Asriy orzu-armonlari ushalgan xalqning baxti va shodligi farzandlar qalbidagi buyuk shijoat, milliy g‘urur, iftixorda namoyon bo‘lmog‘i tayin. Bundan
32 yil muqaddam Hurriyat va ozodlik havosidan bahramand bo‘lgan xalqimiz ilk kunlardan boshlab Vatanni, ona yurtning shahar va qishloqlarini obod qilishga bel bog‘lab, bunyodkorlikni beqiyos jarayonga aylantirdi. Shu davrda amalga oshgan asrlarga mengzagulik ishlar hammamizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi. Va bu
jarayon butun jahonda e’tirof etilyapti.
Bugun yurtdoshlarimiz eng aziz, eng ulug‘ bayram Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi shukuhi bilan yashamoqda, mehnat qilmoqda. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi Qarorida milliy mustaqillik Vatanimizning
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas voqea ekaniga urg‘u berilgan. Darhaqiqat, o‘tgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qat’iyati bilan
milliy o‘zligimiz, tariximiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi.
Milliy mustaqillikning naqadar e’zozli, qanchalar aziz ekanini mustabid tuzum zahmatlarini ko‘rgan, uning og‘ir iztiroblarini boshidan o‘tkazgan, o‘z erki va ozodligini yillar davomida orzu qilganlar juda yaxshi biladi.
Istiqlol 130 yildan ko‘proq davr mobay-nida avval chorizm, so‘ngra qizil imperiya oyog‘i ostida toptalgan O‘zbekistonni nafaqat siyosiy va huquqiy jihatdan mustaqillikka olib chiqdi. Ayni chog‘da, mamlakat istiqlol sharofati bilan
buyuk ajdodlardan meros ma’naviy qadriyatlarini tiklashga, ularni asrlar chang-g‘uboridan poklashga, milliy til va madaniyatini, adabiyot va san’atini ravnaq toptirishga, millatning soxtalashtirilgan tarixini asl holida tiklashga mu-
vaffaq bo‘ldi. 1991 yilning 31 avgustida e’lon qilingan milliy mustaqillik mustabid tuzumning shu singari barcha kirdikorlariga so‘nggi nuqta qo‘ydi. mamla
katimiz o‘z milliy armiyasi va qurolli kuchlarini shakllantirib, hududlarini o‘zi qo‘riqlay oladigan darajaga yetdi. G‘oyat qisqa muddatlarda mamlakat
g‘alla va energetika mustaqilligiga erishdi. Yagona temir yo‘l tizimi barpo etildi. Avtomobilsozlik va neft’-gaz sanoati muttasil rivoj topdi. O‘nlab qo‘shma korxonalar O‘zbekistonning industrial potensialini namoyon etib, milliy sanoatning gurkirab o‘sishiga, mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirishga puxta zamin va poydevor bo‘ldi. O‘zbek xalqi qaddini rostladi, o‘z ozodligi, erkiga, o‘z ovozi, tiliga ega bo‘ldi. Bu yerda ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, Masofaviy elektron deklaratsiyalash posti,“aloa-markaz”, targetlash va xavflarni boshqarish bo‘limlari tashkil etilgan. Axborot tizimi xorijiy davlatlar, mamlakatimiz vazirlik va idoralari, tashqi iqtisodiy faoliyat vakillari, avia kompaniyalar ma’lumotlari bilan integratsiya qilingan. Ishni tashkil etishda tadbirkorlarning takliflari ham inobatga olingan. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi amaldagi zaxiraga nisbatan o‘n barobar katta hajmli zamonaviy serverlar, komp’yuter va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan. Bu aloqa kanallari tezligini 5 barobarga oshirish va rasmiylashtiruv vaqtini 2 barobarga qisqartirishni ta’minlaydi. Butun tizim kiberhujumlardan himoyalangan. Masofaviy elektron deklaratsiyalash postida dastlabki bosqichda Toshkent shahri tadbirkorlari masofadan turib yuboradigan bojxona yuk deklaratsiyalarini tezkorlik bilan rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik bu bilan respublikadagi barcha rasmiylashtiruv jarayonlarini qamrab
olish rejalashtirilgan. Targetlash va xavflarni boshqarish bo‘limi Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikda, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ochilgan. Bu yerda tezkor tuzilmalar tomonidan bojxonaning 50 ta, Jahon bojxona tashkilotining 3 ta axborot dasturi, 30 dan ortiq idoralar va xorijiy bojxonalarning ma’lumotlari tahlil qilinib, xavf-xatarlar baholanadi va barcha bojxona postlari faoliyati masofadan boshqariladi. Markaziy bojxona laboratoriyasi ham ekspertiza jarayonlarini qisqartirish va aniqligini oshirishga qaratilgan ilg‘or uskunalar bilan jihozlandi. Bir so‘z bilan aytganda, bojxona tizimining
zamon talablari darajasida faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Mustaqillik yillarida biz erishgan eng zalvorli muvaffaqiyatlarimizdan biri, shubhasiz, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi natijalarimizdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi yillarda bu yo‘nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida olib borilgan keng ko‘lamli is-
lohotlar o‘z samarasini bermoqda. Bunda barcha hududlarda qad ko‘targan zamonaviy shifo maskanlari, yurtimizning chekka qishloqlariyu ovullarida
yangitdan bunyod etilgan qishloq vrachlik punktlarining xalqimiz salomatligi yo‘lida yanada yaxshiroq faoliyat yuritishiga zamin yaratdi. Kuni kecha Prezidentimizning Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, turli sohalarda ishga tushirilayotgan yangi ob’ektlar bilan tanishishi chog‘ida yangi barpo etilgan ikkita yirik shifo maskani – Milliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar yuqoridagi fikrimizning yorqin namunasi bo‘la oladi. Davlatimiz rahbari 2020 yil noyabrda Milliy tibbiyot markazi qurilishini kelib ko‘rgan, bu yerda qanday imkoniyatlar bo‘lishi lozimligi haqida ko‘rsatmalar bergan edi. Muassasalardagi bugungi zamonaviy sharoit va ish tartibi shuning amaliy ijrosi, deyish mumkin.
Shifo maskani hududi to‘rt gektardan ortiq. Jami bir yarim ming kvadrat metr maydonga ega yettita bino barpo etilgan. Qurilish va jihozlashda xorijning ilg‘or tajribasiga tayanilgan. Shu bois arxitekturasi mukammal. Shoshilinch yordam, rea-
nimasiya, infeksiyali holatlar – barchasi inobatga olingan. Milliy tibbiyot markazi, boshqa shifoxonalardan farqli ravishda, universal bo‘ladi. Bu yerda jarrohlik, urologiya, transplantologiya, travmatologiya-ortopediya, ginekologiya, kardioxirurgiya, nefrologiya, kardiologiya, endokrinologiya, kardiorevmatologiya, stomatologiya va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Jami 169 turdagi mingtadan ko‘p ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan.



