O‘zbekistonda qurilish sohasi so‘nggi yillarda tub islohotlar davrini boshdan kechirmoqda. Bunda nafaqat yangi inshootlar barpo etish, balki boshqaruv, loyihalash, nazorat va texnik me’yorlash jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish asosiy tamoyilga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, “Qurilishda texnik me’yorlash va sohan raqamlashtirishda erishilgan natijalar va istiqboldagi muhim vazifalar” mavzusidagi respublika seminari bugungi jarayonlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Seminarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, arxitektorlar, loyihachi-pudratchilar, sohada nazorat olib
boruvchi mutaxassislar, yirik loyiha mualliflari, ilmiy muassasa rahbarlari, xalqaro standartlarni joriy etayotgan ekspertlar qatnashdi. Tadbirni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov ochib, shunday dedi:

