|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Majburiy badal to‘lovlari nimalarga sarflanmoqda?

Muhim xabarlar

Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 1 805 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularga 31 ta boshqaruv servis kompaniyasi va 1 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi nazorati ostida Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 2024 yilning 6 oyi mobaynida aholidan yig‘ilgan majburiy badal to‘lovlari hisobidan 52 ta ko‘p qavatli uyning tom qismida joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan. 166 ta kirish yo‘laklari ta’mirdan chiqarilib, temir eshiklar o‘natilgan. Uylarning elektr taqsimlovchi shitlari, yerto‘la qismidagi oqova suv muhandislik tarmoqlari, 31 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlanib, 205 ta energiya tejamkor sensor lampalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Qolaversa, 4 ta ko‘p qavatli uyning piyodalar yo‘laklari beton bilan qoplandi. Shuningdek, Davlat dasturiga asosan, byudjet mablag‘lari hisobidan 24 ta ko‘p qavatli uyning tom qismini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img