|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

YaNGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYoTI YaQQOL NAMOYoN BO‘LAYoTGAN HUDUD

Muhim xabarlar

Yangilanish, zamonga mos holda rivojlanish bugun yurtimizning barcha hududida ko‘zga tashlanmoqda. Muhtasham inshootlar, ravon yo‘llar, ko‘rkam bog‘lar kabi bunyodkorlik namunalari har bir viloyat tashqi qiyofasini o‘zgartirish bilan bir qatorda aholi kayfiyati va turmush tarzida ham ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lyapti. Xususan, yurtboshimizning Qashqadaryoga yaqindagina uyushtirgan tashrifi davomida ham viloyatdagi bunyodkorlik ishlari alohida e’tirof etildi. Yuzlab insonlarni vatan ichra vatan bilan ta’minlashga xizmat qilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi turar joylar va “Eko bozor” ana shunday bunyodkorlik ishlarining yorqin timsolidir.

“YaNGI O‘ZBEKISTON” MASSIVI – ZAMONAVIY VA FAROVON HAYoT MASKANI

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi
haqiqiy ma’noda zamonaviy shaharsozlikning amaliy namunasiga aylandi. Ilgari unumsiz bo‘lib turgan, ahamiyatsiz deb qaralgan bog‘ o‘rnida endi har tomonlama barqaror, qulay va shinam turmush sharoitini ta’minlaydigan yangi shaharcha qad rostlamoqda

Prezidentimiz ushbu massivga tashrifi chog‘ida yaratilgan infratuzilma, turmush sharoitlari va zamonaviy qurilish yechimlari bilan tanishar ekan, “Yangi O‘zbekiston” massivi respublikadagi barcha hududlar uchun namuna bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Bu e’tirof bejiz emas. Massivda barpo etilgan infratuzilma har tomonlama e’tiborga molik. 18 gektar maydonda joylashgan shaharcha xususiy tadbirkorlik va davlat-xususiy sheriklik asosida, 500 milliard so‘m miqdoridagi investisiya hisobiga tashkil etilgan. Ushbu loyiha doirasida 54 ta besh qavatli turar joy binolari qurilib, 1 ming 400 ta xonadon aholi ixtiyoriga topshiriladi

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img