|

|

2026-уіӏ 28-Aprel, Seshanba
spot_img

TADBIRKOR O‘Z MABLAG‘IDAN MAKTAB QURDI

Muhim xabarlar

Inson hayotda o‘z mehnati, olib borayotgan ezgu ishlari bilan qadr topadi. Ana shunday insonlardan biri Abdukarim Saksonovdir.

Ko‘p yillardan buyon quruvchilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorning mehnati Prezidentimiz raisligida joriy yilning 28 avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida alohida e’tirof etildi. Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputati Abdukarim Saksanovni nafaqat tumanda, balki yurtimizning barcha hududlarida ham yaxshi bilishadi. U nafaqat kamtarin, ochiq ko‘ngil inson, balki saxovatpesha yirik tadbirkor ham. Ayni paytda u “Saksanov” MChJni boshqaradi. Kompaniyada bugun uch ming nafarga yaqin fuqaro turli yo‘nalishlarda mehnat qilib kelmoqda. 1975 yil 7 aprelda Navbahor tumani
Ortiq Farmonov nomidagi mahallada tavallud topgan Abdukarim Saksonov 1996 yildan xususiy tadbirkor sifatida tanila boshladi. Dastlab o‘quv qurollari savdosi bilan shug‘ullangan tadbirkor 2011 yilda “Saksonov” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga asos soldi.
– Tinimsiz harakat va oldinga intilish muvaffaqiyatlar garovidir, – deydi A.Saksonov. – Bugun yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida tadbirkorlarga keng yo‘l ochib berildi. Ularning erkin faoliyat yuritishi, iqtisodiy baquvvat bo‘lishi uchun barcha imkoniyat va sharoit yaratilgan. Bu imkoniyatdan foydalanib, biznes soha vakillari halollik yo‘lini tutib, ham o‘z iqtisodiyoti, ham yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishi kerak. Bitta ish o‘rni yara-
tish ham aslida qahramonlikdir.
– Navoiy shahridagi ushbu maktab tadbirkor tomonidan 23 milliard so‘mlik homiylik mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan bo‘lib, 990 o‘rinli yangi maktab joriy o‘quv yilida foydalanishga topshirildi, – deydi shahar Maktabgacha va
maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shalola Hamidova O‘zA muxbiri Abduvali Bo‘rievga. – 5 qavatdan iborat ta’lim muassasasi zamonaviyligi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Binoda lift, oshxona, kutubxona, turli fan laboratoriya xonalari, sport zali, futbol va basketbol o‘yingohi, o‘quvchilarning madaniy hordiq chiqarishi uchun dam olish joylari mavjud. Maktabga o‘qituvchilar alohida suhbat orqali tanlab olindi. Bu ham o‘quvchilarga bugungi kun talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda muhim rol’ o‘ynaydi.
Abdukarim Saksonov aholiga sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib, yangi loyiha va innovasiyalar ustida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda. “Avvalo, qilayotgan ishingizdan fuqarolarimiz rozi bo‘lishi kerak, shunda haqiqiy xalqchil tadbirkor bo‘lamiz”, deydi qahramonimiz. Bundan bir necha yillar oldin Abdukarim Saksonov ham davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, Navoiy shahrida ilk bor “Tashabbuslar” sayilgohini barpo etgan edi. Hududdagi sport maydonchalari, kichik amfiteatr, jozibali favvoralar,
so‘lim daraxtlar, eng muhimi, o‘ziga xos landshaft-dizayn nafaqat yoshlarni, balki shahar ahlining sevimli maskaniga aylangan. Mamlakatimizda yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida qilingan mehnat, ilgari surilgan tashabbuslar doimo qadrlangan, qo‘llab-quvvatlangan va davlatimiz tomonidan alohida e’tirof etib kelinadi. Saxovatpesha tadbirkor Abdukarim Saksonovning ham mehnatlari, fidoyiligi munosib baholanmoqda. U mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami arafasida Prezidentimiz farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali, joriy yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Previous article
Next article
- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img