|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Yurt ishqida yonar qalb

Muhim xabarlar

Hamza Shukurov
Hamza Shukurov
2018 yildan buyon “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri safatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Mamlakatimizda boshlangan islohotlar har bir hudud qiyofasida, aholi turmush tarzida o‘z aksini topmoqda. Yurtimiz go‘zallashib, obod manzillar, ko‘rkam shahar va qishloqlar ko‘paymoqda. Qurilishlardagi yangicha yondashuv va bunyodkorlik soha xodimlariga jo‘shqinlik bag‘ishlayotganini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.

Keyingi besh yilda erishilgan yutuqlarning o‘zi har qanday kishini shoshirib qo‘ymoqda, dunyoga boshqacha nigoh tashlashga o‘rgatmoqda. Buning ustiga, “Yangi O‘zbekiston” degan muqaddas kalima kelajagimiz porloq ekanidan dalolat. Quruvchi bo‘lganim, shu ulug‘ maqsad yo‘lidagi sa’y-harakatlarda qatnashayotganim bois zamonaga shukronalar keltiraman.

1987 yilda Payariq tumanida tug‘ilganman. Maktabni tamomlab, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ta’lim oldim. So‘ng, ko‘p yillar quruvchi bo‘lib ishlagan otam – Zafar Shamsiyevning maslahati bilan shu sohani tanlaganimdan faxrlanaman. “Quruvchilik sharafli hunar, uning etagini tutsang, kam bo‘lmaysan”, degandi o‘shanda. Shundan buyon otamning ishini davom ettirib kelayapman. Tez orada “Mansur sifat qurilish”, “Bun­yodkor shijoat quruvchi” kabi MChJlarga asos solib, layoqatli yigit-qizlarni ishga taklif qildim.

Jamoamiz bilan birga kichik buyurtmalarni bajarib, el nazariga tushdik. Jamoani davr talabiga moslashtirish, tajribali va malakali kadrlarni tayyorlash, mashina-texnika parkini kengaytirish, yangiliklarni o‘zlashtirishdan sira charchamadik. Izlangan imkon topar ekan. Bugun to‘laqonli firma sifatida viloyatdagi qurilishlarda faol qatnash­yapmiz.

Jamoada Avazbek Toshev, Qahramon Xalilov, Zafar Salimov, Sohib Soliyev, Bahodir To‘xtayev singari bilimdon, mehnatkash, tajribali mutaxassislarning borligi astqatmoqda. 2021 yilda “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha ikkita 5 qavatli uy-joyni qurib, foydalanishga topshirdik. Paxtachi tumanida 17 kilometr masofaga o‘rta quvvatli elektr havo liniyasi tortdik, Urgutda suv ob’ektini ishga tushirdik, Pay­ariqda salomatlik yo‘laklarini barpo qildik.

2022 yil jamoamiz uchun omadli bo‘lyapti, viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniya­si tomonidan rejalashtirilgan ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi bo‘yicha tender savdosiga qo‘yilgan binolarning beshtasini yutib oldik. Shu kunlarda mazkur inshootlarda ishlar qizigan. Qo‘shrabotdagi 5-umumta’lim maktabi, 1-MTT, Pastdarg‘omdagi 88-o‘rta ta’lim maktabi, Samarqand tumanidagi 5-maktabda ta’mirlash yumushlarini sifatli bajarishga harakat qilyapmiz. Bundan tashqari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida katta rejalarga qo‘l o‘rganmiz. Joriy yilda Samarqand shahridagi qator yo‘llarni, SamDAQI xiyoboni, Sartepa maskani ko‘chalarining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishdek mas’uliyatli vazifa zimmamizga yuklatilgan.

Vatan ravnaqi, yurt ishqi shijoatga boshlaydi. Shunday tarix yaratilayotganidan, bunda jamoamizning ham hissasi borligidan faxrlanaman.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img