|

|

2026-уіӏ 17-May, Yakshanba
spot_img

XALQPARVAR SIYOSAT hammaga birdek manzur

Muhim xabarlar

XALQPARVAR SIYOSAT hammaga birdek manzur

Uy-joy qurilishi rekord darajada o‘sdi. 7 yilda 350 mingdan ortiq
xonadon tufayli uy-joy olish orzusida bo‘lgan 100 minglab oilalarning orzulari real voqelikka aylandi. Tasavvur hosil qilish uchun, 2009-2016 yillarda,
ya’ni 8 yil davomida o‘rtacha 8 700 ta xonadon foydalanishga topshirilgan
bo‘lsa, 2024 yilda 100 mingta xonadon uchun turar joylar quriladi va shuncha oila ko‘chib kiradi. Bu o‘z uyiga, baxt qo‘rg‘oniga erishgan oilalar soni oxirgi yillarda
11 martaga oshdi degani. Shu kecha kunduzda O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi va prognozlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2030 yilga borib 40 million kishiga yetishini hisobga olsak, ipoteka bozoridagi rekordlar har yili yangilanishi zarurligini
anglatadi. Geografiya fanlari doktori, professor, aholishu-noslik bo‘yicha ekspert Zulxumor Tojieva 20 yildan beri mamlakatimizdagi demografik jarayonlar bo‘yicha
tadqiqotlar olib boradi. Uning aytishicha, hududlarda demografik bosim kuchaygan. Ammo uni pasaytirish bo‘-yicha to‘g‘ri siyosat olib borilmoqda.
– Demografik rivojlanish tendensiyasiga e’tibor qaratsak, – dedi Zulxumor Tojieva. – Aholi soni o‘rtacha yiliga 750 ming kishiga ko‘payib boryapti. 2024 yil 968
mingta chaqaloq tug‘ilgani tarixiy raqam bo‘ldi. Tug‘ilish darajasining bunday yuqori ko‘rsatkich tashkil etishi bu-gungi kunda barcha viloyatlarning 57 foizi, aholisining
65 foizi aholi zichligi 150 kishi va undan ko‘p bo‘lgan hu-dudlarda joylashgan. Ayniqsa, shimoliy hududda aholi tobora zichlashib bormoqda. Shu bilan birga aholi ja-nubiy hududlardan markazga va sharqqa qarab zichlashib boryapti. Bu aholi o‘rtasida uy-joyga talabning yuqori ekanini ko‘rsatib, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash kerakligini bildiradi. Oldindan shu muammoni ko‘ra bilganimiz uchun bugun uning yechimini topishga harakat qilinyapti. Bu esa juda yaxshi, ijobiy va o‘z vaqtida qi-linayotgan ishlardan biri hisoblanadi. Shunday ekan,
bu ehtiyojni ta’minlab berish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat juda o‘rinli, deb o‘ylayman. 1989 yilda respublikamiz aholisini uy-joy
bilan ta’minlash 1 kishiga maydoni 11,8 kvadrat metr-dan to‘g‘ri kelgandi. 2022 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 18,2 kvadrat metrga to‘g‘ri kelyapti. Mazkur yillar oralig‘ini
oladigan bo‘lsak, aholining bir kishini uy-joy bilan ta’minlanish maydoni 1,5 barobarga oshdi, ammo mazkur davrda respublikamiz aholisining umumiy miqdori 2
barobarga ko‘paydi. Ekspert fikrida qayd etilganidek, minglab oila-larning mushkuli oson bo‘ldi. Bugun kaftdekkina bir hovlida uch-to‘rttagacha oilaning yashashi ishonchsizdek eshitilishi mumkin, ammo 5-6 yil burun bunday taqdir-ga ko‘nib yashayotganlar poytaxt Toshkentda ham anchagina edi. Shu boisdan, Shavkat Mirziyoev Prezident lavozi-miga kirishgan ilk pallalardanoq bu dolzarb masalani
alohida e’tiborga olib, odamlarni uy-joy bilan ta’-minlash choralarini kun tartibiga qo‘ydi.
– Har bir fuqaro, har bir oilaning kichik vatani bo‘lishi kerak, – dedi “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, senator Rustam Kalonov. – Ana
o‘shani barpo etish, xalqning bag‘riga shamol tegishi uchun Prezidentimiz juda katta urg‘u beryapti. O‘zbekiston-ning barcha hududlarida qurilishlar barobar ketmoqda.
Bunday ishlar ilgari hech bo‘lmagan. Bularning barchasi aslida mustahkam iroda bilan inson qadrini ko‘tarib, xalq farovonligi uchun qilinayotgan ishlar. Bularning
