{"id":8591,"date":"2024-02-19T14:41:22","date_gmt":"2024-02-19T09:41:22","guid":{"rendered":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/"},"modified":"2024-02-19T15:57:30","modified_gmt":"2024-02-19T10:57:30","slug":"manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/","title":{"rendered":"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi"},"content":{"rendered":"<p>Bu yil mustaqillikka erishganimizning 33-yili ham boshlandi. Shu yillar mobaynida o\u2018z yo\u2018limizni, taraqqiyot yo\u2018nalishlarimizni bir qadar belgilab oldik. Dunyoda bir mamlakatning ma&#8217;nan borligini isbotlash uchun yetarli muddat. Shunday emasmi? Ammo ba&#8217;zi muammolar, kamchiliklar borki, ongimizda asrlardan buyon ilakishib yuradi. Bilasiz, so\u2018nggi vaqtda Toshkent ekologik muammolar qurshovida qoldi. Kimdir soni ortgan mashinalarni, kimdir keskin o\u2018sib borgan qurilishlarni, kimdir ishlab chiqarish jarayonidagi kamchiliklarni tanqid qilmoqda. Quyida to\u2018xtaladigan mavzumiz ham bu jarayonning bir bo\u2018lagi, desak adashmagan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>Xullas, gap chiqindilar haqida.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 avgustdagi PQ-278-sonli \u201cKo\u2018p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarorida bu yo\u2018nalishda bir qator muammolarga yechim berilgan edi.<\/p>\n<p>Avvalo, qarorda ko\u2018zda tutilgan yechim nuqtalarini havola qilamiz. 2024 yil 1 yanvardan boshlab:<\/p>\n<p>\u2013 ko\u2018p kvartirali uylarni boshqarish organlariga agrotexnik ishlov berishdan hosil bo\u2018ladigan chiqindilarni (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko\u2018p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo\u2018lgan maishiy chiqindilarni to\u2018plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig\u2018ishga ruxsat etiladi. Bunda:<\/p>\n<p>\u2013 mazkur chiqindilarni olib chiqib ketish bo\u2018yicha xizmatlar uchun to\u2018lov qattiq maishiy chiqindilarni to\u2018plash va olib chiqib ketish bo\u2018yicha xizmatlar uchun belgilangan majburiy to\u2018lovlarga qo\u2018shilgan holda yagona to\u2018lov sifatida undiriladi;<\/p>\n<p>\u2013 agrotexnik ishlov berishdan hosil bo\u2018ladigan chiqindilarni (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko\u2018p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo\u2018lgan chiqindilarni yig\u2018ish va maishiy chiqindilarni to\u2018plash punktlariga yoki kelishilgan maxsus joylarga yetkazish to\u2018liq ko\u2018p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi;<\/p>\n<p>\u2013 maishiy chiqindilarni to\u2018plash punktlarida yoki kelishilgan maxsus joylarda to\u2018plangan agrotexnik ishlov berishdan hosil bo\u2018ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko\u2018p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo\u2018lgan chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlar tomonidan ko\u2018p kvartirali uylarni boshqarish organlari bilan kelishilgan holda reja-grafik asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Mazkur qarorning e&#8217;tiborli jihati shundaki, endilikda ko\u2018p kvartirali uylar atrofida yig\u2018ilib qolgan shox-shabbalar, xazonlar va boshqa maishiy chiqindilar yangi oshirilgan tarifdagi 7 500 so\u2018mlik to\u2018lov ichida bo\u2018ladi. Biz jarayon haqida to\u2018liqroq ma&#8217;lumot olish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo\u2018jaligi vazirligining Ko\u2018p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatasiya tizimini muvofiqashtirish boshqarmasi boshlig\u2018i Obidjon Mo\u2018minov bilan bog\u2018langanimizda shunday javob berdi:<\/p>\n<p>\u2013 Aytish kerakki, ko\u2018p qavatli uylar atrofidagi xazonlar va maishiy chiqindilar masalasi ancha yillardan beri jiddiy muammo edi. BSKlar tashuv operatori bilan shartnoma qilishi, qilganda ham uning necha kunlab kechikish masalasi hamma uchun muammoligicha qolayotgandi. Vazirlik holatni chuqur o\u2018rganib, o\u2018z taklif va tashabbuslarini tayyorladi hamda ushbu qaror qabul qilinishiga munosib hissasini qo\u2018sha oldi. Buni Prezidentimizning sohaga bo\u2018lgan jiddiy e&#8217;tibori, deb bilaman. Endilikdagi masala qonunlarga rioya etilishini ta&#8217;minlashdan iborat. Bugungi kunda ishni tizimli tashkil etishga bor e&#8217;tiborimizni qaratyapmiz.