|

|

2026-уіӏ 10-May, Yakshanba
spot_img

Mustaqillik mavzusida ma’rifat soati

Muhim xabarlar

Rayhona Xo‘jayeva
Rayhona Xo‘jayeva
2003-2007-yillar davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr, 2009-yilda magistratura bosqichini tugatgan. Uning ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, qurilish-bunyodkorlik mavzularidagi maqolalari matbuot sahifalarida chop etilib kelinmoqda.

Qurilish vazirligida “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz ne’mat” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish institutining Falsafa va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi mudiri Nizomiddin Berdialiyev ishtirok etib, mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan tub islohotlar, iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi ijobiy o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan marralar haqida ma’ruza qildi.

Keng qamrovli va tahlillarga boy ma’ruza tadbirda ishtirok etgan vazirlik markaziy apparati xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

– Mustaqillik eng ulug‘ ne’mat, – dedi vazirlik devonxonasi kichik mutaxassisi Elmira Baymuratova. – Ma’ruzani tinglab, bu tuyg‘uning qamrovi qanchalik kengligini yana bir karra his qildik. Mustaqillik tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni yaratildi. Istiqlol tufayli bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘z kasbimiz orqali hissa qo‘shish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img