|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Jizzax – O‘zbekistonning katta qurilish maydoniga aylanmoqda

Muhim xabarlar

Bayram arafasida bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar Jizzax viloyatda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdilar. Ilk tanishuv Prezidentimizning 2022 yil 30 dekabrdagi “2023 – 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Jizzax shahrining “Oqqo‘rg‘onlik” mahalla fuqarolar yig‘i- ni hududida qad rostlagan tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tdi. – Ushbu loyihaning qiymati 72 milliard 157 million so‘mni tashkil etib, quvvati 270 o‘ringa mo‘ljallangan va 8 ta jarrohlik xonasi mavjud, – dedi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK loyihalarni boshqarish qurilishtexnik kuzatish bo‘limi bosh mutaxassisi Akbar Subhonov O‘zA muxbiri Abdujalol Qayumovga. – Shu kungacha ob’ektda pudratchi “Agro Kvant” MChJ tomonidan yer va poydevor, kolonnarigel’ va plita o‘rnatish, binoning ichki to‘siq devorlari, tom qismi, issiqlik tizimi, elektr, aloqa va boshqa kabel montaj, fasadga granit kafel montaj fasadga granit kafel montaj qilish ishlari 100 foizga, ichki pardozlash ishlari 95 foizga bajarilgan. Ushbu tibbiyot birlashmasi hududida quvvati 100 qatnovga va 75 o‘rinli yotoq o‘rni mavjud bo‘lgan viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi pudratchi “Mukammal Qurilish Savdo” MChJ tomonidan bunyod etilib, foydalanishga topshirish uchun shay holga keltirilgan. Shundan so‘ng, shahardagi “Sangzor” MFY hududida qurilish ishlari qizg‘in borayotgan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining 2500 o‘rinli o‘quv binosi va 600 o‘rinli talabalar turar joyidagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Pudratchi “Diamond” XK tomonidan “Qishloqqurilish loyiha” MChJ loyihasi asosida barpo etilayotgan 7 qavatli o‘quv binosida qurilishmontaj ishlari jadal olib borilmoqda. Pudratchi “Sifat plyus qurilish” MChJ quruvchimuhandislari tomonidan 7 qavatli talabalar turar joy binosi qurilishini amalga oshirmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img