O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yurtimizning barcha hududlarida ana shu massivlarni qurish ishlari avj pallaga kirgan.
Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Adilov Bulung‘ur tumanida bo‘lib, tuman hokimi, viloyatdagi soha mas’ullari bilan Olmazor mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar kelishib olindi.