<\/p>\n<p>Qaror kuchga kirganidan kelib chiqib, real vaziyatni o\u2018rganishga harakat qildik. Bu haqda Yunusobod tumanidagi \u201cFeniks ART Servis\u201d boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Artyom Sekinaev shunday dedi:<\/p>\n<p>\u2013 Avval ko\u2018p qavatli uylar atrofidagi xazonlar, chiqindilar uchun \u201cMaxsustrans\u201d DUK bilan shartnoma qilishga to\u2018g\u2018ri kelardi. Aynan shu tashuvlar uchun oyiga 10 mln so\u2018mdan ko\u2018proq to\u2018lovlarni amalga oshirardik. Ammo shundayam bu chiqindilar vaqtida olib ketilmas, ahvol iltimosdan yalinishgacha, tortishuvlargacha borib yetardi. Aslida, bu xarajatlar yuki ham yana aholining zimmasiga tushardi. Endilikda avvalgidek chiqindilarni yig\u2018ib beramiz. \u201cMaxsustrans\u201d vakillari esa maishiy chiqindilarning yangi tarifi ichida bu ishni bepul bajarishi kerak. Ammo bu ishni hali amalga oshirmadi. \u201cMashinamiz yetmaydi\u201d, \u201cImkonimiz yo\u2018q\u201d, kabi vajlar keltirishyapti. Vaziyat izga tushishini kutyapmiz.<\/p>\n<p>Yunusobod tumanidagi o\u2018rganishlarimiz fonida qaror hamon amalda ta&#8217;sirga ega bo\u2018lmaganini kuzatdik. Buni bir qancha boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari ham tasdiqladi. Jumladan, \u201cUstazoda qurilish\u201d boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Begimqul Berdiev ham vaziyat haqida o\u2018z mulohazasini bildirdi:<\/p>\n<p>\u2013 Prezidentimiz biz uchun ko\u2018p yengilliklar beryapti. Ayniqsa, 278-sonli qarordan juda ham xursand bo\u2018lgandik. Ammo bu qaror 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan bo\u2018lsa-da, hali amalda hech narsa o\u2018zgarmadi. \u201cMaxsustrans\u201d vakillari \u201cBiz faqat maishiy chiqindilarni tashiymiz, shox-shabbalarni olib ketish majburiyatimizga kirmaydi, bunday buyruq berilmagan\u201d, deb ko\u2018p qavatli uylar atrofidagi chiqindilarni olib ketishmayapti.<\/p>\n<p>Bu holat bo\u2018yicha \u201cMumtoz servis\u201d, \u201cKafolat ta&#8217;mir\u201d kabi yana bir qator boshqaruv servis kompaniyalari vakillari bilan ham gaplashdik. Ularning ham xafsalasi pir bo\u2018lgan. Qarorlar ijrosiga rioya qilinmayotganidan ranjishmoqda. Shox-shabbalarni olib ketish qarorda ko\u2018rsatilgan. Ammo \u201cMaxsustrans\u201d vakillari nima uchun \u201cShox-shabbalarni olib ketish vazifamiz emas, bizga buyruq bo\u2018lmadi\u201d, degan gapni qaysi mantiqqa ko\u2018ra ilgari surishmoqda, hayronmiz?! Biz bejizga Yunusobod tumanini o\u2018rganish ob&#8217;ekti sifatida tanlamadik. Chunki ko\u2018p qavatli uylarga xizmat ko\u2018rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari aynan shu hududda sinov tariqasida joriy qilingan.<\/p>\n<p>Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida \u201cMaxsustrans\u201d DUK korxonasi Matbuot kotibi Kozimjon Haydarov bilan suhbatlashdik:<\/p>\n<p>\u2013 Tarif oshirilishiga ko\u2018pchilik norozi bo\u2018lgan bo\u2018lishi mumkin. