|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

Yangi uy ishonchli qurilishi kerak

Muhim xabarlar

Bugungi kunda poytaxtimizda koʼplab
zamonaviy va shinam turarjoy majmualari
qad rostlamoqda. Har biri oʼziga xos
arxitektura
uslubiga ega bu inshootlar
nafaqat shahrimiz koʼrkigakoʼrk qoʼshmoqda,strong,
balki
ular tufayli yuzlabyurtdoshlarimiz
uy-joyli ham boʼlmoqda.

Аna shunday ishonchli va sifatli obʼektlardan biri – Yashnobod tumanida qad rostlayotgan “Sokin diyor” turar joy maj muasidir. “Shohsaroy uylari” qurilish kompaniyasiga tegishli ushbu loyiha doirasida 2026 yilda 1600 ta xonadon oʼz egalariga topshirilishi rejalashtirilgan. Majmua 16 qavatdan iborat boʼlib, inshoot qurilish ishlari uchun quruq va toshloq yer tanlab olingan. Shu sababli, loyiha barcha seysmik talablarga javob bera oladi. Qurilish sohasida 10 yillik ish tajriba va 250 xodimga ega kompaniya shu paytga qadar 3 ta loyihani toʼliq yakunlab, allaqachon yurtdoshlarimiz ishonchini qozonib ulgurdi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Chunki hozirga qadar Turkiya va Germaniya texnologiyalari asosida qurilgan 500 ga yaqin xonadonda yurtdoshlarimiz hayotidan minnatdor boʼlib yashayotgani fikrimizning isbotidir.
– Oila aʼzolarimiz bilan poytaxtdagi koʼplab yangi qurilayotgan uylarni koʼrdik, – dedi “Sokin diyor” turar joy majmuasidan uy xarid qilgan yurtdoshimiz Tursunoy Ashurxonova.
– Bu majmua bizga har taraflama maʼqul keldi. Nabiralarim uchun maktab-bogʼcha bir qadam, bozor va doʼkonlar yaqin. Universitetda oʼqiydigan nabiralarim uchun ham metro va avtobus bekatlari juda qulay ekan. Аyniqsa, nomiga mos ravishda tinch va sokin hududda ekanligi menga maʼqul. Majmua haqida, qurilish jarayonida ishlatilayotgan materiallar xususida toʼliqroq maʼlumot olish maqsadida mutaxassisga yuzlandik.
– “Sokin diyor” loyihamizda 1 xonadan 4 xonagacha uylar mavjud, – dedi kompaniyaning ishlab chiqarish boʼlimi muhandisi Erkin Roʼzmatov.
– Koʼp qavatli uylar fasadi monolit betondan quyilib, ichki boʼlinuvchi devorlar uchun gazoblokdan foydalaniladi. Loyiha oʼz ichiga 2 gektar yer maydonini qamrab oladi. Asosiy yer qismini yashil maydon va bino egallaydi. Bundan tashqari, rejada bolalar maydonchasi, avtoturargoh, bog’cha va do’konlar ham bor. Shuningdek, har bir bino uchun alohida isitish tizimi o’rnatiladi. Asosiy liftdan tashqari, og’ir yuklar uchun qo’shimcha lift ham mavjud. Ularda maxsus zaxira manbai bo’lib, elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelsa, 1-2 soat ishlab tura oladi. Eng muhimi, yangi qurilayotgan har bir uy sifatli bo’lishi shart. Biz yana shu shiorni o’zimizga dasturilamal qilib olganmiz. Biz qurgan barcha uylarda Rossiyaning A-500 markali armaturalari ishlatiladi. Uyning asosi monolit bo’lganligi uchun B-25 markali sementlardan foydalanamiz. Gazoblokni esa «Arton» firmasi yetkazib beradi. Sifat qay darajada yuqori bo’lsa, mijozlar ishonchi ham shu darajada mustahkam bo’ladi. Ushbu majmuaning yana bir muhim jihati, bino tomidan bemalol terassa sifatida foydalanish mumkin. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bino tomi markazi hoshiyasidan 1-1,5 metr pastda joylashgan boʼladi. Hoshiya devorlarida esa simli toʼsiq oʼrnatilishi koʼzda tutilgan. Yomgʼirli kunlarda tom suvga toʼlmasligi uchun maxsus suv yoʼllari ham oʼtkazilishi belgilangan. Bir soʼz bilan aytganda, bugungi kun talabiga toʼliq javob bera oladigan majmua sifatida qad rostlayotgan bu turar joylar kelgusida yurtdoshlarimiz uchun eng qadrli oshyonga aylanadi, degan umiddamiz.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img