Har bir hududning o‘ziga xos jihatlari, an’analari, odatlari, turmush tarzi bo‘ladi. Odamlarning mehnat faoliyati ham shunga qarab shakllangan. Masalan, Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida ko‘pchilik uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Hatto ko‘chasida ham oftob tushishi mumkin bo‘lgan tangadek joyni topa olmaysiz. boisi, bor qarich bo‘sh yer topilsa ham tok yetishtiradilar. Asaka tumanidagi Axtachi mahallasida barchaning yumushi issiqxonadan iborat. Bahorda ko‘chat yetishtirishadi, yilning qolgan qismida pomidor va bodring parvarishi bilan bandlar. Buning ortidan oiladagi barcha mehnat bilan band bo‘lib kelmoqda.
Marhamat tumanida esa dehqonchilik, hunarmandchilik, tadbirkorlik rivojlangan. Yana bir xususiyati shundaki, bu manzilda xotin-qizlar orasida quruvchilik sohasida ishlovchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shunday mahallalar borki, ularda istiqomat qiluvchi opa-singillarimizning 70 foizi shu sohada faoliyat yuritadi. Zulxumor Abdullaeva ana shunday ayollardanbiri. Qiziq, ayollarga xos bo‘lgan kasb-hunarlar
turganda, nega bu opa-singillarimiz quruvchilik qilmoqda? Og‘ir yuk ko‘tarish, qishning sovuq kunlarida ham ochiq havoda ishlash, chang yutish..
Bu kabi jihatlarning nimasi qiziq?
– Ovsinim Qunduzxon suvoqchi edi, – dedi qahramonimiz suhbatda. – Bundan 15 yil muqaddam unga havas qilib, birga ishlashga qaror qildim. Ustozim Fotima opa suvoqchilik sirlarini o‘rgatdi. Qarasam, qiziqarli kasb ekan. Tasavvur
qiling, ko‘rimsiz devorga ishlov berish orqali e’tiboringizni jalb qiladigan holatga keltirasizda, uni o‘zingiz ham huzur bilan tomosha qilasiz. Bu ishingiz qanchadan-qancha odamlarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayol kishiligim boismi, har bir ishda go‘zallikni ko‘rgim keladi. Shuning uchun qurilish sohasidagi ishlarimiz ham sifatli bo‘lishini istayman. Kasb sirlarini puxta o‘zlashtirgan ayol bundan o‘n yil muqaddam xotin-qizlardan iborat quruvchilar jamoasiga asos soldi. Dastlab, aholi buyurtmasiga asosan ish yuritgan bo‘lsa, keyinchalik “Marhamat qurilish invest” MChJ jamoasi tarkibida ishlay boshladi. Hozirda opaxon pardozlash brigadasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yurityapti. – Ortda qolgan yillar davomida yuzlab ob’ektlarda ishladik, – deya hikoya qiladi Zulxumor Abdullaeva. – Marhamat tumanidagi deyarli barcha qurilishlarda ishtirok etganmiz. Bundan tashqari, viloyatimizning turli shahar va tumanlarida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘l-
gan yangi bino yoki ta’mirdan chiqarilgan eski binolarda pardozlash ishlari bilan shug‘ullanyapmiz. Xalqimizda “Mehnat qilgan – elda aziz”, degan gap bekorga aytilmagan. Zulxumor Abdullaevaning samarali mehnatlari ham el-yurt e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Respublikamiz Mustaqilligining 32 yillik arafasida davlatimiz
rahbarining farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan qahramonimizning quvonchi cheksiz.


