|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

Materiallardan foydalanish

Amaldagi qoidalar «www.uzbunyodkor.uz» sayti (keyingi o‘rinlarda – sayt)da, shuningdek, uning maxsus loyihalari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (keyingi o‘rinlarda – nashrning ijtimoiy tarmoqlari)da saytida e’lon qilingan matnli, grafik, video, audio va boshqa ko‘rinishdagi materiallardan foydalanish shartlari va tartibi (keyingi o‘rinlarda — shartlari)ni belgilab beradi. «www.uzbunyodkor.uz» («www.uzbunyodkor.uz») sayti «O‘zbekiston bunyodkori» gazetasining nashri hisoblanadi. Saytdan foydalanish shartlarga, shuningdek, ularga kiritiladigan o‘zgartish va to‘ldirishlarga roziligingizni bildiradi. Saytda va nashrning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilgan istalgan material mualliflik huquqi ob’ektidir. Saytning ko‘rsatib o‘tilgan materiallarga bo‘lgan huquqlari intellektual faoliyat natijasiga doir huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan himoya qilinadi.

Axborotni ko‘chirish

1.1. «www.uzbunyodkor.uz» saytidagi axborotni chop etish, ko‘chirish, ko‘paytirish, tarqatish va undan boshqa ko‘rinishda foydalanishga faqatgina tahririyatning yozma ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

1.2. So‘rovlar info@uzbunyodkor.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Fotosuratlar, illyustratsiyalar va videolardan foydalanish

2.1. Sayt va nashr ijtimoiy tarmoqlaridagi «www.uzbunyodkor.uz»  vatermarki (logotipi) tushirilgan grafik va videotasvirlardan tahririyatning oldindan berilgan yozma ruxsati bilangina foydalanish mumkin.

2.2. Agar ruxsat olingan bo‘lsa, surat yoki videoni e’lon qilish vaqtida muallifning ismi va familiyasi hamda sayt nomini ko‘rsatish shart. Fotosuratdagi vatermark saqlanib qolishi lozim.

2.3. Suratlar va videolarni o‘zgartirish, tahrirlash, ular asosida boshqa ishlar tayyorlash, soxtalashtirish, ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanish yoki boshqa ko‘rinishdagi modifikatsiyalar qilish taqiqlanadi.

2.4. «www.uzbunyodkor.uz» vatermarki (logotipi) qo‘yilmagan barcha tasvirlar ularning yonida ko‘rsatilgan huquq egalariga tegishli.

Iqtibos keltirish

Iqtibos keltirishda «www.uzbunyodkor.uz» iqtibos olingan tegishli sahifasiga giperhavola ko‘rsatish majburiy. Ayni vaqtda giperhavola materialning birinchi yoki ikkinchi xatboshisida berilishi kerak.

Tahririyat bilan muloqot

Tahririyat barcha foydalanuvchilar bilan xabar almashish va yozishmalarga kirishish imkoniga ega emas. U yoki bu materialdan foydalanish uchun ruxsat olish maqsadida yuborilgan so‘rovga tahririyat tomonidan 2 ish kuni davomida javob kelmasa, bu ruxsat so‘roviga rad javobi berilganini anglatadi.

So‘nggi xabarlar

spot_img