Xo‘jaobodtumanida DXX Chegara qo‘shinlari xizmatchilari uchun barpo etilgan uch qavatli yangi uy, uy-bog‘cha hamda chegara qo‘shinlari vzvodining
yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.
Harbiy xizmatchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi uy va ma’muriy binoning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda milliy armiyamiz, xususan, chegara qo‘shinlarining jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari yashash sharoitlarini yaxshilash borasi
da keng ko‘lamli ishlar amalga oshirila yotgani ta’kidlandi.
Jumladan, yurtimizning eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida xizmat burchini o‘tayotgan
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun foydalanishga topshirilgan ikki va
uch xonali 30 xonadondan iborat yangi uy, ayniqsa, uyning birinchi qavatida joy
lashgan 50 o‘rinli bolalar uy-bog‘chasi harbiylar va ularning oilalari uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.
– Oilamiz uchun barcha qulaylikka ega uch xonali yangi uy ajratilganidan behad xursandmiz, – dedi harbiy xizmatchi Sherzodbek Mo‘minov O‘zA muxbiri Faxriddin Ubaydullaevga. – Yangi uyga ko‘chib o‘tganimizdan, ayniqsa, turmush o‘rtog‘im, farzandlarimning quvonchi cheksiz. Yurtboshimizning, hukumatimizning harbiylarga, ularning oilalariga ko‘rsatayotgan bu kabi e’tiboridan behad minnatdormiz. Shuningdek, Chegara qo‘shinlari vzvodi uchun barpo etilgan yangi ma’muriy binoda ham harbiylarning xizmatni yuqori darajada ado etishi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqib, harbiylarni yangi uy va ma’muriy binobilan muborakbod etdi.


