oddiy xodimdan bo\u2018lim boshlig\u2018i darajasigacha ko\u2018tarildi. Ish jarayonida u korxonani zamon talablariga moslashtirmasa, kelajakda faoliyati to\u2018xtashi yoki bankrotga uchrab qolishini anglab, fikrini tegishli tashkilotdagi rahbarlarga aytadi va bu jarayondan chiqish uchun nimalar qilish lozimligi yuzasidan rejalarini tushuntirishga harakat qiladi.<\/p>\n<p>Korxona xususiylashtirilsa, hozirgi holatiga qaraganda jamiyat rivoji uchun katta foyda keltirishini bilgan va tadbirkorlik faoliyatiga davlatimiz tomonidan yetarlicha sharoitlar yaratilganidan kelib chiqib, tegishli tashkilotdagilarning ruxsati tekkach mas\u2019uliyati cheklangan jamiyatga aylantirildi. Iqtisodiy ahvoli tang holdagi korxonani oyoqqa turg\u2018azish, yoshlarni jamlab, ularga kasb sirlarini o\u2018rgatish va zarur bo\u2018lganda qayta tayyorlash Perdabay uchun oson kechmadi. Shunday paytlar bo\u2018ldiki, zaruratda uyidagi boqib yurgan mollarini ham sotib, pulini korxonasining rivoji uchun sarfladi. Har qanday ishga vijdonan kirishilsa, yo\u2018llar ochilib, ishlar ham baroridan kelaverishini o\u2018tgan yillardagi sa\u2019y-harakatining samarasini bugun o\u2018zi va ishchi-xodimlari dildan his etishmoqda.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3857 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1179\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3-768x511.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3-1536x1022.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3-696x463.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-3-1068x711.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Maqola avvalida loyiha ijodkorligi bo\u2018yicha Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida tanilgan korxona, deb ta\u2019kidlaganimizga asos bor. Jamoa ahlining sohadagi izlanish va ijodlari namunasi Taxtako\u2018pir tumani hamda Taxiatosh shahridagi 2 ta tug\u2018ruqxona, endokrinologiya shifoxonalarining qaytadan zamonaviy rekonstruksiyasi, Nukus shahrida qad rostlayotgan Test markazi, Chimboy tumanida qurilayotgan amfiteatr, Kegayli tumanidagi tug\u2018ruqxonaning qayta rekonstruksiyasi, Qonliko\u2018l tumanidagi 24-umumiy o\u2018rta ta\u2019lim maktabi, shuning\u00addek, 2 ta maktabgacha ta\u2019lim tashkiloti, shu tumandagi qishloq vrachlik punktini rekonstruksiya qilish orqali turar joy binosiga moslashtirish singari ishlar bilan hududdagi turdosh korxonalar va qurilish tashkilotlari uchun namunaga aylandi.<\/p>\n<p>Perdabayning aytishicha, loyihachi o\u2018z ustida qancha ko\u2018p izlanib, yangiliklar sari intilsa, uning qo\u2018lida sayqal topgan chizmalar hech qachon qog\u2018ozlarda qolib ketmaydi. Shuning uchun ham korxona tashkil qilingandan buyon jamoaning birorta ham ijodi e\u2019tibordan chetda qolgani yo\u2018q. Aksincha, barchasi uchun talab kun sayin ortyapti. Masalan, Nukus shahridagi harbiy qismlar uchun tibbiyot punktlari, xizmat burchini o\u2018tayotgan askarlarga zamonaviy yotoqxona, shahar hududidagi harbiy qismlar uchun mo\u2018ljallangan 19 ta ko\u2018p qavatli uy-joylarning qayta rekonstruksiyasi, nazorat o\u2018tish binosining talabga mos qurilishi, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasidagi turistik ob\u2019ektlarni qayta ta\u2019mirlash, bu kabi qilingan ishlar ro\u2018yxatini yana uzoq davom ettirish mumkin. To\u2018g\u2018risi, qisqa davr oralig\u2018ida bu singari yutuqlarga erishishning o\u2018zi bo\u2018lmaydi, barchasining zamirida ishlab chiqarish va mehnatga munosabatning o\u2018zgarayotgani hamda yurtni yanada obod qilish, ko\u2018rkam va zamonaviy binolarni \u00adbunyod etishga har kim o\u2018z hissasini qo\u2018shish kabi ulug\u2018 niyatlar jamlangan.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\" td-modal-image alignnone wp-image-3860 size-full\" src=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1772\" height=\"1179\" srcset=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4.jpg 1772w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4-768x511.jpg 768w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4-1536x1022.jpg 1536w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4-150x100.jpg 150w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4-696x463.jpg 696w, https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-4-1068x711.jpg 1068w\" sizes=\"auto, (max-width: 1772px) 100vw, 1772px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Iqtidorli loyihachi, jamoani har kuni bir yangilik sari boshlayotgan Perdabayning amalga oshirishni ko\u2018zlagan ishlari ham bir talay. Uning rejalariga ko\u2018ra, Nukus shahri va hududdagi tuman hamda shaharlarning infratuzilmasini yanada yaxshilash, uy-joyga muhtojlarning talabini qondirishda o\u2018z loyihalari bilan ishtirok etish hamda yangi ishlab chiqarish korxonalari qurilishida yaxshi loyihalarni taqdim qilish. Shu kunlarda maqsadga erishish uchun jamoadagi loyiha ijodkorlari tinmay izlanish\u00admoqda. Ta\u2019kidlanganidek, niyati pok insonlar hamisha maqsadiga erishadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha yangidan yangi qirralarni kashf etishni taqozo qiladi. