|

|

2026-уіӏ 5-Aprel, Yakshanba
spot_img

Qutlug‘ 60 yoshingiz muborak bo‘lsin!

Muhim xabarlar

Qadrli Dilshod Xamitovich!

Sizni, bugungi tavallud kuningiz bilan tahririyat jamoasi nomidan tabriklaymiz. Har doim xuddi hozirgidek faol, shijоatli va samimiy inson bo‘lib yurishingizni tilaymiz. Hamisha yaqinlaringiz, hamkasblaringiz, do‘stu birodarlaringiz hurmatiga sazovor bo‘lib yuring. Sizga mustahkam sog‘liq, ijodiy barkamollik va baxt-saodat egasi bo‘lishingizni tilab qolamiz.
60 yosh inson umrining eng yetuklik davri Siz ham faoliyatingiz davomida o‘z kasbiga mas’uliyatli xodim sifatida jamoadoshlar, hamkasblar, ustozu shogirdlar ehtiromiga sazovor bo‘lib kelmoqdasiz.
1986 yildan buyon ommaviy axborot vositalarida ishlab, ko‘plab dolzarb mavzularda qalam tebratib kelyapsiz. Shu yillar davomida yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi mavzularda yozgan maqolalaringiz, yosh kadrlarga o‘rgatayotgan ish tajribangiz tahsinga sazovor. Xususan, “Yosh leninchi” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasi, “Toshkent oqshomi”“Vecherniy Tashkent”, “Hayot va iqtisod” “Jizn i ekonomika” jurnalida turli vazifalarda, “Mulkdor” iqtisodiy gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, “Birja” iqtisodiy gazetasi bosh muharriri, “Birja–Reklama” MCHJ Bosh direktori o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari, “SPECTRUM MEDIA GROUP” Nashriyot uyi MCHJ muharriri sifatida faoliyat yuritib, nafaqat mamlakatimiz taraqqiyoti, balki jurnalistika sohasi rivojiga ham munosib hissa qo‘shgansiz.
2016 yildan buyon “O‘zbekiston bunyodkori” Nashriyot uyi Bosh direktori“O‘zbekiston bunyodkori” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi bosh muharriri sifatida yurtimizda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik sohalarini yoritib, tahririyat jamoasiga bosh bo‘lib kelayotganingizdan mamnunmiz.

Hurmatli Dilshod Djalalov Xamitovich!
Baxtu saodat va mazmunga to‘la o‘tgan 60 yil sizga yana bir bor qutlug‘ bo‘lsin. Alloh qolgan umringizni ham ziyoda qilib, faqat ezgu ishlarga undasin. Umringiz uzoq, baxtingiz butun, sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘lsin.
Xonadoningizda har doim tinchlik, osoyishtalik va farovonlik hukmron bo‘lsin.

Hurmat bilan Tahririyat jamoasi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img