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. Avvalgi 4 500 so\u2018mlik tarif 2017 yilda begilangan. U paytda 1 litr dizel&#8217; yoqilg\u2018isi narxi 5 200 so\u2018m edi. Hozir esa 11 000 so\u2018m. Oxirgi 3 yil ichida katta iqtisodiy yuk bilan ishladik. Agar narxni bu yil ko\u2018tarmaganimizda faoliyatimiz ham so\u2018roq ostida qolardi. Siz aytayotgan aholi bilan ziddiyatli holatlar ko\u2018pincha mahallalarda sodir bo\u2018ladi. .Siz aytayotgan aholi bilan ziddiyatli holatlar ko\u2018pincha mahallalarda sodir bo\u2018ladi. Shu sabab kimdir qolib ketishi yoki mashina buzilishi oqibatida belgilangan vaqtga nisbatan uzilish bo\u2018ladi. Bu muammolar ko\u2018proq Sag\u2018bon ko\u2018chasi va Qo\u2018shtut mahallasi ko\u2018chalarida tez-tez sodir bo\u2018ladi. Chunki eski uylar bo\u2018lgani uchun ko\u2018chalar juda tor. Ammo navbatchi mashinalar qo\u2018yib, buni tez orada hal qilishga harakat qilamiz. Shuni ham aytish kerakki, odamlar ko\u2018chalarga chiqindilarni olib chiqib tashlaydi. Bu mumkin emas. Ekologiya va sanitariyaga jiddiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi. Ayniqsa, Nurafshon ko\u2018chasida bu vaziyat yomon ahvolda. Hamma ko\u2018chaga chiqindi yig\u2018ib tashlayveradi. Biz esa ayrim holatlarda bir kunda 7 martagacha ko\u2018chani tozalab chiqishga majbur bo\u2018lamiz. Bu mashinalarni ortiqcha band qilib qo\u2018yadi. Hozirda shahar bo\u2018ylab \u201cMaxsustrans\u201dning 439 ta avtomashinalari harakat qiladi. Yana yangi mashinalar xarid qilish rejamizda bor. Xudo xohlasa, aprel&#8217; oyida Ohangaronda chiqindini qayta ishlash poligoni ishga tushadi. Bu bilan ham chiqindilar ta&#8217;siridagi ekologik holat anchayin yaxshilanadi, ham iqtisodiy tomondan foydali. Yana shuni aytishim mumkinki, ko\u2018p qavatli uylar atrofidagi chiqindilarni tarif ichida tashishni hali o\u2018z zimmamizga olmadik. Bu borada Oliy Majlisga taklif kiritilgan. Natijasini kutyapmiz. Yaqin vaqt ichida barcha kamchiliklarimizni bartaraf etamiz.<\/p>\n<p>Biz masalaga bir yo\u2018la umumiy va xolis baho berish uchun mahallalardagi holatni ham o\u2018rgandik. Xususan, Yunusobod tumanining Otchopar mahallasi Obid Zokirov ko\u2018chasidagi holat bo\u2018yicha o\u2018rganish olib borganimizda, bu yerda ham uzilishlar va noroziliklar borligi ma&#8217;lum bo\u2018ldi. Jumladan, mahalla faollaridan biri Shuhratillo Islomov quyidagi mulohazalari bilan o\u2018rtoqlashdi:<\/p>\n<p>\u2013 Men chiqindilar bo\u2018yicha bir yillik to\u2018lovni oldindan qilib qo\u2018yaman. Yaqinda \u201cMaxsustrans\u201ddagilar chiqindilarni keyingi safar olib ketishini aytishdi. Vaholanki, men chiqindilarni maxsus baklarda saqlayman. Lekin nima uchun ham pul to\u2018lab, ham uyimda haftalab chiqindi saqlashim kerak? O\u2018zi qoida bo\u2018yicha haftasiga ikki marta kelishi kerak. Ammo ba&#8217;zan haftasiga bir marta ham kelmaydigan holatlar uchrab turadi. Ba&#8217;zi kunlari signal ham chalishmaydi, kelganini bilmay qolamiz.<\/p>\n<p>Shuhratillo akaning gaplariga mahalla nuroniysi Mirhosil Sobirov ham qo\u2018shimcha qildi:<\/p>\n<p>\u2013 Bolam, haftasiga bir marta muntazam kelib tursa ham rozimiz. Ammo shu ham ba&#8217;zan yo\u2018q. Falon soatda kelamiz, deb ketadi, ammo o\u2018sha vaqtda o\u2018zlari yo\u2018q, men shu yoshimda ko\u2018chada ularni poylab o\u2018tirishim kerakmi? Chidolmaganimdan ba&#8217;zi paytlari bolalarning mashinasiga chiqindilarni solib yuboraman. Boshqa ilojim yo\u2018q&#8230;<\/p>\n<p>Yuqorida Qo\u2018shtut mahallasida muammoli vaziyatlar bo\u2018lib turilishi aytildi. Shu bois, bu mahallaga ham o\u2018rganish uchun bordik. Darhaqiqat, ko\u2018chalar ancha tor, ammo kirib chiqish imkoniyati mavjud. Mahallada yashovchi Ergash Ahmadbekov yana bir muammoga diqqat qaratishimizni so\u2018radi:<\/p>\n<p>\u2013 Ko\u2018pchilik uyda o\u2018tiradi. Vaqtida kelishsa, muammo yo\u2018q. Narxlar yana oshibdi, lekin o\u2018zgarishni ko\u2018rmayapman. Qizig\u2018i, endi chiqindilar bo\u2018yicha to\u2018lov hisobi elektron tarzda