|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Muhim xabarlar

O‘zbek-qirg‘iz xalqi azal-azaldan qon-qardoshdirlar. Ularning turmushi, maqsadi, ko‘zlagan manzili bitta! Bir maskanda kamol topib, yagona oiladek ahil-inoq bo‘lgan qardoshlarimiz bilan afsuski, ma’lum vaqt bordi-keldi
munosabatlari to‘xtab qoldi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi, hukumatimiz rahnamoligi ostida qulf osilgan eshiklar asta ochila boshladi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari mustahkamlanib, davlatlararo munosabatlar shakllana boshladi. Andijon viloyatida respublikamizni Qirg‘iziston davlati bilan bog‘lovchi ikkita postning qayta ish boshlashi bu boradagi
xayrli ishlarning yorqin ifodasidir. Endi “Mingtepa-Qorabog‘ish”, “Xonobod Bekobod” chegara o‘tkazish punktlari orqali qo‘shnichilik munosabatlari yanada mustahkamlanadigan bo‘ldi.
– Qirg‘iziston Respublikasining Bekobod qishlog‘ida voyaga yetganman,–dedi Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Sultonobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Oydinoy Sulaymonova. – Ota uyim bilan hozirgi uyimning orasi o‘n daqiqalik yo‘l. Biroq, qarindoshlarimni ko‘rish uchun “Do‘stlik” chegara punkti orqali harakatlanishimga to‘g‘ri kelgan. Buning
uchun ikki-uch soat vaqtim ketardi. Yangi postning ochilishi men kabi hamyurtlarimiz uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Bundan xursandman! Bundan 14 yil muqaddam faoliyatini to‘xtatgan “Xonobod-Bekobod” chegara o‘tkazish punkti aslida 1,3 gektardan iborat edi. Bu yerda olib borilgan bunyodkorlik ishlari natijasida uning maydoni 2,2 gektarga yetkazildi. Natijada, bir kunda 10 ming fuqaro hamda 300 tagacha avtotransport vositalari harakatini ta’minlash uchun sharoit yaratildi. – Jalaquduq tumanida istiqomat qilaman, – dedi Saidakbar Saidahmedov. – Qarindoshlarim qo‘shni davlatning Aravon tumanida yashaydilar. Hattoki, aloqalarimiz umuman to‘xtab qolgandi. Eng yomoni, ta’ziyalarga ham borolmay qolganmiz. Keyinchalik, Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini boshlagach, qarindoshchilik munosabatlarimiz davom etdi. “Mingtepa-Qorabog‘ish” punktining ochilishi esa kamida to‘rt soat vaqtimizni tejash imkonini beradi. Kundan-kunga ikki davlat munosabatlari shakllanib, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratilmoqda.
Ushbu maskanda bir kunda 4-5 ming nafar piyoda va 200 ta avtomobil’ harakati yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun manzilda ta’mirlash ishlari olib borilib, eng zamonaviy qulayliklar yaratildi. Xalqaro postlarning qayta ish boshlashi nafaqat ikki xalq o‘rtasidagi bordi-keldi aloqalarini, balki, hududlararo sayyohlik salohiyatini
oshirishga xam hizmat qildi. Zero, Andijon viloyatida eng ko‘p sayyohlar
oqimini qirg‘izistonlik qardoshlarimiz tashkil etadilar. 2022 yilda ularning soni 110 ming nafardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 114 ming nafarga yetishi ko‘zda tutilgan. Yangi manzillar, yangi imkoniyatlar bu kabi do‘stona aloqalarimizning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratdi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img