|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Yo‘l xo‘jaligi sohasi yangicha yondashuv asosida rivojlantiriladi

Muhim xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoev 12 sentyabr’ kuni yo‘l xo‘jaligi tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

So‘nggi 6 yilda mamlakatimizda yo‘llar qurish va ta’mirlashga ajratilayotgan mablag‘lar 3 karra oshgan. Avtomobil’ yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod maxsus texnika xarid qilingan. Bular orqali 65 ming kilometr yo‘llar qurilgan va ta’mirlangan. O‘tgan yildan “Mening yo‘lim” loyihasi ham boshlanib, ichki ko‘chalar aholi takliflari asosida qurilib ta’mirlanadigan tizim joriy qilindi. Shu yilning o‘zida 470 ta mahalladagi ichki yo‘llar uchun 410 milliard so‘m yo‘naltirildi. Natijada 3 million 600 ming aholining mushkuli oson bo‘ldi.Umuman, 3 mingga yaqin mahalla yo‘llariga ilk bor asfal’t yotqizildi, yana 2 mingta mahalladagi tuproq yo‘llar shag‘al qoplamaga o‘tkazildi.

Lekin sohada bir qator tizimli muammolar ham bor. Asosiy kamchiliklardan biri qurilayotgan yo‘llarning sifatsizligi. Yangi yo‘llar ko‘p o‘tmay yaroqsiz ahvolga kelayotgani uchun yana ta’mirlanmoqda. Yo‘llarni loyihalash me’yorlari eskirgan. Ularning katta-kichikligi yoki hududlarning iqlim sharoitiga qaramay, bir xil andoza qo‘llanmoqda. Loyihalarda yo‘l bo‘yi infratuzilmasi nazarda tutilmagani bois, aksariyat savdo va servis shoxobchalari tartibsiz joylashgan. Sifat pastligining yana bir sababi – yo‘l nazoratining sustligi. Bu boradagi hozirgi talablar shundayki, texnik nazoratchilar asosiy vaqtini yo‘lning sifatini tekshirishga emas, pudratchining hujjatlarini o‘rganishga sarflaydi. Yo‘l qurilishida zamonaviy texnikalarni boshqara oladigan malakali kadrlar yetishmaydi. Yo‘llarni monitoring qilishning avtomatlashgan tizimi yo‘qligi sababli qaysi yo‘ldan qanday hajmda yuk o‘tayotgani ma’lum emas. Yo‘llarda uning yuk ko‘tarish imkoniyatidan og‘ir bo‘lgan transportlar ham harakatlanmoqda. Yig‘ilishda shu kabi muammolar tahlil qilinib, yangi chora va takliflar ko‘rib chiqildi.

– Sifatli yo‘l odamlarning kayfiyati va iqtisodiyotimiz “arteriyasi” hisoblanadi. Shu bois yo‘l qurilishiga yangicha yondashuvlarni joriy qilib, sifatni oshirish, sohani raqamlashtirish va xususiy sektorni keng jalb qilish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev. Yig‘ilishda avtomobil’ yo‘llarini loyihalash, qurish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha vazifalar belgilandi. Avvalo, loyihalashni kompleks yondashuv asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Ya’ni, bugungi kun talabidan kelib chiqib, avtomobillar to‘xtash joyi, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, ovqatlanish, savdo va texnik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qaerda joylashishi, qaerda daraxt ekilishi loyihaning o‘zida mujassam bo‘lishi kerak.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img