|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qizg‘in

Muhim xabarlar

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ko‘lamining yildan-yilga oshishi fuqarolarimizning ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, ularning hayot tarziga yengillik olib kirish, qulaylik yaratish uchun xizmat qilmoqda. Ayniqsa, joriy yilda aholini bir maromda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, sohani qayta isloh qilish yo‘lidagi harakatlaraholi roziligiga erishish bilan birga, tizim rivoji uchun ham muhim ahamiyat kasb
etdi.

Xususan, joriy yil boshidan buyon Surxondaryo viloyatining har bir mahallasi,
hatto eng chekka mahallalaridagi xonadonlarda ham gaz ta’minoti uzluksizligini
ta’minlash “Hududgaz Surxondaryo” filiali xodimlarining doimiy diqqat-markazida bo‘lib kelmoqda. Mas’ullar tomonidan sovuq ob-havoda gaz bosimi me’yoridan pasayishi kuzatilgan hududlar tuman va mahallalar kesimida tahlil qilib borilmoqda. Asosiy sabablar o‘rganilib, joriy yilda ularni bartaraf qilish choralariga alohida e’tibor qaratyapmiz. O‘tgan yili viloyatda 107 ming 389 nafar
iste’molchi tabiiy gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2023 yilda ularning soni 129 mingga yetdi. Demak, tabiiy gazga bo‘lgan talab va ehtiyoj ortdi. Ularga “zangori yoqilg‘i”ni bir maromda va xavfsiz yetkazish maqsadida gaz tarmoqlari hamda gaz taqsimlash punktlarining sozligi nazoratdan o‘tkazilib, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Xususan, joriy yilda viloyat bo‘yicha 7,5 kilometr gaz quvurlari mukammal ta’mirlanib, pirovardida ushbu hududlarda yashovchi aholi xonadonlarida gaz bosimi bir me’yorga keldi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img