Mas’ullar nega sukut saqlamoqda?
Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumi qanday o‘tayotgani masalasiga to‘xtalish avvalida tan olib aytish kerakki, keyingi davrda hududda tuman va shaharlar
kesimida katta o‘zgarishlarga erishilmoqda. Ishlab chiqarish tarmoqlari ko‘payib, ko‘plab turar joylar qurilayotgani hamda boshqa tarmoqlarda ro‘y berayotgan
evrilishlar inson omilini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, viloyatda yangi rahbar faoliyat boshlagach qo‘lga kiritilayotgan natijalar
odamlarda ertangi kunga ishonchni yanada mus tahkamlamoqda. Biroq… Hokimlik tarkibidagi ayrim tashkilotlar rahbarlarining o‘z vazifalariga yetarli darajada mas’uliyat bilan yondashmasligi oqibatida fuqarolar e’tiroziga sabab bo‘layotgan holatlar ham yo‘q emas.