hammasi o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Prezidentimiz xalq-ning oldida qarzimiz ko‘p, bu qilayotganlarimiz hali kam degan va’dani bermoqda. Ipoteka bozoridagi dastlabki yirik masshtabdagi qurilish ishlariga 2017 yilda start berildi. O‘zbekis-ton Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jali-gi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
Kozim To‘laganov o‘sha kunlarni xuddi kechagidek eslaydi.
– 1997 yilda Toshkent shahrida 1 million kvadrat metr uy topshirilganda juda xursand bo‘lgandik. 2016 yilning oxirida Prezidentimiz 2017 yilda 192 ta 7 qavatli uy qurasizlar deganida boshimiz qotgandi. Sababi, texni-kalarimiz yetishmas, aholi og‘ir vaziyatga kelib qolgandi. Davlatimiz rahbari uzoqni ko‘rib, qurilish tashkilot-lariga ko‘rsatgan ko‘maklari tufayli 2016 yilda 2 014
ta tashkilot shakllangan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 47 mingtaga yetdi. O‘sha paytda qurilishni 7 qavatli uydan boshladik, keyinchalik 9 va 12-14 qavatli uylar qad rostlay boshladi. Orada 16-18 qavatli uylar ham bunyod bo‘ldi. Bugungi kunga kelib esa binolar 22-24 qavatga ko‘tarilib, qurilish tizimidagi barcha munosabatlar
yaxshilanib, anchagina oldinga qadam bosildi. Birgina Sergeli misolida aytiladigan bo‘lsa, Prezidentimiz topshirig‘i bilan 440 ta uylar qurildi. 5 ta maktab va
8 ta bolalar bog‘chalari, ijtimoiy soha ob’ektlari ham barpo etildi. 880 kilometr kommunikasiya tarmog‘i tor-tildi. Hozirgi kunda bu yerga kelgan odam azaldan sharo-it shunday bo‘lgan bo‘lsa kerak degan tasavvurda bo‘ladi. Prezidentimiz uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosat – aholini uy-joy bilan ta’minlash siyosatidir. Uning
zamirida katta masala – ijtimoiy masala turibdi. Ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asos-langan yangi tartibi odamlarning xarid imkoniyatini
kengaytirgan, ta’bir joiz bo‘lsa, qo‘lini uzun qilgan mexanizmga aylandi. Boshpanali bo‘lish borasidagi mashaqqatlar keskin qisqardi va hamyurtlarimizning
hayoti chin ma’noda o‘zgardi.
– Men o‘zim ham ko‘p yillar ijarama ijara yashagan-man, – dedi Zulhumor Tojieva. – U paytlarda ipoteka degan narsa bo‘lmagan. Hozir aytaman, ipoteka, subsidiya
degan tizimni joriy qilsa bo‘lar ekan-ku. Biz ham yosh oila edik, ilm yo‘lida harakat qilib yurdik. Preziden-timiz yosh oilalar va uy-joyga muhtoj bo‘lgan profes-sor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratil-gan qarorni qabul qildi. Bizning fakul’tetimizda o‘nga yaqin ijarada turadigan o‘qituvchilarimiz uy-joylarga
ega bo‘lishdi. Shularni ko‘rib juda xursand bo‘lgandim. Ular endi faqat mehnat qilishlari kerak bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 yilda yangi xonadonlar
xaridi uchun aholiga 4 trillion so‘mlik ipoteka kredit-lari rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 2023 yilda ajratil-gan mablag‘lar miqdori 17 trillion so‘mga teng bo‘ldi.
Ha, bunaqasi avval bo‘lmagan. Boshqacha aytganda, aholi farovonligini ta’minlash uchun davlat mablag‘ni ayamay-di. O‘zingiz tasavvur qiling, yangi xonadonlar oilalarga
qanchadan-qancha fayz-baraka olib keladi.
– Ipoteka bozori va uy-joy bilan bog‘liq masala-lar bu bir yoki ikki yilda hal qilinadigan masala emas. Bu uzoq muddatda rejalar asosida amalga oshiriladi-gan masalalar hisoblanadi, – dedi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Zohidjon Mahmudov. – “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga
ko‘ra, 2030 yilga qadar “Yangi O‘zbekiston” massivlari
sonini 100 taga yetkazish, shuningdek, 200 mingta oila-lar uchun uy-joylar qurish, bu albatta, uy-joyga bo‘lgan taklifni ham oshiradi. Iqtisodiy jihatdan taklifning
ortishi bu narx-navoning tushishi va ko‘proq uy-joy so-tib olish imkonini yaratadi. Hozir ko‘rilayotgan choralar narxni barqarorlashtirishga yoki pasayishiga ham olib
kelib, narxning o‘sishini pasaytiradi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img