|

|

2026-уіӏ 26-Aprel, Yakshanba
spot_img

Chegarachilarning quvonchi cheksiz

Muhim xabarlar

Xo‘jaobodtumanida DXX Chegara qo‘shinlari xizmatchilari uchun barpo etilgan uch qavatli yangi uy, uy-bog‘cha hamda chegara qo‘shinlari vzvodining
yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.

Harbiy xizmatchilar, keng jamoatchi­lik vakillari ishtirokida yangi uy va ma’­muriy binoning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda milliy armiya­miz, xususan, chegara qo‘shinlarining jan­govar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zola­ri yashash sharoitlarini yaxshilash borasi­
da keng ko‘lamli ishlar amalga oshirila­ yotgani ta’kidlandi.
Jumladan, yurtimizning eng chekka hu­dudlaridan biri bo‘lgan Xo‘jaobod tuma­nining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida xizmat burchini o‘tayotgan
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun foydalanishga topshirilgan ikki va
uch xonali 30 xonadondan iborat yangi uy, ayniqsa, uyning birinchi qavatida joy­
lashgan 50 o‘rinli bolalar uy-bog‘chasi harbiylar va ularning oilalari uchun mu­nosib sovg‘a bo‘ldi.
– Oilamiz uchun barcha qulaylikka ega uch xonali yangi uy ajratilganidan behad xursandmiz, – dedi harbiy xiz­matchi Sherzodbek Mo‘minov O‘zA muxbiri Faxriddin Ubaydullaevga. – Yangi uyga ko‘chib o‘tganimizdan, ayniqsa, turmush o‘rtog‘im, farzandlarimning quvonchi cheksiz. Yurtboshimizning, hukumatimiz­ning harbiylarga, ularning oilalariga ko‘rsatayotgan bu kabi e’tiboridan behad minnatdormiz. Shuningdek, Chegara qo‘shinlari vzvodi uchun barpo etilgan yangi ma’muriy bino­da ham harbiylarning xizmatni yuqori darajada ado etishi uchun zarur barcha sha­roit yaratilgan. Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqib, harbiylarni yangi uy va ma’muriy binobilan muborakbod etdi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img