Buxoro – o‘zining madaniyat va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi bilan butun sharq olamida ulkan o‘ringa ega. Ko‘p asrlik imoratlaru shaharsozlik qadriyatlari o‘lkada ming yillar davomida inshootsozlikning rivojlanib kelganidan darak beradi. Hozirgi kunda ham muqaddas shahar yangilanishlar qurshovida.
Yangi o‘quv binolari, turar joylar, ravon yo‘llar Buxoroning bugunidan so‘z ochayotgandek go‘yo. Joriy o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan “Qoraun inshoot qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaharning mingyilliklarga tutash qurilish an’analarini zamonaviy ko‘rinishda davom ettirib kelmoqda.
Buxoro ahli qadim zamonlardan bag‘rikenglik namunasi bo‘lgan. Qadimda ko‘plab millat va elatlar, turli irq vakillari aynan shu zaminda panoh topganlar. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan ushbu shaharda minglab kishilar istiqomat qilib, doimo ahil bo‘lgan. Hozirgi kunda Buxoro quruvchilari ota-bobolarining madaniyati va san’atini saqlash, an’analarini boyitishda ham peshqadamlik qilishmoqda. Ming yillar avval qurilgan imoratlar bugun ham sayyohlar va mehmonlar nazaridan qolmayapti. Bu zamonaviy qurilish san’atini ham mutaassir etmoqda,
“Qoraun inshoot qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2010 yilda tashkil etilgan. Korxona rahbari Muzaffar Shoimov boshchiligidagi quruvchilar jamoasi shu kunga qadar Buxorodagi ko‘plab qurilish jarayonlari – turar joylar, ta’lim maskanlarining o‘quv binolarini qurib bitkazdi. Hozirgi kunda korxonada 74 ta doimiy va 190 dan oshiq mavsumiy yollanma ishchilar mehnat qiladi.
– Buxoroning shonli o‘tmishiga tutash buguni bor, – dedi korxona rahbari Muzaffar Shoyimov. – Bu ishlarda bizning “Qoraun inshoot qurilish” korxonamizning ham hissasi borligidan mamnunmiz. O‘tgan davrlarda Qorako‘l tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining qurilishi bilan shug‘ullanib, mukammal ta’mirlash ishlarini olib bordik. Shuningdek, hozirda Qorako‘l tumanidagi 19-sonli maktabni rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha yangi 540 o‘rinli o‘quv binosini qurish va mavjud 320 o‘rinli o‘quv binosini mukammal ta’mirlash, Qorako‘l tumandagi “Chovli” MFYda 50 qatnovli qishloq vrachlik punktini qurish, “Mirzaqal’a” MFYda Mirzaqal’a qishloq vrachlik punktini rekonstruksiya qilish, “Do‘rmon” MFYda 100 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika binosini qurish, “Do‘rmon” MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan “Yangi O‘zbekiston” massivida 2 ta 5 qavatli 23 xonadondan iborat uy-joylar binosini qurish, Jondor tumanidagi “Dovud” MFYda Dovud hamda “Zangi” MFYda Zangi aholi punktlarini 2022 yil “Obod qishloq” dasturi doirasida ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun tashqi suv tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari:
2019 yilda Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l” MFYda Do‘rmon aholi punktida yangilangan loyihalar asosida 1 ta 4 qavatli 24 xonadonli uy-joy qurish, “Koraun” MFYda 26-maktab binosini kapital ta’mirlash, tumandagi 15-maktab binosini kapital ta’mirlash, “Buxoro neftbaza” Qorako‘l filiali buyurtmasi bo‘yicha qurilish-montaj va ta’mirlash;
2020 yilda Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l” MFY Do‘rmon aholi punktida yangilangan loyihalar asosida 1 ta 4 qavatli 24 xonadonli uy-joy qurish, “Paxtakor” MFY hududida ipoteka krediti asosida 5 qavatli 4 pod’ezdli uy-joy qurilishi ishlari, “Buxoro neftbaza” Qorako‘l filiali buyurtmasi bo‘yicha ta’mirlash ishlari, “Sharq plyus” MChJ buyurtmasi bo‘yicha Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi qurilishi doirasida 200 o‘rinli yotoqxona binosining qurilish-montaj ishlari;
2021 yilda Qorako‘l tumanidagi “Korako‘l” MFY Do‘rmon aholi punktida yangilangan loyihalar asosida 1 ta 5 qavatli 30 xonadonli uy-joy qurish, tumandagi 6-son maktabini rekonstruksiya qilish va 420 o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish,
“Paxtakor” MFY hududida ipoteka krediti asosida 5 qavatli 4 pod’ezdli uy-joy qurilishi ishlari amalga oshirilgan.
Korxona balansida 1 dona “MAN” o‘ziag‘dargich (samosval), “DonFeng” ekskavatori, “GAZ-53” rusumli samosval, “XSMG Q25K-II” rusumli avtokran, “XG931N” rusumli frontal yuklagich, pishiq g‘isht ishlab chiqarish zavodi, 2 ta shlakoblok va penoblok quyish sexlari va boshqa qurilish mexanizm hamda asbob-uskunalari mavjud.
“Qoraun inshoot qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatida korxona ishchilarining ijtimoiy himoyasi uchun ham ko‘plab tadbirlar ko‘rilgan. Jumladan, ishchilar maxsus ish kiyimlari, shuningdek, korxona hisobidan tekin issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Bunday umumiy ko‘mak ortida ishlab chiqarish, qurilish-rekonstruksiya jarayonlarida unum sezilmoqda. Aytish kerakki, korxona faoliyati davomida “Qizilqumsement” AJ, “Kogon yig‘ma servis” MChJ, “Elcab” MChJ, “Li Xiang” MChJ, “Ishonch” XK, “Next lin” XK kabi ishlab chiqarish korxonalarining qurilish materiallaridan foydalaniladi. Shuningdek, “Buxoro proyekt” MChJ, “Arxstroydizayn” MChJ, “Buxoro jamoa loyiha” MChJ, “Qurilish loyiha” MChJ, “Buxoro-grant proyekt” MChJ, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ, “Arxstroy proyekt plyus” MChJ kabi loyiha tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Bunyodkorlik har davrda yuksak madaniy rivojlanishning bir ko‘rinishi bo‘lib kelgan. Jumladan, qurilishlar ortida ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘sish kuzatilib, ko‘pdan-ko‘p ish o‘rinlari tashkil etiladi. Qurib bitkazilgan turar joylar, ijtimoiy ob’ektlar xalqning farovon yashashi uchun bir maskan bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda mamlakatimiz rivojiga, xalqimizning farovon hayoti yo‘lida xizmat qilib kelayotgan korxona jamoasiga zafarlar tilaymiz.



