Yurtimizda tabiiy hududlarni saqlab qolish, ularni qayta tiklash, ekologik muhitni yaxshilash, o‘simlik dunyosini, yashil maydonlarni ko‘paytirish va rivojlantirishgaqaratilgan qator choratadbirlar muntazam amalga oshirib kelinmoqda.
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi hayotga tatbiq etildi. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga muddatsiz davrga moratoriy e’lon qilindi hamda ularni noqonuniy kesgan-
lik yuzasidan ta’sirchan choralar belgilandi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup daraxt ekish nazarda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2022 yilda jami 202,7 million tup daraxt ko‘chatlari
ekilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich joriy yil bahor mavsumida 127,7 million tupni
tashkil etgan. Ko‘chat ekish ishlari viloyat, tuman, mahallalar, ta’lim muassasalari, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlangan manzilli dasturlar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Butun mamlakat bo‘ylab yashil maydonlar hajmini 30 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ekologiya sohasida ham qator maqsad-vazifalar aks etgan. Endilikda sohadagi sa’y-harakatlar ushbu Strategiyada belgilangan vazifalar doirasida yanada izchil davom ettiriladi.
Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi Ravshan Begmatov O‘zA muxbiri Muhtarama Komilovaga quyidagilarni ta’kidladi:
– Ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlar ko‘lamini kengaytirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylangan. “O‘zbekiston
– 2030” strategiyasida ham ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha alohida
bandda qator vazifalar o‘z aksini topdi. Endilikda daraxt ekish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida ekilgan har bir niholni parvarish qilish va
sug‘orish tizimi yaratiladi. Strategiyada ko‘rsatilgan vazifalarga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 444 ta yashil bog‘lar barpo etiladi. Buning uchun barcha davlat idoralari, korxonalar, ta’lim muassasalarining hududida “yashil bog‘lar” tashkil qilinadi. Ayniqsa, yirik sanoat korxonalari jonbozlik ko‘rsatishi nazarda tutilgan. Ya’ni, 112 ta yirik sanoat korxonasi uch yil davomida 30 million
tup ko‘chatdan iborat “yashil belbog‘”lar barpo etishi belgilangan.


