Qurilish vazirligida oilaga e’tibor g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida vazirlik xodimlarining farzandlari o‘rtasida “Dadajonim va onajonim hissa qo‘shgan qurilish” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda beg‘ubor qalb egalarining o‘y-fikrlari, orzulari, tafakkurlari qog‘ozlarda aks etdi. Tinchlik, tabiat, osmono‘par binolar, hayvonot va o‘simliklar olami kabi mavzularda bir-biridan ta’sirli obrazlarni tasvirlagan bolajonlar “ijod mahsullari”da bir olam soflik va go‘zallik mavjud.
Vazirlik tomonidan an’anaviy o‘tkaziladigan ushbu tadbirda ertamiz egalariga ajoyib sovg‘alar ulashildi.

