8 sentyabrdan poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti bosqichma-bosqich to‘xtatilib, bosimi pasaytiriladi.
Toshkentda suv quvurlari va tarmoqlarida profilaktika ishlari hamda zimgi mavsumga tayyorgarlik munosabati bilan ichimlik suvi bosimi pasayishi yoki vaqtincha o‘chirilishi rejalashtirilgan.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» ma’lumotiga ko‘ra, bir kunlik uzilishlar 8 sentyabrdan 10 oktyabrgacha poytaxt tumanlarida amalga oshiriladi.
Suv uzilishi yoki bosim pasayishi jadvali bilan tanishish mumkin. Suv bo‘lmagan joylarga avtosisternalar yuboriladi.
Ma’lumot uchun telefon raqamlar:
- Markaziy dispetcherlik xizmati: 71 256-10-95, 71 252-60-08; 1054
- Mirzo-Ulug‘bek tumani: 71 266-39-53
- Olmazor tumani: 71 246-99-57
- Uchtepa tumani: 71 274-83-45
- Yashnobod tumani: 71 293-44-32
- Yunusobod tumani: 71 235-25-64
- Sergeli tumani: 71 258-96-32

