|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

Go‘zal yurtim imoratlari poydevorining egasi

Muhim xabarlar

Rayhona Xo‘jayeva
Rayhona Xo‘jayeva
2003-2007-yillar davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr, 2009-yilda magistratura bosqichini tugatgan. Uning ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, qurilish-bunyodkorlik mavzularidagi maqolalari matbuot sahifalarida chop etilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Go‘zal yurtim imoratlari poydevorining egasi” mavzusida qurilish sohasi malakali ayol vakilalari bilan talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida vazirlik Markaziy apparati, Qurilish sohasida nazorat ins¬peksiyasi mas’ul xodimlari, institut o‘qituvchi va talaba qizlari ishtirok etdilar. Tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Kengash raisi Feruza Kasimova kirish so‘zi bilan ochib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, Qurilish vazirligining Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Gulshana Otabayeva so‘z olib, bugungi kunda ayollar jamiyatning barcha sohasida faol ekanligini ta’kidladi hamda bu sohaga endigina kirib kelayotgan yoshlarga kelgusida o‘z kasbining eng mahoratli mutaxassisi bo‘lish lozimligini uqtirdi.

Davra suhbatida talaba qizlar vazirlik Bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Zebuniso Yusupovadan malakali arxitektor bo‘lish, zafarga erishish sirlari va oilaga mas’uliyatni o‘rganishdi. Kotibiyat xodimi Nigora Abdugafarovadan esa ma’nan yetuk, hurmatga sazovor xodim bo‘lish, ayol-qizlarning jamoada o‘zini risoladagidek tutishi, ustozlarni hurmat qilish kabi tavsiyalarni tinglashdi. Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, ins¬peksiya Xotin-qizlar Kengashi raisi Gulbahor Mirzayevaning kasb mashaqqatlari, qanday xodim qadrli hisoblanadi, ishga qabul qilishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi kabi mavzulardagi fikrlari ham barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Davra suhbati savol-javoblar, fikr-mulohazalar almashinuvi va muhokamalar bilan qiziqarli o‘tdi.

 

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img