hisoblanadi, deyilgandi. O\u2018tgan yili Sergelida yashaydigan o\u2018g\u2018limning oilasi meni hisobimga turib qolgan. Shu xato sabab o\u2018g\u2018lim ham, men ham to\u2018lov qilishimizga to\u2018g\u2018ri keldi. Bir necha bor bordim, ammo foydasi bo\u2018lmadi. Bu yil ham Bektemirda yashaydigan o\u2018g\u2018limning oilasini menga yuklab qo\u2018yishibdi. Mayli, nima ham qila olardik. Pulini olishadi, talab qilishadi, narxlarni ko\u2018tarishadi. Roziman. Faqat shunga yarasha sifatli va to\u2018g\u2018ri ishlashsa bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>TAKLIF VA MULOHAZALAR<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u04b2\u0430\u0440 \u0438\u043a\u043a\u0438 \u0442\u043e\u043c\u043e\u043d\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0444\u0438\u043a\u0440-\u043c\u0443\u043b\u043e\u04b3\u0430\u0437\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438\u0434\u0430\u043d \u043a\u0435\u043b\u0438\u0431 \u0447\u0438\u049b\u0438\u0431, \u043c\u0430\u0441\u0430\u043b\u0430\u0433\u0430 \u0442\u0430\u04b3\u043b\u0438\u043b\u0438\u0439-\u0442\u0430\u043d\u049b\u0438\u0434\u0438\u0439 \u0451\u043d\u0434\u0430\u0448\u0438\u0431 \u043a\u045e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437.<\/p>\n<p><strong>Birinchidan, \u201cMaxsustrans\u201d DUK vakillari Prezident qarorida ko\u2018rsatilgan vazifalarni bajarmasdan, uni o\u2018zidan soqit qilishga urinishi, 1 yanvardan kuchga kirgan qarorni shuncha vaqtdan beri turli bahonalar bilan bajarmay kelishi qonun va qarorlarga hurmatsizlik emasmi?<\/strong><\/p>\n<p><strong>Ikkinchidan, bu qaror faqatgina tariflarni ko\u2018tarib berishga xizmat qiladimi, xizmat ko\u2018rsatish sifatini oshirishga taalluqli emasmi?<\/strong> Vaziyatga bir taraflama, har kim o\u2018z prizmasida qarayversa, mamlakatdagi umumiy manfaatlarga putur yetmaydimi?<\/p>\n<p><strong>Uchinchidan<\/strong>, Toshkent shahridagi barcha mahallalarda 2 kunlik qat&#8217;iy rejimga qachondan boshlab o\u2018tiladi? Aslida rasman o\u2018tilgan bo\u2018lsa-da, amalda qachon o\u2018z ifodasini topadi?<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchidan<\/strong>, endilikda chiqindi va boshqa kommunal to\u2018lovlar integratsiya qilinishi ko\u2018zda tutilgan. Chiqindiga pul to\u2018lamasa, chirog\u2018i ham yonmaydi degani. Ammo chiqindilar vaqtida olib ketilmasligi uchun asosli jarima mavjudmi? To\u2018lovlar ustidan nazorat o\u2018rnatilgach, xizmatlar ustidan ham nazorat bo\u2018lishi kerak emasmi?<\/p>\n<p><strong>Beshinchidan,<\/strong> \u201cMaxsustrans\u201d DUK Toshkent shahar hokimiyati tarkibida xo\u2018jalik hisobida o\u2018tiradigan tashkilot sifatida ozgina bo\u2018lsa-da, tashabbuskor, tadbirkorlik ruhiga ega bo\u2018lishi kerak emasmi? Nega deganda, biz muammolarning katta qismi iqtisodiy tomonda ekanini inkor qilmayapmiz. Ammo qachongacha muammolarni davlatning, davlat byudjetining bo\u2018yniga ilib qo\u2018yaveramiz? Tadbirkorlik, izlanuvchanlik, pulni pulga uradigan moliyaviy mustaqil tashkilotlar qachon shakllanadi bizda? \u201cMaxsustrans\u201d o\u2018z hisobidagi yerdan, garaj hududlaridan unumli foydalanish yo\u2018llarini ko\u2018rishi vaqti kelmadimikin? Faqatgina yerlarni, garaj hududlarini ijaraga berish unumdorlikni \u201cnol\u201dga tushiradi.