|

|

2026-уіӏ 5-Aprel, Yakshanba
spot_img

Arxitektura – qurilishning asosidir

Muhim xabarlar

Abdusami Haqberdiyev
Abdusami Haqberdiyev
Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1984 yildan respublika miqyosidagi matbuot nashrlarida turli lavozimlarda ishlagan. “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida 2020 yilning sentabr oyidan e’tiboran bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishda ham boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bir qancha bosqich mavjuddir. Shubhasiz, loyiha ishlab chiqish va uning ekspertizasi kabi jarayonlar qurilishning qismidir. Ta’kidlanganidek, har bir qurilish ishlari bevosita loyiha hujjatlari asosida olib boriladi. Demak, inshoot qurilishida dastavval loyiha-konstruktorlik ishlari olib boriladi va bino uchun loyiha tayyorlanadi. Bo‘lajak loyiha asosidagi binoga qo‘yiladigan talablar uzoq yillik foydalanishga yaroqlilik va xavf-xatar holatlaridan kafolatlanganligidir.

Sohalar ichida eng qadimiy va nafis sohalardan biri bu arxitekturadir. Arxitektura qurilish san’atining oliy darajasi, biroq har qanday qurilishni ham arxitekturaga tenglashtirish yoki o‘xshatish mumkin emas. Chunki qurilish juda keng qamrovli so‘z bo‘lib, arxitekturaga mos bo‘lmagan ayrim sohalarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, temir yo‘l qurilishi, yer osti quvurlari yoki shaxtalar qurilishi va hokazo. Demak, har qanday qurilish ham arxitektura bo‘lolmaydi, lekin har qanday arxitektura negizida avvalambor qurilish yotadi. Qurilishning arxitekturaga aylanishi uchun u yuqori darajadagi san’at namunasi yoki asari tarzida yaratilishi kerak. Arxitekturani inson amaliy faoliyatining boshqa turlaridan, shu jumladan, qurilishdan farqi shundaki, u foydalilik masalalaridan tashqari muayyan tarixiy, ijtimoiy-ma’naviy muhit, davr ehtiyojlarini qondiruvchi mafkuraviy va badiiy estetik vazifalarni ham bajaradi.

2016 yil tashkil topgan “Gold project serviCE” loyiha tashkiloti hozirda Jizzax viloyati hududidagi qurilgan bino-inshootlarning loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Aytish joizki, korxona tomonidan tayyorlanayotgan konstruksiya va loyihalar aholining ijtimoiy himoyasi, farovonligiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi ob’ektlari, Toshkent shahar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiya­tiga qarashli bino-inshootlar, shuning­dek, Sirdaryo va Samarqand viloyatidagi bir qancha xizmat ko‘rsatish ob’ektlari loyihalashtirilgan.

Korxonada 16 ta doimiy ishchi faoliyat olib bormoqda.

– O‘zim Jizzax politexnika institutining Bino va inshootlar qurish fakultetini tugatganman, – dedi korxona rahbari Islom To‘ychiyev. – Qurilish sohasidagi faoliyatim bevosita ushbu institutda o‘qigan davrim bilan bog‘liq. Mazkur oliy o‘quv yurtini tamomlab, ish faoliyatim davomida amaliyotimni oshirdim. Buning natijasida undan keyingi yillarda o‘zimning loyihalash ishlariga ixtisoslashgan korxonamni tashkil etdim. Hozirda korxonamiz bir qancha davlat va xususiy tashkilotlarning binolarini loyihalashtirib kelmoqda. Aytish kerakki, o‘z korxonamni tashkil etgunga qadar Jizzax viloyati Gaz ta’minoti boshqarmasi, shuningdek, “O‘zgazloyiha” tashkilotida fao­liyat yuritib, mazkur sohalarning qurilish-arxitektura yechimlariga qiziqishim ortdi. Shubhasiz, loyiha – qurilishning asosi. Asosiy faoliyatimiz bilvosita loyihalash tartiblari bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bu jarayonlarda chetlashib, qurilish ishlari bilan ham shug‘ullandik. Albatta, keyinchalik bevosita qurilish sohasida faoliyat boshlaganimdan so‘ng sohada bir qator ishlarni amalga oshirdik. Xususan, loyihalash ishlaridan tashqari Jizzax viloyatidagi “Xuaksin Sement” zavodida bir qancha qurilish ishlarini bajardik. Zavod ishchilari uchun yotoqxonalar, ofis va laboratoriyalar qurilishi ishlarida ishtirok etdik.

Jizzaxning olis o‘tmish tarixi xususida og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan rivoyatlar, arxeologik materiallar, turli yozma ma’lumotlar mavjud. Ularda Miloddan oldingi uch minginchi yilliklardan bu yerda odamlarning o‘troqlashish, yashash jarayonlari boshlanganini namoyon etuvchi Pishog‘ordan topilgan tosh devorlardagi rasmlar, petroglif yozuvlar ashyoviy dalillar hisoblanadi. Antik davr tarixchilari asarlarida bu o‘lka “So‘g‘d orti saklar o‘lkasi” nomi bilan yuritiladi. Bu o‘lkada yettita shahar bo‘lgani, ular orasida Zomin, Jizzax, Sabot, Nujkat, Novkat kabi qal’alar mavjudligi tilga olinadi. Keyingi davr muarrixlari asarlarida bu o‘lka Ustrushona, deb ataladi.

So‘nggi yillarning jo‘shqin islohotlari bilan Jizzaxda qayta qurish, bun­yodkorlik, uni milliy va zamonaviy shahar sifatida yangidan barpo etish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bunda viloyatdagi iqtisodiy yuksalish, ishlab chiqarishning taraqqiyoti muhim omil bo‘lyapti. Shahar ekologiyasini yaxshilash, uni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish borasida boshqa xayrli ishlar ham amalga oshirilmoqda. Shaharda yashil hudud, bog‘ va gulzorlar tashkil etib kelinyapti.

Ma’lumki, Jizzax shahri kichik tog‘ yonbag‘rida va unga tutash tekislikda joylashgan. Odatda, bunday joylarda barpo qilingan shaharlar nihoyatda obod va ko‘rkam bo‘ladi. Yuksaklik, past-balandliklar va tekisliklar bag‘rida shahar o‘ziga xos go‘zallik kasb etadi. Shahar bag‘ridan oqib o‘tgan daryo, kanal va soylar unga alohida fayz bag‘ishlaydi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img