|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlanmoqda.

Muhim xabarlar

Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.

Bugun, 8 noyabr kuni delegasiyalar Toshkentga kela boshlaydi. Prezidentimiz ularning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, bugunga Qirg‘iziston, Turkiya Prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Ertaga, 9 noyabr kuni oliy darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img