<\/p>\n<p><strong>Oltinchidan<\/strong>, Toshkentda qurilishlar salmog\u2018i keskin oshib bormoqda. Bunday sharoitda qurilish chiqindilari tarmog\u2018ida qayta ishlashni yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadga muvofiq bo\u2018ladi. Bunda, hududlardagi (Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi) 8 ta chiqindi klasterlari faoliyati chuqur o\u2018rganilib, tahlil qilinishi kerak. Shu asosda chiqindini qayta ishlashning \u201cToshkent modeli\u201dni ishlab chiqish ayni muddao bo\u2018lardi. Jiddiy qadamlar tashlanmasa, \u201cMaxsustrans\u201d faoliyatini tubdan isloh qilish<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>zyub<\/p>\n","protected":false},"author":34,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[89],"tags":[365],"class_list":{"0":"post-8591","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","6":"category-bunyodkorlik-uz","7":"tag-yangi-ozbekiston"},"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v20.11 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi | uzbunyodkor.uz<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"zyub\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi | uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"zyub\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"uzbunyodkor.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-02-19T09:41:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-02-19T10:57:30+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/arxiv-gazety-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"2048\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1105\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Adham Egamberdiyev\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/\"},\"author\":{\"name\":\"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/0e656a46b5d9c2ca5f4b64c093b24f05\"},\"headline\":\"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi\",\"datePublished\":\"2024-02-19T09:41:22+00:00\",\"dateModified\":\"2024-02-19T10:57:30+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/\"},\"wordCount\":1695,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"keywords\":[\"Yangi O\u2018zbekiston\"],\"articleSection\":[\"Bunyodkorlik\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/\",\"name\":\"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi | uzbunyodkor.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2024-02-19T09:41:22+00:00\",\"dateModified\":\"2024-02-19T10:57:30+00:00\",\"description\":\"zyub\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"name\":\"uzbunyodkor.uz\",\"description\":\"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\"},\"alternateName\":\"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization\",\"name\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"contentUrl\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png\",\"width\":696,\"height\":696,\"caption\":\"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori\",\"https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/\",\"https:\/\/t.me\/uzbunyodkor\",\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/0e656a46b5d9c2ca5f4b64c093b24f05\",\"name\":\"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/5dab041e2697c27ccdbb0f383fc7ffa8e65f2e989d886c1548bbbc2475f21424?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/5dab041e2697c27ccdbb0f383fc7ffa8e65f2e989d886c1548bbbc2475f21424?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432\"},\"url\":\"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/a-egamberdiev\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi | uzbunyodkor.uz","description":"zyub","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi | uzbunyodkor.uz","og_description":"zyub","og_url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/","og_site_name":"uzbunyodkor.