Bugungi kunda yurtimizda barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarning aksariyati 7-9 yoki 16 qavatli uylardir. Tabiiyki, besh qavatdan yuqori uylarni liftsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra, foydalanishga topshirilganiga bir yil bo‘lmagan yangi uylarga kirganimizda aksariyatining lift moslamasi buzilgani yoki umuman ishlamayotganiga guvoh bo‘lamiz. Vaholanki, ko‘p qavatli uylarda yashovchi yosh bolalar, nogironlar, yoshi katta insonlar uchun lift eng kerakli qurilma hisoblanadi.
Qurilish va bunyodkorlik sohasiga joriy etilayotgan raqamlashtirish jarayonida liftlar bilan bog‘liq bu kabi muammolarni bartaraf etish masalasi ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 noyabrdagi 602-son hamda “Respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashda belgilangan chora tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2025 yil 17 fevraldagi 98-son qarorlariga asosan, joriy yil 1 maydan boshlab “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi ishga tushirildi.Хусусан, Вазирлар Маҳкамасининг “Саноат электротехника маҳсулотларидан фойдаланишда аҳоли хавфсизлигини таъминлаш ҳамда ушбу маҳсулотлар устидан сифат назоратини кучайтириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар
тўғрисида”ги 2023 йил 15 ноябрдаги 602-сон ҳамда “Республикадаги кўп квартирали уйларнинг лифт ускуналарини таъмирлаш ва янгилашда белгиланган чора тадбирларни янада такомиллаштириш тўғрисида” 2025 йил 17 февралдаги 98-сон қарорларига асосан, жорий йил 1 майдан бошлаб “Шаффоф қурилиш” миллий ахборот тизимининг “Хавфсиз лифт” ягона идоралараро электрон платформаси ишга туширилди.

