|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Beshariqda tumanlararo perinatal markazi

Muhim xabarlar

Zaylobiddin Yigitaliyev
Zaylobiddin Yigitaliyev
Ayni paytda Rishton tumani “Rishton haqiqati” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelmoqda.

Mustaqillik bayrami arafasida Beshariq tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi negizida bir vaqtning o‘zida 145 nafar tug‘ruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko‘rsatadigan tumanlararo perinatal markaz foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda islohotlar barcha sohalarda, shu jumladan, tibbiyotda ham amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etib o‘tdilar. Zero, ona va bola salomatligini ta’minlash masalasi davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu ma’noda foydalanishga topshirilgan ushbu maskan bu borada muhim ahamiyatga ega. Markaz Beshariq, Furqat va O‘zbekiston tumanlarida yashovchi, yuqori malakali tibbiy xizmatga muhtoj homilador, tug‘uvchi ayollar va chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Tug‘ruq kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 750 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, muassasaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi hisobidan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, apparatura hamda jihozlar keltirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilning 1 iyulida viloyatning Qo‘qon shahri, Dang‘ara, Bag‘dod va Uchko‘prik tumanlarida yashovchi ayollar va chaqaloqlarga perinatal xizmat ko‘rsatuvchi Qo‘qon shahar perinatal markazi foydalanishga topshirilgan edi. Marg‘ilondagi tumanlararo perinatal markaz ham shu yilning oktabr oyida xizmat ko‘rsatishni ¬boshlaydi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img