|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Qarshi tumanida turizm dam olish markazi ish boshladi

Muhim xabarlar

Yaqinda Qarshi tumanining Quyi Beshkent mahallasida “Okean” turizmdam
olish maskanining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.

Mazkur eko turizm loyihasi “Oktam’s Fish” MJCh tomonidan ishga tushirilib, uning qiymati 2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Katta sig‘imga ega ushbu turistik majmua 1 gektarga yaqin maydonni o‘z ichiga oladi va unga 100 metr chuqurlikdan 4 ta artezian quduqda suv chiqariladi. Dam olish maskanida sayyohlar uchun sun’iy sharshara, voleybol, mini futbol, suv havzasi, ovqatlanish shoxobchalari hamda kafe­barlar ishlab turibdi. Loyiha ishga tushishi bilan bu yerda 15 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Ma’lumot uchun, “Oktam’s Fish” MJCh 2018 yildan buyon faoliyat yuritib, bugungi kunda korxonada 12 ta sun’iy havzada intensiv usulda 3­4 tonnaga yaqin baliq yetishtiriladi. Shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish viloyatga xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirishni taqozo etadi. Shu maqsadda, hududlarda yangi turistik maskanlar ham tashkil etilmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img