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida ham ayni paytda 70 dan ortiq loyiha tashkilotlari faoliyat ko\u2018rsatayotgan bo\u2018lsa-da, ular orasida Perdabay Djaksimbayev rahbarlik qilayotgan \u201cQQ GORSEL PROEKT\u201d mas\u2019uliyati cheklangan jamiyati jamoasining tuman va shaharlarni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":17,"featured_media":3854,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[90],"tags":[380,381],"class_list":{"0":"post-3863","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-loyiha-tashkilotlarida-uz","8":"tag-qq-gorsel-proekt-uz","9":"tag-zamonaviy-arxitektura-uz"},"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v20.11 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p | uzbunyodkor.uz<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p | uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-08-14T06:52:45+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-03-10T18:11:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1772\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1179\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Abdusami Haqberdiyev\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/\"},\"author\":{\"name\":\"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/ca3e2ea05d522b2f72074ca92d852838\"},\"headline\":\"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p\",\"datePublished\":\"2022-08-14T06:52:45+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T18:11:11+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/\"},\"wordCount\":684,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"keywords\":[\"\u201cQQ GORSEL PROEKT\u201d\",\"zamonaviy arxitektura\"],\"articleSection\":[\"Loyiha tashkilotlarida\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/\",\"name\":\"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p | uzbunyodkor.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2022-08-14T06:52:45+00:00\",\"dateModified\":\"2023-03-10T18:11:11+00:00\",\"description\":\"Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"name\":\"uzbunyodkor.uz\",\"description\":\"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"alternateName\":\"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\",\"name\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"contentUrl\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"width\":696,\"height\":696,\"caption\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\",\"https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/\",\"https:\/\/t.me\/uzbunyodkor\",\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/ca3e2ea05d522b2f72074ca92d852838\",\"name\":\"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/312486d6ecaa92a90e1221ed94e2416e9f35254958c3ac786f1c97a95efad096?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/312486d6ecaa92a90e1221ed94e2416e9f35254958c3ac786f1c97a95efad096?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\"},\"description\":\"\u0422\u043e\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442 \u0414\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0436\u0443\u0440\u043d\u0430\u043b\u0438\u0441\u0442\u0438\u043a\u0430 \u0444\u0430\u043a\u0443\u043b\u044c\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438 \u0442\u0443\u0433\u0430\u0442\u0433\u0430\u043d. 1984 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430\u043d \u0440\u0435\u0441\u043f\u0443\u0431\u043b\u0438\u043a\u0430 \u043c\u0438\u049b\u0451\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u043c\u0430\u0442\u0431\u0443\u043e\u0442 \u043d\u0430\u0448\u0440\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430 \u0442\u0443\u0440\u043b\u0438 \u043b\u0430\u0432\u043e\u0437\u0438\u043c\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430 \u0438\u0448\u043b\u0430\u0433\u0430\u043d. \u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430 2020 \u0439\u0438\u043b\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0441\u0435\u043d\u0442\u044f\u0431\u0440\u044c \u043e\u0439\u0438\u0434\u0430\u043d \u044d\u044a\u0442\u0438\u0431\u043e\u0440\u0430\u043d \u0431\u043e\u0448 \u043c\u0443\u04b3\u0430\u0440\u0440\u0438\u0440 \u045e\u0440\u0438\u043d\u0431\u043e\u0441\u0430\u0440\u0438 \u0432\u0430\u0437\u0438\u0444\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430 \u0444\u0430\u043e\u043b\u0438\u044f\u0442 \u044e\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/abdusami-haqberdiyev\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p | uzbunyodkor.uz","description":"Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p | uzbunyodkor.uz","og_description":"Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha","og_url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/","og_site_name":"uzbunyodkor.