|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

Aholini uy-joy bilan ta’minlash dolzarb masala sifatida belgilandi

Muhim xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF–158 sonli Farmonibilan 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, suv resurslarini
tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagidavlat boshqaruvini tashkil etish, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangansiyosatni izchil davom ettirish kabi dolzarb vazifalar belgilangan.

Xususan, “O‘zbekiston–2030” strategiyasining 60-maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizasiya strategiyasini amalga oshirish, aholini
arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish vazifasi ko‘zda tutilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan bugungi kunda bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi PF-51-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023 yilda oldingi yillarda barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining bo‘sh turgan yer uchastkalari va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda quriladigan uylarning Manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 90 923 ta xonadondan iborat 2012 ta, jumladan, 14 ta hududdagi 38 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 30 639 ta xonadondan iborat 837 ta uy, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda esa tadbirkorlar tomonidan 60 284 ta xonadondan iborat 1 175 ta uy qurilishi belgilangan. Hozirda respublikamizdagi 38 ta “Yangi O‘zbekiston”
massivlarining qurish loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lsa, mazkur massivlardagi 784 ta uyni qurish bo‘yicha talabgor tadbirkorlar aniqlangan. Mazkur uylarning
loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda ekspertiza xulosalari olingan hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda
qadar massivlardagi 5 743 ta xonadondan iborat 206 ta uy foydalanishga topshirilgan. Jumladan, Qoraqal-pog‘iston Respublikasida 2 ta, Toshkent viloyatida 4 ta, Toshkent shahrida 12 ta, Andijon viloyatida 8 ta, Buxoro
viloyatida 17 ta, Jizzax viloyatida 2 ta, Qashqadaryo viloyatida 32 ta, Navoiy viloyatida 16 ta, Namangan viloyatida 10 ta, Samarqand viloyatida 13 ta, Surxondaryo viloyatida 45 ta, Sirdaryo viloyatida 9 ta, Farg‘ona viloyatida 10 ta, Xorazm viloyatida 26 ta uy foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, dasturga asosan uy-joyga talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan quriladigan 60 284 ta kvartiradan iborat 1 175 ta uylardan 53 721 tasida yoki 1 054 ta uylarda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan. Bugungi kunda mazkur uylarning 15 736 ta kvartiradan iborat 330 tasi foydalanishga topshirilgan. Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun muhim bo‘lgan tashqi muhandislik-kommunikasiya tar-
moqlari bilan ta’minlash ishlari ham uy-joylar qurilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda. Xususan, massivlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha
reja 77 foiz (153,6 kilometr)ga, ichimlik suvi inshootlari qurilishi 82 foizga, oqova suv tarmoqlarini tortish 68 foiz (142,5 kilometr)ga, suv inshootlari quri-
lishi 33 foizga, markaziy issiqlik ta’minoti tizimi tarmoqlarini tortish 56 foiz (48,3 kilometr)ga, qozonxonalar qurilishi ishlari 96 foiz (39 ta)ga bajarilgan.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img