Prezidentimizning 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2023
yil 25 dekabdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida viloyatlarning eng chekka hududlarida ham tub o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Buning natijsida aholining uzoq yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolari bartara etilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida ham aholiga munosib turmush sharoitini yaratish bo‘yicha ko‘plab xayrli ishlar bajarilyapti.
Natijada yo‘l, elektr energiyasi, tabiiy gaz, tibbiyot, xalq ta’limi, aholini
ish bilan ta’minlash, tomorqachilik va tadbirkorlikni rivojlantirish,
qo‘yingki, barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yasalmoqda. Jumladan, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Birgina 2024 yilning o‘zida tumandagi 5700 metr masofaga suv tarmog‘ini tortish, 2 ta suv qudug‘i va 1 ta suv tozalagich uskunasining o‘rnatilishi orqali 400 nafar aholi ilk
bor ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lsa, 650 nafar hamyurtlarimizga
xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilandi.