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","article_published_time":"2024-02-19T09:41:22+00:00","article_modified_time":"2024-02-19T10:57:30+00:00","og_image":[{"width":2048,"height":1105,"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/arxiv-gazety-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Adham Egamberdiyev","Est. reading time":"8 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/"},"author":{"name":"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/0e656a46b5d9c2ca5f4b64c093b24f05"},"headline":"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi","datePublished":"2024-02-19T09:41:22+00:00","dateModified":"2024-02-19T10:57:30+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/"},"wordCount":1695,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"keywords":["Yangi O\u2018zbekiston"],"articleSection":["Bunyodkorlik"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/","name":"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi | uzbunyodkor.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website"},"datePublished":"2024-02-19T09:41:22+00:00","dateModified":"2024-02-19T10:57:30+00:00","description":"zyub","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/manfaatimiz-qonun-hujjatlaridan-ustunmi-yoxud-islohga-muhtoj-chiqindi-muammosi\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#website","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","name":"uzbunyodkor.uz","description":"\u041c\u0430\u043c\u043b\u0430\u043a\u0430\u0442\u0438\u043c\u0438\u0437 \u0432\u0430 \u0436\u0430\u04b3\u043e\u043d \u0430\u0440\u0445\u0438\u0442\u0435\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430 \u04b3\u0430\u043c\u0434\u0430 \u049b\u0443\u0440\u0438\u043b\u0438\u0448 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0431\u0430\u0440\u0447\u0430 \u044f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440\u0434\u0430\u043d \u0451\u0440\u0438\u0442\u0438\u0431 \u0431\u043e\u0440\u0430\u043c\u0438\u0437!","publisher":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization"},"alternateName":"\u201cO\u2018zbekiston bunyodkori\u201d \u0433\u0430\u0437\u0435\u0442\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0440\u0430\u0441\u043c\u0438\u0439 \u0441\u0430\u0439\u0442\u0438","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#organization","name":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","contentUrl":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/03\/logo-696x696-1.png","width":696,"height":696,"caption":"\u00ab\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u0438\u00bb \u041d\u0430\u0448\u0440\u0438\u0451\u0442 \u0443\u0439\u0438 \u041c\u0427\u0416"},"image":{"@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzbunyodkori","https:\/\/www.instagram.com\/uzbunyodkor\/","https:\/\/t.me\/uzbunyodkor","https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCp5VMG_zFb8NRmotBcbZa_Q"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/0e656a46b5d9c2ca5f4b64c093b24f05","name":"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/5dab041e2697c27ccdbb0f383fc7ffa8e65f2e989d886c1548bbbc2475f21424?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/5dab041e2697c27ccdbb0f383fc7ffa8e65f2e989d886c1548bbbc2475f21424?s=96&d=mm&r=g","caption":"\u0410\u0434\u04b3\u0430\u043c \u042d\u0433\u0430\u043c\u0431\u0435\u0440\u0434\u0438\u0435\u0432"},"url":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/author\/a-egamberdiev\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8591","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/34"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8591"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8591\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8592,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8591\/revisions\/8592"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8591"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8591"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzbunyodkor.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8591"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}