|

|

2026-уіӏ 17-May, Yakshanba
spot_img

SHAMOL ELEKTR STANSIYALARI QURILISHI DAVOM ETMOQDA

Muhim xabarlar

Prezidentimiz topshirig‘i bilan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Shamol elektr stansiyasini tashkil etish” loyihasining qurilish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.

Amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘is ton Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev, respublika faollari, nuroniylar qurilish ob’ektida bo‘lishdi. Shamol elektr stansiyasining “Nukus1” loyihasi Qorao‘zak tumani “Qoybaq” OFY hududida olib borilmoqda. Umumiy qiymati 107 million AQSh dollari, quvvati 100 MgVT bo‘lgan loyiha doirasida har birining quvvati 6,5 MgVT bo‘lgan 16 ta shamol turbinasi generatori barpo etilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 3 ta turbina to‘liq qurib bitkazilgan, shuningdek, 1 ta turbina qurilishi yaqin kunlarda yakunlanadi. Asosiysi, loyihani amalga oshirishda 150 dan ortiq mahalliy fuqaro bandligi ta’minlangan. “Nukus1” loyihasi to‘liq ishga tushishi natijasida har yili 350 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. O‘rtacha 100 million kub tabiiy gaz sarfi tejalib, havoga 180 ming tonna karbonat angidrid tarqalishi kamayadi. Bundan tashqari, “Qoybaq” OFY hududida umumiy qiymati 220 million AQSh dollarilik yana bir “Nukus2” loyihasi ham amalga oshirilib, 26 ta shamol turbinasi generatori quriladi. Qurilish ishlarida 200 dan ortiq mahalliy fuqaroning bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng har yili 794 million kilovatt/soat elektr ener giyasi ishlab chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img