Ayni paytda viloyatda 13 ming 427 kilometr uzunlikdagi avtomobil’ yo‘li bo‘lib, shundan 3 ming 824 kilometri ta’mirtalab holatda. Hozirda belgilangan manzillarda yo‘lni ta’mirlash ishlari davom e tmoqda.
2024 yilda 1520 kilometr masofadan iborat yo‘l, 9 ta ko‘prik ta’mirlanib, piyoda va avtomobillar uchun qulay sharoit yaratildi. Bu haqda viloyat avtomobil’ yo‘llari bosh
boshqarmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
– Umumiy foydalanishdagi avtomobil’ yo‘llarini qayta qurish, ta’mirlash va saqlash yo‘nalishida belgilangan ishlar yuz foizga bajarildi, – dedi bosh boshqarma muhandisi Nodirbek Komilov. – Shuningdek, 138 ta mahalladagi ichki yo‘llarni asfal’tlash orqali 75 ming nafardan ziyod aholiga qulaylik yaratildi va transportlarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.2024 йилда 1520 километр масофадан иборат йўл, 9 та кўприк таъмирланиб, пиёда ва автомобиллар учун қулай шароит яратилди. Бу ҳақда вилоят автомобиль йўллари бош
бошқармасида бўлиб ўтган матбуот анжуманида маълум қилинди.
– Умумий фойдаланишдаги автомобиль йўлларини қайта қуриш, таъмирлаш ва сақлаш йўналишида белгиланган ишлар юз фоизга бажарилди, – деди бош бошқарма муҳандиси Нодирбек Комилов. – Шунингдек, 138 та маҳалладаги ички йўлларни асфальтлаш орқали 75 минг нафардан зиёд аҳолига қулайлик яратилди ва транспортларнинг хавфсиз ҳаракатланиши таъминланди.



