|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish tartibi qanday?

Muhim xabarlar

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish u joydagi mulkdorlar roziligiga asosan amalga oshiriladi.

Yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanilishi mumkin bo‘lgan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi:

● oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar);
● maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atele);
● umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
● bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari);
● aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kurerlik faoliyati;
● gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
● bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
● gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
● rassomlik va haykaltaroshlik;
● xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
● video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;
● tarjima va tahrir xizmatlari;
● tarjima va tahrir xizmatlari;
● кийим-кечак ва идишларни ижарага бериш хизмати;
● rieltorlik faoliyati;
● gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari;
● jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
● davlat tashkilotlarini joylashtirish;
● sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish.

Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.

Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qo‘yish va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img