|

|

2026-уіӏ 26-Aprel, Yakshanba
spot_img

Hamjihatlik, mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usi darkor

Muhim xabarlar

Hududlarni obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport hamda boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash asosida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish mamlakatimiz miqyosida bosh shiorga aylandi desak o‘rinli bo‘ladi. Zero odamlar rozi bo‘lishi uchun avvalo turmush sharoitlari risoladagidek bo‘lishi lozim. Bu borada chekka-chekka qishloqlarda ahvol qanday? Bu savolga javob topish va holatga bevosita guvoh bo‘lish maqsadida Pop tumaniga yo‘l oldik.

Soat 11 dan keyin tuman hokimligiga yetib bor­dik. Ozod mahallasi hokim yordamchisi Mavluda To‘raeva hamrohligida ish qizg‘in ketayotgan Nur­obod mahallasi tomon yo‘l oldik. Birinchi duch kel­ganimiz – kommunal xizmatlar va yo‘l qurilishiga qarashli xuddi poezd kabi qatorasiga terilgan yuk tashuvchi transportlar e’tiborimizni tortdi. Bu yerda viloyat va tuman hokimligi mutasaddila­ri, sektor rahbarlari, mahalla beshligi hammasi jamuljam. Nariroqda ishchi-xodimlar gaz tarmog‘i quvurlarini bo‘yashmoqda. Xolislik nuqtai naza­ridan alohida ta’kidlashimiz joizki, “Nurobod” MFYga qanday kelib qolganimiz haqidagi taf­silotlarni yuqorida bayon qildik. Ya’ni, avvaldan borar manzil kimdir tomonidan belgilanib, tav­siya qilingani yo‘q. Xullas, Nurobodga kelib qol­ganimiz muayyan ma’noda ayni tasodifdir. Chunki shu kuni mazkur mahallada keng ko‘lamli ishlar­ning boshlanayotganiga qaramay, bu yerda biron­ta ommaviy axborot vositasitasi vakillarini uchratmadik, na televidenieni va na boshqasini. Bilsak, asosiy maqsad ham ommaga ovoza qilmay, amaliy ishlarni vijdonan bajarish bo‘lgan ekan. To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Norin va Pop tumanlaridagi “Obod qishloq” va “Obod xonadon” dasturlari ha­yotga tatbiq etilib, og‘ir hududlar tanlab olinibdi. Xo‘sh, aslida obod qishloq va obod xonadon qan­day bo‘lishi kerak? Faqatgina yo‘li ravon va ichim­lik suvi bor, gazi yonib, chirog‘i o‘chmaydigan ko‘cha va uymi? Savolga “ha” deb javob bersak, u holda bevosita sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq masala­lar – sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va turmush-ro‘zg‘orda rioya qilinishi shart bo‘lgan boshqa gigienik madaniyatlar ortiqcha dahmazami? Ba’zi o‘rinlarda ko‘ramizki, maishiy
dabdabalarga keragidan ortiq mablag‘ sarflab, od­diy gigienik qoidalarga bepisandmiz. Poygaklar­ga allaqanday gulbetonlar “to‘shalgani” holda ham­mom va hojatxonalarga e’tibor qaratilmaydi. Yoki kaftdekkina bo‘lsa-da yerini qarovsiz qoldirib, beparvo bo‘layotganlar ham yo‘q emas. Oshko‘k, ukrop yoki boshqa darmondorilarga boy va foydali o‘sim­liklarni parvarishlab, yangi uzilganini ovqatga qo‘shib iste’mol qilishga nima yetsin. Buning uchun u qadar katta yer maydoni ham, mablag‘ ham talab qilinmaydi. Bu borada hovlisidagi ekin maydo­ni kichik sharoiti yo‘qlar hatto, yog‘ochdan yasalgan to‘rtburchak tuvaklarda ko‘katlarni yetishtiradi. Tomorqalar esa ro‘zg‘ordagi daromadning koni eka­niyam sir emas. Ana shunday sarishtaligu osoyishta­lik fazilatlari har bir xonadonga kirib borib, ustuvorlik ahamiyat kasb etishi zarur! Xalqimiz bejizga “Harakatda barakat” demagan. Bularning hammasi targ‘ibot-tashviqot ishlariga va mahal­lalardagi beshlikning tashabbuskorligiga hamda masalaga nechog‘liq mas’uliyat bilan yondashilayotga­niga bog‘liqdir. O‘zaro hamjihatu hamfikrlikda va “Mahallam – faxrim, xonadonim namunali” g‘oyasi ostida xayrli ishlarga mahkam bel bog‘lansa, al­batta, yurt obod va ko‘ngillar shod bo‘ladi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img