Gazablok – an’anaviy turdagi materiallarga nisbatan bir qator afzalliklari bilan qurilish sohasi bozorida mustahkam oʻrin egallab kelayotgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. U bugun energiya tejovchi, ekologik toza va mustahkam binolarni qurishda keng qo‘llanila boshladi.
Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birgalikda “ARTON” kompaniyasining gazobeton bloklarida barpo etilgan devor zilzilabardoshliligi sinovdan o‘tkazilmoqda. Ma’lumot uchun, mazkur materialdan barpo etilgan konstruksiya ikkinchi marotaba sinovdan oʻtkazilayotgan boʻlib, dastlabki xulosalarga ko‘ra, mazkur konstruksiya 9+ intesivlikdagi ballga seysmik bardoshli deb topildi.





