|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Ko‘hna vohaning obod manzillari

Muhim xabarlar

Xorazm tomonga yo‘lga chiqqan poytaxtlik yoki xorijlik mehmonlar ming kilometrlar yo‘l bosgach, bu qadim zaminga qadam qo‘yadi. Yo‘l uzoq. Yo‘lovchilar Buxoroi sharifdan o‘tgandan keyin cheksiz qumliklarga duch keladi. Go‘yo ularning nazarida bu qumliklarning adog‘i yo‘qdek. Xorazm degani faqat qumliklardan iborat ekanda, deb o‘ylashingiz ham tabiiy. 6-7 soatlar qum kechib yashillikka burkangan zamin – Xorazmga kirib kelasiz. Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa – bu tumanlardan o‘tib, nihoyat Urganch shahridasiz Bugungi kunda hatto dunyo sayyohlarini ham lol qoldirayotgan, kundan kun go‘zallashib borayotgan qadim vohaning shaharu qishloqlarini ko‘rib bir hayratingizga o‘n hayrat qo‘shilishi tabiiy. Haqiqatan ham, keyingi 56 yilda Xorazm viloyati hududlari qiyofasi tubdan o‘zgardi. Ham- ma joyda keng ko‘lamda olib borilayotgan bunyodkorliklar, “Yangi O‘zbekiston” massivlarining barpo etilishi, ularda qad rostlayotgan ko‘p qavatli osmono‘par binolar ko‘rganning ko‘zini quvontiradi. Bir so‘z bilan aytganda, vohadagi bu o‘zgarishlardan, bunyodkorlik ishlaridan eldoshlarimiz ham xursand. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini munosib qarshilayotgan xorazmlik quruvchilar hozirdanoq tayyor bo‘lgan turar joy va boshqa ob’ektlarni foydalanishga topshirishga kirishishdi. Bu esa ulardan bayramga munosib sovg‘a bo‘lmoqda. Qolgan ob’ektlarda esa ishlar jadal davom ettirilmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img