|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

SOHA VAKILLARI BILAN UChRAShUVLAR

Muhim xabarlar

Nurafshon shahridagi “Nurafshon biznes siti” markazida “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi tahririyati xodimlari bilan qurilish sohasi vakillarining ijodiy uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyatida qurilish, uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar, loyiha va qurilish-pudrattashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Nashr bosh muharriri Dilshod Jalolov gazetada berib borilayotgan dolzarb mavzudagi maqolalar, qurilish va kommunal xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar, tizimga doir farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar hamda ShNQlarning muntazam chop etilayotgani haqida batafsil ma’lumot berdi. – Har bir tashkilotning ommaviy
axborot vositasi bilan doimiy aloqa o‘rnatishi bugunning talabidir, – dedi
tadbirda ishtirok etgan Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Po‘latov. – O‘z ishini mukammal bajarishni istagan mutaxassis bugungi kun bilan hamnafas yashashi, sohasi bo‘yicha dolzarb mavzulardan boxabar bo‘lishi, kasbiga oid har qanday yangilikni tez va oson olishi lozim. Bunda bizga sohaning yagona gazetasi – “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi eng yaqin ko‘makchi. Sevimli nashrimiz qurilish va kommunal sohadagi yangiliklar, normativ hujjatlar, qaroru farmonlar matnlari bilan tanishish uchun ishonchli manbaa sifatida qadrlidir. Shuningdek, ijodiy uchrashuv davomida ishtirokchilarning gazetamiz haqidagi fikr-mulohazalariga ham quloq tutdik. – Gazeta bilan tanishib, o‘zimiz uchun kerakli ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘ldik, – dedi “Toshkent HETK” AJ texnik
muhandisi Jasur Sadikov. – To‘g‘risini aytsam, gazetalarda faqat taniqli inson-
lar haqida yoziladi, deb o‘ylar ekanmiz. “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida qurilish va kommunal sohada faoliyat yuritib kelayotgan o‘zimiz kabi ishchi-xodimlar
haqida yozilgan maqolalarni ko‘rib, quvondik. Bizning jamoada ham yillar davomida halol mehnat qilib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan malakali xodimlar ko‘p. Kelgusida tahririyat bilan hamkorlik qilib, ana shunday qahramonlarimiz
haqidagi maqolalarni gazeta sahifalarida o‘qishni niyat qildik.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img