Yurtimizda aholini uyli-joyli qilish tamoyili davlatimiz siyosatining
bosh maqsadlaridan hisoblanadi. Zero, uyi borning o‘yi yo‘q, deb bekorga aytishmagan. Qolaversa, uyi bor odam xotirjam yashaydi, to‘yu tantanalar qilsa arziydi.
Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi tantanalari arafasida Farg‘ona viloyatida ham qator ob’ektlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Yuzlab oilalarda uy
to‘ylari nishonlanib, minglab yurtdoshlarimiz qalbi quvonchga to‘ldi.