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","article_published_time":"2022-08-14T06:52:45+00:00","article_modified_time":"2023-03-10T18:11:11+00:00","og_image":[{"width":1772,"height":1179,"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/08\/perdabay-djaksimbaev-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Abdusami Haqberdiyev","Est. reading time":"3 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/"},"author":{"name":"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/ca3e2ea05d522b2f72074ca92d852838"},"headline":"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p","datePublished":"2022-08-14T06:52:45+00:00","dateModified":"2023-03-10T18:11:11+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/"},"wordCount":684,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"keywords":["\u201cQQ GORSEL PROEKT\u201d","zamonaviy arxitektura"],"articleSection":["Loyiha tashkilotlarida"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/","name":"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p | uzbunyodkor.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website"},"datePublished":"2022-08-14T06:52:45+00:00","dateModified":"2023-03-10T18:11:11+00:00","description":"Loyiha tashkilotlarining mehnatini shoir va yozuvchilarning ijodi bilan qiyoslasa arziydi. Chunki ularning har bir ishi izlanishlar, o\u2018z sohasi bo\u2018yicha","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/perdabay-djaksimbayev-loyihalarimizga-talabgorlar-kop\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Perdabay Djaksimbayev: loyihalarimizga talabgorlar ko\u2018p"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","name":"uzbunyodkor.uz","description":"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!","publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"alternateName":"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization","name":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","contentUrl":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","width":696,"height":696,"caption":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416"},"image":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/","https:\/\/t.me\/uzbunyodkor","https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/ca3e2ea05d522b2f72074ca92d852838","name":"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/312486d6ecaa92a90e1221ed94e2416e9f35254958c3ac786f1c97a95efad096?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/312486d6ecaa92a90e1221ed94e2416e9f35254958c3ac786f1c97a95efad096?s=96&d=mm&r=g","caption":"\u0410\u0431\u0434\u0443\u0441\u0430\u043c\u0438 \u04b2\u0430\u049b\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432"},"description":"\u0422\u043e\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442 \u0414\u0430\u0432\u043b\u0430\u0442 \u0443\u043d\u0438\u0432\u0435\u0440\u0441\u0438\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0436\u0443\u0440\u043d\u0430\u043b\u0438\u0441\u0442\u0438\u043a\u0430 \u0444\u0430\u043a\u0443\u043b\u044c\u0442\u0435\u0442\u0438\u043d\u0438 \u0442\u0443\u0433\u0430\u0442\u0433\u0430\u043d. 1984 \u0439\u0438\u043b\u0434\u0430\u043d \u0440\u0435\u0441\u043f\u0443\u0431\u043b\u0438\u043a\u0430 \u043c\u0438\u049b\u0451\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u043c\u0430\u0442\u0431\u0443\u043e\u0442 \u043d\u0430\u0448\u0440\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430 \u0442\u0443\u0440\u043b\u0438 \u043b\u0430\u0432\u043e\u0437\u0438\u043c\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430 \u0438\u0448\u043b\u0430\u0433\u0430\u043d. \u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430 2020 \u0439\u0438\u043b\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0441\u0435\u043d\u0442\u044f\u0431\u0440\u044c \u043e\u0439\u0438\u0434\u0430\u043d \u044d\u044a\u0442\u0438\u0431\u043e\u0440\u0430\u043d \u0431\u043e\u0448 \u043c\u0443\u04b3\u0430\u0440\u0440\u0438\u0440 \u045e\u0440\u0438\u043d\u0431\u043e\u0441\u0430\u0440\u0438 \u0432\u0430\u0437\u0438\u0444\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430 \u0444\u0430\u043e\u043b\u0438\u044f\u0442 \u044e\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u043a\u0435\u043b\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/abdusami-haqberdiyev\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3863","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/17"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3863"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3863\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3864,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3863\/revisions\/3864"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3854"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3863"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3863"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3863"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}